Milliy tarbiyani shakllantirshda vorisiylik va qadriyatlar uyg’unligi
Debat
|
9. Ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalar asosida o’tiladigan darslar “Aqliy xujum” metodi asosida o’tiladi. Bu metod o’qituvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Talabalarning boshlanqich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan boglash maqsad qilib qo’yilganda - yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi.
3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo’yilganda - mavzudan so’ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy xujum” metodining tarkibiy tuzilmasi
Muammoli savol beriladi
Fikr va g’oyalar bildiriladi
Fikr va g’oyalar tO’planadi
Fikr va g’oyalar guruhlanadi
Aniq va to’g’ri javob tanlab olinadi
1. Talabalarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo’yicha o’z javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlarini so’raladi;
2. Talabalar savol bo’yicha o’z fikr-muloqazalarini bildirishadi;
3. Talabalarning fikr-g’oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qogozlarga yoki doskaga) to’planadi;
4. Fikr va g’oyalar ma’lum belgilar bo’yicha gururlanadi;
5. Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va To’g’ri javob tanlab olinadi.
"Aqliy xujum" metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:
a) Bildirilgan fikr va g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
b) Bildirilgan har Qanday fikr va g’oyalar, ular hatto To’g’ri bo’lmasa ham inobatga olinadi.
v) Bildirilgan fikr va g’oyalarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
Ma’naviyatshunoslik fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi
Ushbu talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i hamda shu buyruqqa asosan ishlab chiqilgan, Namangan davlat universitetining 2018 yil 10-oktyabrdagi 3-sonli Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha YO‘RIQNOMA asosida ishlab chiqildi.
Fan o‘qituvchisi tomonidan birinchi mashg‘ulotda Yo‘riqnoma talablari hamda nazorat turlari, soni, shakli va talabalar bilimini baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |