Milliy arxeologiya markazi
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Download 0.62 Mb.
|
4 Автореферат Муҳаммадиев
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. O‘zbekistonda paleolit davri yodgorliklarini tizimli o‘rganish deyarli bir asrdan beri davom etmoqda. Amalga oshirilgan tadqiqotlar yodgorliklarning hududiy va davriy taqsimotida keskin farqlar mavjudligini ko‘rsatmoqda1. Respublikada nisbatan o‘rta paleolit davri yodgorliklari ko‘plab topib o‘rganilgan bo‘lib, ular asosan tosh xomashyosi manbalariga boy hududlar atrofida to‘plangan. O‘rta paleolit davri yodgorliklari joylashuvidagi ushbu xususiyat ibtidoiy jamoalar hayotida xomashyoga bo‘lgan ehtiyoj boshqa ehtiyojlar kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu sababli paleolit davrida xomashyo va undan foydalanishni o‘rganishga qaratilgan zamonaviy tadqiqot metodlari va yondoshuvlar natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar muhim sanaladi. Bugungi kunda xomashyo va undan foydalanish muammosini yoritish orqali qadimgi jamoalar tomonidan ekologik mintaqalarning o‘zlashtirilishi, mobillik, xomashyo transportirovkasi, ijtimoiy va madaniy aloqalar, ijtimoiy-madaniy mansublik, xomashyoning texnika-tipologiyaga ta’siri masalalari asosli tarzda tahlil qilinmoqda. Jahon paleolitshunosligida olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida xomashyodan foydalanish strategiyasi hududiy, davriy va alohida ijtimoiy-madaniy guruhlar doirasida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan. Xomashyodan foydalanish strategiyasi manzilgohlarning shakllanishi va joylashuvi, tipi, ulardagi hayot davomiyligiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Xomashyo manbalaridan foydalanish ko‘p hollarda terib-termachilik va ovchilik kabi boshqa turdagi kundalik xo‘jalik mashg‘ulotlar bilan bog‘liq holda mavsumiy tarzda olib borilgan. Jamoalar kundalik turmush tarzidagi oziq-ovqat va xomashyo manbalarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq jarayonlar aholining bevosita hududlararo ijtimoiy munosabatlari hamda mobilligi sharoitida amalga oshirilgan. Shu tufayli xomashyodan foydalanish hamda uning transportirovkasi jarayonini o‘rganish orqali paleolit davri jamoalari ijtimoiy munosabatlari va mobilligi haqida ham ma’lumotlar qo‘lga kiritiladi2. Paleolitshunoslikda xomashyodan foydalanish strategiyasini tahlil qilishga qaratilgan xomashyo birliklari yoki tranformatsion metod kabi tushunchalar bilan ifodalanayotgan tadqiqot usullari yodgorlik madaniy qatlamlari tuzilishi va shakllanish jarayonlari, ulardagi postdepozitsion o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, bu turdagi tahliliy yondoshuv yodgorliklarda amalga oshirilgan toshga ishlov berish jarayoni bosqichlarini o‘rganish orqali manzilgohlarni vazifasiga ko‘ra turlarga ajratish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Yodgorliklar turi va ularda amalga oshirilgan toshga ishlov berish jarayoni bosqichlarini aniqlash, mavjud texnokomplekslar xususiyatlarini tushunish hamda madaniy-xronologik jihatdan to‘g‘ri tasniflashga olib keladi. Dissertatsiya ishida tahlil qilinayotgan Muzbel, Xatak va Angillak kabi o‘rta paleolit yodgorliklari davriy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lsada, hududiy va yodgorlik tipiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatga ega. Xomashyodan foydalanish strategiyasi nuqtai-nazaridan o‘rganish tosh buyumlar kolleksiyasini an’anaviy tadqiqot metodlari doirasida yoritish imkonini berish bilan birga yodgorliklarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga ham xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori, 2018 yil 19 dekabrdagi 4068-sonli “Moddiy-madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari, 2018 yil 16 yanvar 5181-sonli “Moddiy, madaniy va arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2019 yil 21 sentyabrdagi 792-son “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorlarida, 2020 yil 29 oktyabrdagi 6097-sonli “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni bajarishga xizmat qiladi3. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling