Milliy g’oya va ma’nviyatga oid fanlarni o’qitishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish. Fanga oid oqitishning turli metodlari


Download 64.88 Kb.
bet9/11
Sana20.03.2023
Hajmi64.88 Kb.
#1284972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-maruza

Uchinchi masalaning bayoni: Test (ingl. - sinov birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F. Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fanlari doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan ishlab chiqildi. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik metodlar ham qo‘llanila boshlandi. Bunday metodlar o‘z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.1
XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o‘quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo‘nalish: aqliy (intelektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo‘llash hamda o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo‘ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo‘llash sohalari rivojlana boshladi.
Test tuzuvchilar turli odamlarda reaksiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy (intelektual) qobiliyatlarini o‘rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib keldi. Test sinovlarining asosiy maqsadi ham o‘tilgan darslarni o‘zlashtirish darajasn to‘g‘risida, ham navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dars hajmi to‘g‘risida o‘qituvchiga axborot berish; o‘qituvchiga o‘qitish metodini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. O‘quvchilarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga o‘rganib ko‘rilgan. CH.Grin (1926) o‘zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi:
- test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;
- mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li bilan aniqlash;
- o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;
- test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va mantiqan muvofiqligini tekshirish;
- topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri
va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda muhim vositalardan bo‘lgan test nazoratining ijobiy jihatlari:
1. Savodli tuzilgan test obektiv pedagogik o‘lchash vositasi bo‘lib, uning natijasi imtihon oluvchi o‘qituvchiga bog‘liq emas.
2. Pedagogik test o‘quv materialining dasturiy mazmunini to‘liq qamrab olishi mumkin.
3.Test nazoratida texnikani qo‘llash oson, bu ma’lum bir materialni yoki butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, ommaviy nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Bu uning muhim ustunliklaridan biridir.
Test usuli ham ayrim nuqsonlardan xoli emas. Masalan, test o‘quvchining mustaqil fikrlash qobiliyatini qoliplaydi, ya’ni cheklaydi; o‘quvchi o‘zining ruhiy kechinmalarini namoyon qila olmaydi; o‘quvchining boshqa shaxsiy sifatlarini baholab bo‘lmaydi.
Shunga qaramay, pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari juda katta. Testdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘qish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi, o‘quvchining bilish faolligini oshiradi. Test topshiriqlariga qo‘yiladigan didaktik talablar mavjud. Tuzilgan test topshiriqlarini hammasini ham birdek ishonchli deb bo‘lmaydi. Test savollari mukammal bo‘lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilishi zarur.

Download 64.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling