5-Mavzu. Turizmning ommaviy shakllari
Reja:
Turizm xizmatlarini diversifikatsiyalash
Turizmning yangi ixtisoslashgan shakllari
Ziyorat turizmi
Hordiq turizmi
Turizm xizmatlarini diversifikatsiyalash
“Diversifikatsiya" lotincha "diversis" - turli, "facers" - etish, qilish atamalaridan kelib chiqqan. Iqtisodiy adabiyotlarda diversifikatsiya tushunchasi ishlab chiqariladigan mahsulotlar assortimentini kengaytirish sotuv bozori yo‘nalishini va o‘zgartirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikning oldini olish maqsadida ishlab chiqarish va xizmatlarining yangi turlarini o‘zlashtirish sifatida talqin qilinadi. Bu ishlab chiqarish va xizmatlar diversifikatsiyasini bildiradi.
Diversifikatsiya ko’pincha daromadni kamaytirmasdan investitsion tavakkalchilikdan kafolatlanishga xizmat qiladi. Diversifikatsiyadan ko‘proq samara investitsiya portfeliga turli tarmoq, mintaqa aktivlarini qo‘shish orqali qo‘lga kiritiladi. Chunki bir aktiv samarasining pasayishi, boshqa aktivning o‘sishi hisobiga qoplanadi. Demak, diversifikatsiya umumiy yig‘indidagi turli xillikdir. Turli xillik qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha diversifikatsiyalashuv darajasining yuqoriligini bildiradi.
Diversifikatsiya muhim investitsion kontseptsiya bo‘lib, milliy iqtisodiyot hamda xizmat ko‘rsatishning eng samarali sohalaridan biri sifatida turizmga ham bevosita tegishlidir. U turizm sohasiga kiritiladigan investitsiyalardan foyda olishning eng qulay usullaridan biridir.
Diversifikatsiyalash turistik xizmatlar assortimentini kengaytirish orqali iste’molchilar kategoriyasini ko‘paytirish imkonini ham beradi. Natijada sohada tavakkalchilik xavfi pasayadi, mavjud saloxiyatdan to‘laroq foydalanish imkoniyati kengayadi. Ko‘proq samara istiqbolli yo‘nalishlarni tanlashdan keladi albatta. Hozirgi paytda turizmda yangi yo‘nalishlar maydonga chiqdi. Ulardan eng istiqbollilari sifatida tabiat(ekologik), sport, ta’lim va ziyorat turizmini ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |