Milliy arxeologiya markazi


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 0.62 Mb.
bet5/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1585381
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
4 Автореферат Муҳаммадиев

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot ishi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Milliy arxeologiya markazi “Landshaft arxeologiyasi” bo‘limining “Tarixoldi davrida kishilikning tevarak-muhitga moslashuvi va tabiiy zahiralardan foydalanish” mavzusidagi besh yillik ilmiy tadqiqot ishlari rejasiga kiritilgan.
Tadqiqotning maqsadi o‘rta paleolit davri Muzbel, Xatak va Angillak makonining arxeologik materiallarini ochib berish, yodgorlikning madaniy-davriy xususiyatlarini va bu yerda yashagan ibtidoiy jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy va kundalik turmush tarzini hamda tosh xomashyosidan foydalanish strategiyalarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: tadqiqotning vazifalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
- yangi topib o‘rganilgan o‘rta paleolit davri Muzbel va Xatak yodgorliklari topilmalarini tahlil qilish;
- o‘rta paleolit davri Muzbel, Xatak va Angillak yodgorliklari kolleksiyalarini petrografik tahlilini o‘takazish;
- xomashyo manbalari va paleolit davri yodgorliklari o‘rtasidagi hududiy bog‘liqlik o‘rganish;
- O‘zbekiston hududida o‘rta paleolit davri manzilgohlari joylashuvi va industriyalarini shakllanishida tosh xomashyosidan foydalanish strategiyasining ahamiyatini ko‘rsatib berish;
- manzilgohlar texnokomplekslarini tahlil qilish orqali transportirovka usullari va ehtimoliy transportirovka yo‘nalishlarini aniqlashtirish;
- tosh xomashyosidan foydalanishning hududiy, davriy va ijtimoiy-madaniy guruhlar doirasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlarini aniqlash;
- yodgorliklarda toshga ishlov berish jarayoni bosqichlarini aniqlash hamda ularni vazifasiga ko‘ra tasniflash;
- xom-ashyoning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va xo‘jalik turmush tarziga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganish.
Tadqiqot ob’ekti. O‘rta paleolit davri Muzbel, Xatak va Angillak yodgorliklari, ulardan topilgan tosh artefaktlar kolleksiyasi tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling