Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet14/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

16-rasm. Speroxetlarning struktura tuzilishi:
a-tashqi toniondan koTinishi: b-ko‘ndalang kesimi


Ay rim zotlarning vakillari bir-biridan uzunligi va yo*g‘onligi, o'ramaning soni. harakat tiplari va xususiyati bilan farqlanadi (2-jadval).
Spiroxetalar grammanfiy.
Borreliyalar treponema va leptospiiaiaidan anilin bo'yoqlari bilan yaxshi bo‘yalishi orqali farq qiladi. Treponema va leptospiralar morfologiyasi tirik mikroorganizmlami mikroskop ostida ко rish usuli bilan «ezilgan» yoki «osilgan» tomchi - preparatlarni qorong‘ilashtirilgan maydon yoki fazo-kontrast mikroskoplar yordamida hamda Romanovskiy- Gimza yoki maxsus bo'yash usullari bilan o'rganiladi. Masalan. surtmani kumushlantinsh usullari yoki Burri usuli (17-rasm) bilan ham spiroxetalaming morfologiyasi o'rganiladi.
Qon dan surtma tayyorlash. Toza buyum oynasining bir tomoniga bir tomchi qon tomiziladi. Ikkinchi bir tomoni silliqlangan buyum oynasini 45° da ushlagan holda birinchi buyum oynasidagi qon tomchisiga tekkiziladi va asta-sekin ikkinchi tomonga qon bilan birga suriladi. Natijada qon buyum oynasining ustida bir xil qalinlikda suriladi.


37




Spiroxetalar
avlodi

0‘ramalar soni va xususiyati

Haraknt turlari

Romanos skiy- Gimza usuli bilan bokyalishi

Borrella

3-10 yirik notekis

Turtkisimon.
bukilgan-
ilgarilama

Ko k binafsha

Treonema

8-12 mavda bir tekis

Bukilgan. ilgarilama. bir tekis

Oqish pushti

Leptospira

Ko'p sonli. birlamchi o’ramalari bor. ikkilamchi o'ramalari S va С sliakliga ega.

Juda tez. aylanu\ chan, ilgarilama

Pushti
sirensimon

SaprofitfogMz
bo'shligMdagi)
spiroxetalar

6-10 уirikroq.
birmuncha
dag'al,
buramalarining kattaligi har xil. notekis

Bir tekisda emas. avvaliga to'xtab. so'ngra keskin harakat qiladi. haraka­ti davomida o'z shaklini o'zgartirib turadi.

Ko'k binafsha


Preparatni Romanovskiy Gimza usuli bo‘vicha (metilen ko'ki, eozin va azur aralashmasi bilan) bo‘yash. Surtmaga bo'yoqning eritmasi (lml distillangan suvga 2 tomchi bo‘yoq) tomiziladi va 10-20 daqiqa davomida ushlab turiladi. So'ngra preparat suv bilan yuviladi va havoda quritiladi.
Qaytalama tif spiroxetalari Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo‘yalganda binafsha rangga, qon eritrotsitlari-pushti, leykotsitlarning yadrosi - binafsha rangga bo'yaladi. Treponemalar oq - pushti rangga. leptospiralar esa, pushli - siren rangga bo'yaladi.


38




«Kalla» tomchi tayyorlash uchun buyum oynasiga 2—3 tomchi qon tomiziladi va va tanga kattaligicha aralashtiriladi. Havoda quritilgandan so'ng, eritrotsitlardan gemoglobinni ajratish uchun asta-sekin bir necha tomchi distirlangan suv tomizilib 10—15 daqiqa ushlab turiladi.





17-rasm. Qorongilash tirilgan mavdonda borrelalarning koTinishi


Rikketsiyalar Oxirgi tasnif bo4vicha (2001 Berdje qo'llanmasi) Rikketsiyalar Protobacteria tipiga Alphaproteobacteria sinfiga va bu sinfga Rickettsia avlodi kiritilgan. Rikketsiya va xiamidiyalar Rickettsia sinfiga tegishli bo'lib. hujayra ichida qat'iy (obligat) parazitlik qilib yashaydi. Ular ikkita: Ricketlsiales va Chlamidiales tartiblariga bo'linadi.
Rikketsiyalar mayda grammanfiy mikroorganizmlar bo'lib, obligat hujayra ichida yashovchi parazitlar hisoblanadi, juda ham o'zgaruvchandir (polimorfizm). Shuning uchun kokksimon. tayoqchasimon. batsilyar, ipsimon shakllari uchraydi. Rikketsiyalarning o'Ichami 0,5 mkm dan 3—4 mkm gacha, ipsimon shakldagi rikketsiyalarning uzunligi 10-40 mkm gacha yetishi mumkin.
Spora va kapsula hosil qilmaydi. Rikketsiyalarning hayot sikli xo‘jayin organizimining holatiga bog'Iiq bo'lib, ularda ikki xil yashash bosqichi kuzatiladi. Vegetativ faol va tinch turuvchi shakllari. Rikketsiyalarning vegitativ shakllari. asosan, tayoqchasimon bo'lib, aktiv binar yo'li bilan


39




bo‘Iinadi оЧа harakatchan, tinch turuvchi shakli sferik ko'rinishda bo'lib ko‘paymaydi.
Rikketsiyalar tipik prokariot hujayralari bo'lib. ularning hujayra devorining tuzilishi grammanfiy bakteriyalardan farq qilmaydi. Rikketsiyalar spora, kapsula hosil qilmaydi. Zdrodovskiy usuli bilan qizil rangga bo‘yaladi. Rikketsiyalar odamlarda transmissiv yuqumli kasalfiklami keltirib chiqaradi. Rikketsiyalar oraliq hujayralar bo'lib. o‘zlarining hujayrasifijngtuzilishi va ko'pavishi bilan bakteriyalarga yaqin turadi. Yashash muhitlari bilan esa viruslarga yaqin turadi. Rikketsiyalar faqat hujayraning obligat paraziti bo'lib havot kechiradi.





  1. - koksimon sliakli

  2. - tayoqchasimon sliakli

  3. — batsillalar shakli

  4. - ipsimon sliakli


18-rasm.
Rikketsiyalar shakli bo‘yicha har xil tuzilishga ega: tayyoqchasimon. ipsimon, tarmoqlangan (18-rasm). Rikketsiyalar harakatsiz bo’lib. spora hosil qilmaydi. Rikketsiyalarning talaygina tut lari odamda likketsioz
kasalligini chaqiradi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling