Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi
Download 0.64 Mb.
|
Xudoyor kurs ishi Iqtisod
Т QК (7.5)
bu yerda , К - ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun kishi-soat hisobiga sarflanagn vaqt; Т - kishi-soat hisobiga sarflangan ish vaqti; Q - ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi. Ko’p mehnat talablik ko’rsatkichi mahsulot birligi uchun sarflanagn ish vaqtini va mehnat unumdorligi darajasini tavsiflashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatkich uch turda bo’ladi: me‘yory, rejali va haqiqiy. Me‘yoriy ko’p mehnat talablik deb amaldagi ishlab chiqarish (ish vaqtiga yoki xizmat ko’rsatish me‘yoriga asosan) me‘yoriga asosan hisoblangan mahsulot tayyorlash uchun zarur ish vaqti sarfiga aytiladi13. Rejali ko’p mehnat talablik deb kelgusi rejali davrda mahsulot birligiga sarflanishi zarur bo’lgan ish vaqtiga aytiladi. Haqiqiy ko’p mehnat talablik deb mahsulotni tayyorlash uchun ketgan haqiqiy ish vaqtiga aytiladi. Rejali ko’p mehnat talablik odatda haqiqiy ko’p mehnat talablikdan kam bo’lish kerak. Mehnat unumdorligini oshirishning quyidagi omillari mavjud: 1)Material-texnik omillarga quyidagilar kiradi: mehnat qurollari, uskunalarning tarkibi va texnik darajasi, mehnat predmetlari va sifati, ishlab chiqarishni mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi va boshqalarni yaxshilash; 2) Tashkiliy omillarga - ishlab chiqarishni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish darajasi; uning to’xtovsizligi, maromlilik holatini ta‘minlash; ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish; ish joyini to’g’ri tashkillashtirish; ish sharoitini yaxshilash; 3) Iqtisodiy omillarga - ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda har bir ishchining, jamoaning moddiy qiziqishini oshirish; mehnat unumdorligining oshishini ta‘minlovchi moliya, reja va boshqa iqtisodiy stimullarni yaratish; 4) Sotsial omillarga - kadrlar madaniy-texnik va siyosiy darajasini, ular malakasini oshirish va shu kabilar. Mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish bazasi bo’lib fan-texnika taraqqiyoti xizmat qiladi14. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling