Milliy arxeologiya markazi


Download 0.62 Mb.
bet6/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1585381
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
4 Автореферат Муҳаммадиев

Tadqiqot predmeti. Muzbel, Xatak va Angillak yodgorliklarida qo‘llanilgan xomashyodan foydalanish strategiyalari tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada arxeologik manbalarni tizimlashtirish, qiyosiy tahlil, xomashyo strategiyalariga oid dalillarni umumlashtirish, tarixiylik hamda holislik tamoyillari hamda petroarxeologiya kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Muzbel yodgorligi asosida o‘rta paleolit davri yodgorliklarining yangi hududiy tipi ajratilib, yodgorlikda tosh xomashyo zahiralarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish strategiyasining mavsumiy va faol mobil turmush-tarziga asoslangan turi aniqlangan;
o‘rta paleolit davriga oid Xatak yodgorligida xomashyodan foydalanishning aralash strategiyasi qo‘llanilganligi aniqlanib, mahalliy chaqmoqlashgan ohaktosh manzilgohda ekstensiv ravishda boshqa turdagi sifatli xomashyolar esa intensiv tarzda foydalanilganligi isbotlangan;
Xatak va Angillak yodgorliklari kolleksiyalarida sifatli chaqmoqtosh va chaqmoqlashgan tog‘ jinslari xomashyosi nukleuslar, tanovarlar va qurollar tarzida manzilgohga transportirovka qilinganligi aniqlangan;
Muzbel yodgorligi zamonaviy tipga yaqin inson jamoalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi, Xatak va Angillak yodgorliklarida xomashyo strategiyasi Ohangaron vohasidan farq qilib, ikkala yodgorlikda ham birinchi navbatda mahalliy xomashyo manbalari o‘zlashtirilganligi va bu faoliyat neandertal odami jamoalari bilan bog‘liq bo‘lganligi aniqlangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: yangi aniqlangan Muzbel, Xatak, Angillak kabi o‘rta paleolit davri yodgorliklarida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari tahlil qilingan, umumlashtirilgan va ilmiy xulosalar chiqarilgan;
O‘zbekiston hududida paleolit davri yodgorliklari kolleksiyalarini tadqiq etishda tosh xomashyosidan foydalanish strategiyalarini o‘rganish metodlarining o‘rni va ahamiyati ochib berilgan.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling