Milliy g’oya va ma’nviyatga oid fanlarni o’qitishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish. Fanga oid oqitishning turli metodlari


Download 64.88 Kb.
bet5/11
Sana20.03.2023
Hajmi64.88 Kb.
#1284972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-maruza

Uchinchidan, barkamol shaxs bo‘lishi uchun yurtimiz tarixini, o‘tmishini va bugunini mukammal bilishi shart;
To‘rtinchidan, O‘zbekistonda qanday muqaddas qadamjolar mavjud. Ular nima uchun muqaddasligini yoshlar bilishlari, o‘rganishlari zarur;
Beshinchidan, yoshlar Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamahshariy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Motrudiy, Ahmad Farg‘oniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Xusayin Voiz Koshifiy, Zixiriddin Muhammad Bobur kabi o‘lmas mutafakkirlar asarlarini o‘qigan, uqqan bo‘lishlari kerak;
Oltinchidan, bugungi yoshlar Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, Oybekning “Navoiy”, G‘ofur G‘ulomning “Shum bola”, “Sen yetim emassan”, Abdulla Qahhor, Xudoyberdi To‘htaboyevning romanlari, hikoyalari, qissalarini, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, To‘ra Sulaymon, Mahmud Toir, Tog‘ay Murod kabi o‘nlab ijodkorlar asarlari, “Alpomish”, “Ravshan”, “Kun tug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlarni o‘qigan bo‘lishlari zarur;
Yettinchidan, barkamol inson o‘zi yashayotgan hududdagi teatrga har xaftada hech yo‘q-sa bir marta borib turishi, oyda bitta badiiy asarni o‘qigan bo‘lishi kerak;
Sakkizinchidan, bugungi yoshlar “Axborot”, “Davr”, “Fursat”, “Poytaxt” informatsion dasturlarini, ommaviy axborot vositalari bo‘lgan kunlik gazetalardagi xabar va yangiliklardan xabardor bo‘lib borishlari kerak.
Birinchi masalaning bayoni: Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o‘qitishda odatda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellaridan keng foydalaniladi.
An’anaviy dars- («markazda o‘qituvchi bo‘lgan ta’lim modeli», deb ham atashadi) muayyan muddatga mo‘ljallangan,ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
An’anaviy darsning asosiy maqsadi dars mavzusining asosiy mazmuni, tushuncha va faktlarni o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat. Odatda, an’anaviy dars berishga passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin darsda o‘quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o‘tishga va uni rejalashtirishga bog‘liq. An’anaviy darsning samaradorligini oshirish uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilish, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligini mutassil rag‘batlantirib turish, o‘quv materialining mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, turlicha baholash usullari va vositalarini o‘z o‘rnida qo‘llash talab etiladi.
“Ta’kidlash joizki, - deb yozadi – metodist olim B.To‘xliyev – interfaol usullarni an’anaviy ta’lim metodlariga mutlaqo qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular bir-birini inkon etadigan, bir boshqasiga halaqit beradigan emas, balki bir-birini to‘ldiradigan ta’lim usullaridir. O‘qitish jarayonida yo an’anaviy, yoxud interaktiv metoddan birini tanlash kerak qabilida yondashish ma’rifiy jaholatdan boshqa narsa emas.
Ta’lim metodlari son-sanoqsiz va ularning har biri o‘zi qo‘llanilayotgan vaziyat uchun betakror ahamiyatga egadir”1.

Download 64.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling