Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o‘quv materialining maqsadga muvofiqlari; material ahamiyatliligi; ilmiy aniqlik; izchillik; to‘kislik va uyg‘unlik; o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish; samaradorlik; til ravonligi va aniqligi; bir ma’nolilik; qat’iy belgilangan vaqt; ixchamlik; murakkablik meyori; to‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarining mavjud emasligi; variativlik; shaklan va mazmunan o‘zaro bog‘liqlik.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Shaxs manfaatlari va erkinligi, shaxs manfaatlari va erkinligining ma’naviy jihatlari, shaxs qadr-qimmati, shaxs manfaatlarini himoya qilish, shaxs manfaatlariga oid bo‘lgan maxsus qonunchilik tizimi, BMT, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi, YUNESKO, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Barkamol shaxsni tarbiyalash.
Ta’lim metodlari, an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellari, an’anaviy dars, metodik usullar, “klaster”, “aqliy hujum”, “tanqidiy fikrlash”, “ajurli arra”, “menyular”, “debatlar”, “sinkveyn”, “insert”, “zig-zag”, “qarorlar shajarasi”, o‘rganish metodlari, bilimlarni egallash, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
Shaxs manfaatlari va erkinligining ma’naviy jihatlarini izohlang...
Insoniyat o‘z taraqqiyoti jarayonida shaxs manfaatlariga oid bo‘lgan maxsus qonunchilik tizimini yaratgan. Ana tizim yaratilgan bosqichlarni sanab o‘ting...
Ma’naviyat asoslari ta’limida shaxs manfaatlari ustuvorligini izohlang...
“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan? O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi moddalarida konstitusiyaviy normalarga rioya etish yuzasidan fuqarolarga qator burch va mas’uliyatlar yuklatilgan?
Ni ma uchun barkamol insonni shakllantirmasdan turib, jamiyatni hozirgi davr talabi darajasida rivojlantirib bo‘lmaydi.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda nimalarga etibor berish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |