Milliy g’oya va ma’nviyatga oid fanlarni o’qitishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish. Fanga oid oqitishning turli metodlari
Download 64.88 Kb.
|
3-maruza
O‘rganish metodlari bilim, malaka va ko‘nikmalarni ijodiy egallashga hamda metodik va g‘oyaviy - siyosiy e’tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi.
O‘qitish metodi “o‘qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim o‘rin egallaydi. Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yo‘llari, usullari tushuniladi. O‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul metodning unsuri bo‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi. O‘qitish metodi – murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p sifatlarga ea bo‘lgan ta’limdir.O‘qitish metodida o‘qitishning obektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o‘z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog‘liq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir ko‘rsatadi. O‘qitish metodlarining ko‘p o‘lchovliligi ularning ko‘plab tasnifini keltirib chiqaradi. O‘qitish metodlari tasnifi – muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir. Eng asoslangan o‘qitish metodlari tavsiflariga quyidagilar kiradi: 1.An’anaviy metod. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar. 2. Maqsadiga ko‘ra metodlar tasnifi *bilimlarni egallash; * malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; *bilimlarni qo‘llash; *ijodiy faoliyat; *mustahkamlash metodlari; *bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari. 3. Idrok etish – bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra metodlar tasnifi: * tushuntirish – illyustrativ ( axborot – retseptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi; *reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o‘zlashtiriladi; ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez – tez takrorlash yo‘li bilan ta’minlanadi. *muammoli bayon qilish metodi; *qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo‘yicha mustaqil fikr yuritiladi, muam- moli vazifalar yaratiladi va hal qilinadi; * tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi . 4. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I.Shukina, I.T. Ogorodnikov) qo‘yidagilar farqlanadi: * ilk bilimlarni o‘zlashtirish metodlari; * egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari. 5. Olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan taxmin qilish (maqsadni amalga oshirishga erishish); 6. Ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlash; 7. Muntazam tahlil qilib borish; “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish metodikasida o‘qitish va o‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi. 1.Bilimlarni berish, idrok etish va o‘zlashtirish hamda e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘yicha ishlar, maslahatlar, ko‘rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi. 2. Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laborotoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o‘quv va pedagogik amaliyot kiradi. 3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reyting baholari, suhbat o‘tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Didaktikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlarining quyidagi bog‘liqliklari qayd qilinadi: -birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq; -ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog‘liq; -uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq; -to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq; -beshinchidan, oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq; -oltinchidan, o‘quv jarayonining moddiy – texnik ta’minoti bilan bog‘liq; -yettinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq. Shunday qilib, O‘zbekiston Respulikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o‘quv – bilish faoliyatini jonlantirish, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etishga xizmat qiladigan o‘qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iborat. O‘qituvchining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda quyidagi komponentlarni farqlaydilar: tashkilotchilik ilmiy bilish; kommunikativlik. Download 64.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling