Микроиктисодиёт


 .4. Raqobatlashgan bozor samaradorligi


Download 392.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana20.06.2023
Hajmi392.83 Kb.
#1627270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish

1 .4. Raqobatlashgan bozor samaradorligi
Biz ko'rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda
to'liq yo'qotishga olib keladi. Shuning uchun ham davlat o'zining
iqtisodiy siyosatini shlab chiqqanda to'liq yo'qotishlarni hisob-kitobdan
chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan

15



bozorga aralashuvi har doim ham yo'qotishlarga olib kelaveradi, deb
bo'lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan
bozorda iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini
o'sishga olib keladi. 
Birinchidan, iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati
natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo'qotish bozor narxida o'z
ifodasini topmasa. Bunday yo' qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi
samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida
ro'y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab
chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga
keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat 
davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu masalaga keyingi
boblarning birida batafsil to'xtaymiz). 
Ikkinchidan "bozor qiyinchiligi" - bu yerda mahsulotning sifati, kim 
tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to'g'risida axborotning to'liq
bo'lmasligi, iste'molchilarni ortiqcha yo'qotishlarga olib kelishi mumkin,
ya'ni iste'molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish
bo'yicha to'g'ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning
aralashuvini (tovarlar yorlig'ida tovar to'g'risida to'liq axborot bo'lishni
davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste'molchi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo'lishini ta'minlaydi, demak,
muvozanat holatda iste'molchilr o'z talabini mavjud ishlab chiqarish
xarajatlarida mumkin bo'lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan
bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta'minlaydi.
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati
sharti quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi:  MR = MC = AC = P  (19.14-
rasm). 
Ma'lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida
firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko'rishi mumkin. Lekin, uzoq
muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda,
tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo'lganda, tarmoqdagi yuqori foyda
boshqa firmalarni o'ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan
firmalar boshqa tarmoqqa o'tadilar.
16



Download 392.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling