3. Mamlakatning xalqaro turizm bozoridagi o‘rni va axamiyatini oshirish yo’llari
Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun qator muammolarga e’tibor qaratish lozim:
jahon turizm bozoriga raqobatdosh narx va sifatdagi turizm mahsulotlari bilan kirish maqsadida milliy turizm mahsulotlarining tannarxini tushurish uchun turizm va transport sohalariga taalluqli soliq va majburiy yig‘imlarni qayta ko‘rib chiqish, xususan:
turizm infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun qo’shimcha ragbatlantirish choralarini ko‘rish, xususan amalda bo’lib turgan mehmonxonalarni qurishni subsidiyalash va toifani oshirishni kompensatsiyalash tartibi amal qilish muddatini 2024 yilga qadar uzaytirish;
milliy aviatsiya bozorining o‘tkazish quvvatini ikki barobarga oshirish va aviaqatnovlarning geografik kamrovini kengaytirish, ichki va tashqi investorlarning bozorga kirish tartibini maqbullashtirish orqali yangi aviaqatnovlar sonini oshirish;
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik sub’ekti tomonidan xududlarda yaratiladigan ish o‘rinlari soniga mos ravishda pasayib boruvchi stavkalardagi imtiyozli kreditlar hamda maqsadli grantlar ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish;
soha mutaxassislarida shakllantirish, yangi malaka ko‘nikmalarni ularni raqamli texnologiyalar bo’yicha bilimlarini oshirish maxsus dasturlarni ishlab chiqish hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishni rag‘batlantirish;
hunarmandlar, uy tadbirkorligi vakillari, mustaqil san’at vakillari va boshqa o‘zini o‘zi band qilganlarni o’z mahsulotlarini xalqaro onlayn do‘konlarda targ‘ib qilish va sotish bo’yicha malakalarini oshirish;
boshqa xorijiy mamlakatlar uchun maxsus marketing kampaniyalarini amalga oshirish;
ijtimoiy tarmoqlar va "millenial" larning sayohatni targ’ib qilish imkoniyatidan to‘liq foydalanish;
xalqaro konferensiyalar va tadbirkorlarni mamlakatga jalb qilish uchun ragbatlantirish choralarini ko‘rish, shuningdek turizm soxasi sub’ektlarini xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalarida, marketing kampaniyalariga qatnashishlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |