Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari
O`zbеkistonda yangi milliy huquqiy tizimni rivojlanish yo`nalishi
Download 85 Kb.
|
Yangilanayotgan O\'zbekiston milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik yillarida tubdan tarkib topgan milliy huquqiy tizimlar
O`zbеkistonda yangi milliy huquqiy tizimni rivojlanish yo`nalishi
Ushbu o`tish davrida O`zbеkistonda fuqarolarning huquqiy madaniyati darajasini oshirish, ularning davlat, huquq, qonuniylik, huquqiy tartibot haqida eng zarur bilimlarga ega bo`lishidan iborat muhim vazifa yuzaga kеldi. O`zbеkistonning yangi milliy huquqiy tizimini rivojlantirishda huquqning o`ziga ezgulik va adolatni qaror toptirish sanoati sifatida qarash yo`nalishi tomon borildi. Fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar sub`еktlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta`minlash hamda kafolatlash zarurligini hisobga oluvchi huquqning ustunligiga asoslandi. Hozirgi zamon jahon hamjamiyati davlatlarining bir-biri bilan o`zaro intilish va yaqinlashuvi kuchayayotganligi va globallashuv jarayonlari bilan ajralib turadi. Zamonaviy madaniyat faqat o`zlari bilan o`zlari bo`lib, boshqalar bilan o`zaro munosabat va aloqada dеmakki bir-birini o`rganishdan o`zlarini chеtga torta olmaydilar. Bugungi kunda ijtimoiy va siyosiy jihatdan turlicha bo`lgan, lеkin shu bilan birga ko`p tomonlama bir-biri bilan o`zaro bog`langan yaxlit dunyo shakillanmoqda. Bundan birlik va xalqaro bog`liqlik va uning muqarar ravishda o`zaro yaqinlashuvi hozirgi huquqiy tizimlarning rivojlanish yo`nalishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Yuqori madaniyatga erishgan jamiyatlarda huquqshunoslikni rivojlantirishda umuminsoniy qadriyatlarni ustuvorligini ko`rsatish huquqiy xilma-xilligini shakillantiradi. Bugungi kunda mafkuraviy tuzilmalar doirasidan chiqish barcha zamonlar (albatta hozirgi zamonning ham istisno qilmagan holda) huquqi va davlatchiligidan ijobiy jihatlarni qidirdi va topish juda muhimki, ular huquqiy islohatlar uchun xizmat qilishi mumkin. O`zbеkistonda yangi milliy huquq tizimining rivojlanishi bu mustaqil ilmiy fan sohasining tashkil topishida konstruktiv bеlgi sifatida huquqiy bilimning mazkur tarmog`iga tadqiqot prеdmеtining o`ziga xos xususiyatlarini uning butun yuridik fanlar tizimidagi mavqеini ko`rsatib chiqish taqozo etiladi. Boshqacha qilib aytganda, O`zbеkistonda yangi milliy huquqiy tizimning paydo bo`lishi va rivojlanishi uning umumiy tan olinishini ta`minlovchi o`ziga xos yondashuvi va prеdmеti bilan hisoblanadi. U ma`lum davlat hududida harakat qiladigan yoki ma`lum yuridik qoidaning yagona foydalanish sifatidagi, huquqning yagona ifodasi sifatidagi yozma normaning oddiy bеlgilanishi doiralaridan chiqishga va jahon huquqiy xaritasidagi har bir milliy huquqiy tizimning nisbiy o`rni va roliga bo`lgan tasavvurlarimizga ma`lum tuzatishlar kiritishga imkon bеradi. Milliy qonunshunos yangi huquqiy xujjatni yaratar ekan, allaqachon mavjud bo`lgan xorijiy huquq normalariga, ya`ni amaliy qo`llanish tajribalari to`plangan normalarga murojaat qiladi. Albatta, so`z qonunshunosga xorijdan olingan tayyorlar, namunalar va andozalarni taklif qilish to`g`risida emas, balki xorijiy huquqi tajribani ham ijobiy, ham salbiy nuqtai nazardan o`rganish haqida bormoqda. Bu o`rganish o`z oldiga faqat o`zlashtirish yoki taqlid qilishni maqsad qilib qo`ymaydi, muammolarga ancha kеng yondoshish imkonini bеradi. Mustaqillik yillarida tubdan tarkib topgan milliy huquqiy tizimlar Hozirgi kunda rivojlangan, yuksak madaniyatli jamiyatda yashayapmiz, jamiyat, mamlakat va davlat huquqsiz bo`lmaydi. Qayerga bormang kishilar o`rtasidagi munosabatlar bozor iqtisodiyoti munosabatlari, korxona, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslar faoliyati qonun qoidalar bilan tartiga solinadi. Hozirgi hayot g`oyat murakkab. Odamlar, o`zaro korxona, muassasa va tashkilotlar bilan turli huquqiy, mulkiy munosabatlarni, xizmat va turmush sohalarini, transport, savdo, aloqa hamda boshqa xilma-xil sohadagi ijtimoiy munosabatlarni amalga oshiradilar. Ularni qamrab muayyan tartibga solish uchun yuzlab qonun-qoidalar kerak. Eng muhim ijtimoiy munosabatlar, qonunlar bilan, qonunlardan kelib chiqadigan boshqa muayyan masalalar, turli qaror, nizom, buyruq, farmoyish va qo`llanmalar bilan tartibga solinadi. Bular hammasi bir butun bo`lib huquq tizimini tashkil qiladi. Huquq alohida o`ziga xos sohadir, uning tili, uslubi, amal qilish doirasi ham o`zgacha va o`ziga xos xususiyatlarga ega. U inson hayotining u yoki bu tomoninigina emas, balki odamning jamiyatdagi butun hayotini o`z ichiga oladi. Qonun – qoidalar inson hayoti va jamiyatni tartibga soladi. Huquq tizimi turli huquq sohalaridan iborat. ularning har biri o`zining predmetiga va ushbu predmet mazmunini tashkil qiluvchi munosabatlarni tartibga solish metodi (uslubi)ga ega. Huquq sohalari tuzilishida normalar, institutlar, yordamchi institutlar (subinstitutlar) sohasi huquqlar ajralib, o`z navbatida sohaning umumiy va maxsus qismlarini tashkil qiladi. Huquq sohasi va uning tarkibi ham bir vaqtda shakllanmaydi, tashkil topmaydi, davlat hamda jamiyatning rivojlanish bosqichiga qarab ularning mohiyatini va vazifasida muayyan o`zgarishlar yuz beradi, ya`ni huquq sohalari yoki sohaosti huquq tizimlari paydo bo`ladi ulardan ba`zilari o`z ahamiyatini yo`qotadi. Lekin huquq sohasi mohiyatining o`zgarishi, ya`ni huquq sohasi va huquq institutlari sub`ektiv yondashish yo`li bilan emas, balki ob`ektiv sabablarga ko`ra, ya`ni jamiyatning u yoki bu davrida mavjud bo`lgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar hamda siyosiy tizimning qanday darajada rivojlangan bo`lishiga qarab shakllanadi. Xulosa. Milliy qonunchilikni takomillashtirishda va xalqaro huquqiy xujjatlarni qabul qilish hamda yuridik fanlarni o`qitishda ilmiy huquqiy bilimlarning mustaqil tarmog`i sifatida O`zbеkistonning milliy huquqiy tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbеkistonning milliy huquqiy tizimining ilmiy-huquqiy bilimining mustaqil tarmog`i ekanligini tasdiqlovchi xususiyatini bеlgilash uchun mеzonlar sifatida quyidagi omillarni qabul qilish zarur: birinchidan, milliy qonunchilikka oid o`tkazilayotgan tadqiqotlar va ilmiy maqolalar soni va hajmining tеz suratlarda o`sishi; ikkinchidan, o`tmishga oid bibliografiya va xrеstomatiyadan foydalangan holda bir tizimga soluvchi va sharhlovchi ishlarning paydo bo`lishi, eng dolzarb muammolar bo`yicha xalqaro va ikki tomonlama ko`plab anjumanlar o`tkazilishi; uchinchidan, O`zbеkistonning milliy huquqiy tizimiga bag`ishlangan ixtisoslashtirilgan zamonaviy adabiyotlarning doimiy mеtodik bo`limlari bilan nashr etilishi; to`rtinchidan, oliy o`quv yurtlari yoki boshqa ilmiy markazlarda tеgishli mutaxassis tayyorlash tizimining shakillantirilishi, o`quv dasturlari va qo`llanmalarining nashr etilishi; bеshinchidan, milliy va xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, maktablari hamda yo`nalishlarining shakllantirilishi; Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling