Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G)
Download 467.01 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi nisbat
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo‘llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to‘lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to‘lovlari kiritilmaydi.15 Sof eksport (Xn): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi farq. YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin: YaIM = C + I + G + Xn O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan YaIMning foydalanish (xarajatlarga ko‘ra) tarkibi tahlili (2.3-jadval) shuni ko‘rsatadiki uy xo‘jaHklarining iste’mol xarajatlari YaIM tarkibidagi eng salmoqli komponent ekan. Bu ko‘rsatkichning YalMdagi ulushiga ko‘ra O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya va Ispaniya davlatlariga yaqin turadi. Yalpi jamg‘arish, yoki yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi bo‘yicha ikkinchi komponent bo‘lib 2017 yilda YaIMning 27,6 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 26,1 %ni, zahiralarning o‘zgarishi 1,5 % ni tashkil etgan. Taqqoslov uchun maqlumotlar keltiradigan bo‘lsak, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi investitsiyalarning YaIMdagi ulushi Rossiya Federatsiyasida 24,1 %ni, Yaponiyada 24,0 foizni, Ispaniyada 20,6%ni, Xitoy Xalq Respublikasida esa 44,4 foizni tashkil etgan. 2.3-jadval O‘zbekiston Respublikasida YaIMning foydalanish tarkibi16 (%)
Mamlakatda 2000-2017 yillarda iste’mol ulushi o‘rtacha 53,2% ga teng bo‘lib, uning tarkibidagi 2017 yilda davlat xarajatlari ulushi o‘rtacha 16,7%, xususiy iste’mol ulushi esa o‘rtacha 53,2% ga teng bo‘lgan. YalMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash. YaIMni daromadlar bo‘yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‘shilgan qiymatlar hisobidan, to‘langan dastlabki daromadlar qo‘shib chiqiladi. YaIMni daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: -sof bilvostia soliqlar (Tn) - bilvosita soliqlar(qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o‘rtasidagi farq; yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to‘lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. O‘zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% bo‘lgan bo‘lsa. 2006 yildan boshlab 25 % qilib belgilandi, 2017 yildan boshlab 15-25 % atrofida qilib belgilandi. Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R). Nokorporativ korxonalar- kichik hajmdagi, uy xo‘jaliklariga tegishli korxonalar bo‘lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o‘zaro qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo‘llashga sabab bo‘ladi. R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A); YaIMni daromadlar ko‘rinishida yalpi qo‘shilgan qiymatni ko‘rsatilgan uch guruhga bo‘lib topish mumkin: YaIM = Tn + W+R Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko‘rinishidagi daromadlar paydo bo‘ladi. Shuningdek, YaIMni daromadlar ko‘rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo‘lish ko‘zda tutiladi: -amortizatsiya (A); bilvostia soliqlar (T); -yollanma ishchilarning ish haqlari (W); ijara haqi to‘lovi va renta ko‘rinishidagi daromadlar(R1); kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2); -mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (P1); -korporatsiya foydasi (P2). Korporatsiyalar foydasi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: korporatsiyasi foydasidan to‘lanadigan soliqlar (P2.1); hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividendlar(P2.2); v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(P2.3). Keltirilgan yondoshvuga ko‘ra: YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2 Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o‘zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub’ekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi sub’ekt uchun daromad bo‘lib tushadi. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi nisbat Milliy hisobchilik tizimiga ko‘ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko‘rsatkichidan boshqa yana bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko‘rsatkichi ham kiradi. Bu ko‘rsatkich MHTning oldingi ko‘rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko‘rsatkichi bilan mohiyatan bir xil. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir. YaIM va YaMD ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqni quyidagi formula ko‘rinishida tasavvur etish mumkin: YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan daromadlari.3 YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o‘lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang‘ich daromadlarni o‘lchaydi. Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko‘rsatkichlariYaIM va YaMD ko‘rsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.4 SIM = YaIM - A SMD = YaMD - A Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko‘rsaikichi ham qo‘laniladi. ShD = SMD -[ ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad19 Foizlar ko‘rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo‘yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi. Shaxsiy daromaddan aholi to‘laydigan daromad solig‘i, mulk solig‘i va ayrim nosoliq to‘lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko‘rsatkichi topiladi. ShTD uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S) uchun ishlatiladi. ShTD =C + S Makroiqtisodiy tahlilda uy xo‘jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanadi. YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar - Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar) Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armish uchun ishlatiladi. YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar Yakuniy iste’mol uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Download 467.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling