Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi surati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o’sish surati o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi.
Ma’naviy tavakkalchilik – yo’qotishlar sug’urta kompaniyasi tomonidan to’liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib ko’rsatishga intiluvchi shaxsning hatti-harakati.
Mehnat bozorida monopsoniya – bu mukammallashgan raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki ko’rinishi bo’lib, bunda biror kichik shahardagi yagona firma mahalliy aholining ko’p qismini ish bilan ta’minlaydi.
Mehnatni chekli mahsuloti – boshqa ishlab omillari sarfi o’zgarmaganda bir birlik qo’shimcha mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot.
Monnopoliyaning o’lik yuki yoki jamiyatning sof yo’qotishi – monopolist bo’lmagandagi mahsulot ishlab chiqrish hajmidan monopolist ishlab chiqargan mahsulotni ayirmasiga teng.
Monopoliya – bu shunday bozorki, unda faqat bitta mahsulot ishlab chiqaruvchi firma faoliyat olib boradi va mahsulot ishlab chiqarishni, sotishni to’liq nazorat qiladi.
Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to’g’ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.
Mukammal raqobatlashgan bozor – agar bozor quyidagi xususiyatlarga ega bo’lsa:
Narx – bir birlik tovarni sotib olish uchun to’lanadigan pul miqdori.
Narx diskreminasiyasi– bunda firma bir xil tovarni har xil narxda sotib olish imkoniyati har xil bo’lgan haridorlarga sotadi.
Naflik – iqtisodiy ne’matlarni, shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne’mat inson ehtiyojini qancha to’laroq qondirsa uning nafligi shuncha yuqori bo’ladi.
Naflik funktsiyasi – iste’mol qilingan ne’matlar miqdorining o’zgarishi natijasida olinadigan naflikni o’zgarishini ifodalovchi funktsiya.
Noaniqlik – axborotlar yetarli, to’liq bo’lmaganda qabul qilingan qarorlarda noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan qarorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |