Milliy g’oya va ma’nviyatga oid fanlarni o’qitishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish. Fanga oid oqitishning turli metodlari


Download 64.88 Kb.
bet4/11
Sana20.03.2023
Hajmi64.88 Kb.
#1284972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-maruza

Uchinchi masalaning bayoni: Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir”, — degan edilar O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Barkamol shaxsni tarbiyalash eng olijanob, sharafli ish. Lekin, bugungi o‘quvchi-talaba yigirma-o‘ttiz yil oldingi bolalar emas balki, ular bir necha tilni biladigan, internetdan foydalana oladigan, kompyuter bilan tillashadigan, dunyoning xohlagan burchagidagi ilmiy kutubxonalardan foydalanish imkoniyati yaratilgan sharoitdagi yoshlardir. Demak, yoshlarga ta’lim-tarbiya haqida gapirganda juda ehtiyotkorlik, bilimdonlik, hushmuomilalik bilan yondashish kerak bo‘ladi. Aks holda tarbiyachining o‘zi o‘quvchi-talaba oldida uyalib qolishi hech gap emas.
“Bizning say’-harakatlarimiz komil insonni tarbiyalashga yo‘naltirgan yangi asrda dunyo taraqqiyotini, insoniyatning qay yo‘ldan borishini komil insonlar belgilashiga shubha yo‘q. Chunki, XXI asr intelektual avlod asri bo‘ladi” – degan edilar Prezidentimiz Islom Karimov.
XXI asr intelektual avlod asri. YA’ni, ilm-fan, salohiyat, iste’dod, iqtidor yuzaga chiqadigan asr. Aqliy salohiyat rivojlanadigan, taraqqiyotni aqlli, bilimdon, zehnlilar, farosatlilar boshqaradigan davr.
XXI asrda ta’lim-tarbiyaga ham munosabat o‘zgacha. Har bir sohada bo‘lgani kabi, ta’lim-tarbiyaga ham turli innovatsiyalar kirib kelmoqda. Bu yangiliklar bizning qadimiy ta’lim-tarbiya sohasidagi an’analarimizni siqib chiqarmaydi, balki, takomillashtirishga yordam beradi, xolos. Barkamol shaxsni tarbiyalashda nimalarga etibor berish kerak?
Buning uchun:
Eng avvalo, yoshlarga xalqimizning urf-odatlarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o‘rgatish va unga amal qilishni bildirish kerak;
Ikkinchidan, yoshlarga o‘tmish mutafakkirlar hayoti va ijodini, faoliyatini, qoldirgan ilmiy merosini o‘rgatish zarur. “O‘tmishimiz buyuk” degan gap quruq g‘ashga tegadigan iboraga aylanib qolmasligi uchun bu mutafakkirlarning nega buyukligini nima uchun jahon xalqlari bugungi kunda ham e’zozlab o‘qib o‘rganayotganliklarini, kashfiyotlari nimalardan iboratligini, insoniyat uchun qanday ahamiyatli ishlarni amalga oshirganliigini o‘rgatish kerak;

Download 64.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling