Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi


Download 0.64 Mb.
bet16/18
Sana26.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1655590
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Xudoyor kurs ishi Iqtisod

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka
erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining
bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib
borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdoiqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda.
Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir.
O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin:
- Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga
soluvchi huquqiy asoslar yaratildi.
- O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy
asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi.
- O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda MDH
mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi.
- O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati –
iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi;
- O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan
hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar
tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi:
- Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning
o`sishi kuzatildi. - O`zbekistondan MDH davlatlariga asosan xom ashyo
resurslari va tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda;
- O`zbekistonga MDH davlatlaridan asosan tayyor mahsulotlar import
qilinmoqda;
- O`zbekiston va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi
hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada MDH
mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada
takomillashtirish maqsadga muvofiq.
- O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy
aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni
yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda
modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim;
Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir
mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda
to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik
sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur.
2000-yildan 2019-yilga qadar o`zaro tovar ayirboshlash hajmi o`sishi
kuzatildi. Demak, savdo aylanma hajmi yildan-yilga o`sib, yanada barqaror tus
olmoqda. O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko`lami MDH
mamlakatlari ichida eng yuqoriligi qayd etildi: savdo aylanmasi 2000-yilda 100 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo`lsa, 2019-yilga kelib 6,6 mlrd AQSH dollariga yetdi. Bu O`zbekiston va Rossiya o`rtasida savdo aylanmasi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini bildiradi. Ko`rinib turibdiki, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik mustahkamlanish bilan bir qatorda, iqtisodiy yo`nalishdagi sheriklik yildan-yilga o`sib bormoqda.
Shuningdek, O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. O`zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida MDHning
yetakchi davlatlari – Rossiya, Ukraina, Belarussiya bilan manfaatli hamkorlikaloqalarini o`rnatdi. Ushbu aloqalar bir necha bosqichlarni bosib o`tib, uning dastlabki bosqichlarida (1992-1999-yillar) mamlakatlar o`rtasida hamkorlikning huquqiy asoslari shakllandi va bu holat keyingi bosqichda iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishiga asos bo`lib xizmat qilmoqda.
2. O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarni tahlil qilishda
iqtisodiy hamkorlik davlatlararo aloqalardagi ustuvor yo`nalish ekanligi va bu
aloqalar ikkinchi bosqichda (2000-2019-yillar) jadal rivojlangani aniqlandi.
3. O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy
aloqalar bundan keyin ham rivojlanishda davom etadi. Chunki mazkur davlatlar
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan birday manfaador.
Bugungi kunda O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy
aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
O`zbekiston va MDH mamlakatlari uchun manfaatli bo`lgan yuqori samarali
ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo`llabquvvatlash va ularni
rag`batlantirish;
MDH mamlakatlari investorlarini to`laqonli axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to`g`risida ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo`yicha viloyatlarning investitsiya salohiyati bo`yicha veb-sayt tashkil etish, shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar ko`lamini yanada kengaytirish;
Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo`yicha
o`quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar hududidagi qo`shma korxonalarga (O`zbekiston-Rossiya, O`zbekiston-Qozog’iston, O`zbekiston- Belarussiya) sayohat va ekskursiyalar tashkil etish;
Bu kabi tadbirlar O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi
iqtisodiy aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb
hisoblayman.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling