Talab (demand) – berilgan narxlarda haridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Talab qonuni – narxdan boshqa omillar o’zgarmaganda talab miqdori bilan narx o’rtasidagi bog’liqlik.
Talab funktsiyasi– talabga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Talab chizig’i– tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Transaksion harajatlar– bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog’liq harajatlar.
To’ldiruvchi tovarlar– birgalikda, komplektlarda iste’mol qilinadigan tovarlar.
To’lov funktsiyasi – o’yin natijasi bo’lib o’yinchining yutug’ini yoki yo’qotishini bildiradi.
Umumiy muvozanatlik – barcha bozorlarning o’zaro bir-biriga ta’siri natijasida o’rnatiladigan muvozanatlik. Barcha bozorlarni muvozanat holatda bo’lishi. Bunda biror bozorda muvozanatlik buzulsa boshqa bozorlarda ham muvozanatlilik buziladi.
Umumiy naflik – iste’mol qilingan ne’matlardan olingan jami naflik.
O’yin – oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar (qarorlar qabul qilish).
O’yinlar nazariyasi – fan yo’nalishi bo’lib u o’yin qatnashuvchilarining vaziyat bo’yicha harakat qilish va qaror qabul qilishni matematik usullar yordamida o’rganadi.
O’rindosh tovarlar – iste’mol qilishda bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.
O’rindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o’zgarishi natijasida iste’mol tarkibining o’zgarishi.
O’rtacha daromad – bir birlik tovarni sotishdan tushgan daromad:
Firma (firm) – jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy sub’ekt.
Firmaning bozordagi strategik harakati – bunda firma o’zining harakatini raqobatlashuvchi firmaning harakatiga ko’ra ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |