Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi
Download 110.5 Kb.
|
umumiy
2. Turistik statistika
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran butun dunyoda turizmning tez rivojlanishi bu sohaning milliy, mintaqaviy va global iqtisodiyotning o‘sishiga ta’sirini baholashga urinishlar ham kuchaydi. Turizmning an’anaviy o‘lchovlari mamlakatlar o‘rtasidagi integratsion jarayonlarning kuchayishi, proteksionistik to’siqlarning esa zaiflashuvi sharoitida hayotdan ortda qola boshladi. Ishchi o‘rinlarini yaratishda, investitsiyalar va valyuta jalb qilishda, qolaversa, mamlakatdagi siyosiy barqarorlikni ta’minlashda turizmning rolini borgan sari aniqroq his qilina boshladi. Xalqaro turizmga oid birinchi ta’rif 1937 yili Millatlar Ligasi Kengashi tomonidan berildi va statistik maqsadlarda foydalanish uchun "xalqaro turizm" atamasi tavsiya etildi. BTTning Statistika komissiyasi 1953 yilda "xalqaro tashrifchi" tushunchasini kiritdi. 1963 yilda Rimda o‘tkazilgan xalqaro sayohatlar va turizm bo’yicha konferensiya "tashrifchi". "Turist", "ekskursant" atamalaridan foydalanishni taklif qildi. Bu terminlar 1967 yilda BMT ekspertlari tomonidan o‘rganilib, 1968 yilda BMT Statistika komissiyasi tomonidan ma’qullandi. 1991 yilda Ottavada (Kanada) sayohatlar va Turizm statistikasi bo‘yicha navbatdagi Xalqaro konferensiyada BMT Statistika komissiyasi 19-sessiyasida (1976 yil iyul) ishlab chiqilgan va ma’qullangan statistik ko‘rsatkichlar umumlashtirildi. Turizmda hisob-kitoblar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini BMTning savdo va rivojlanish konferensiyasi (YuNKTAD), Rasmiy turizm tashkilotlarining xalqaro ittifoqi (QUOTO), BMT, Xakaro Valyuta Fondi va Butunjahon turizm tashkilotlari ham kiritishdi. Global xalqaro tashkilotlardan tashqari mintaqaviy va millatlararo tashkilotlari ham bu sohadagi statistikaga o‘z takliflarini kiritgan. Ular jumlasiga Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OESR), Yevropa Hamjamiyati Statistika byurosi (Evrostat). Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari turistlik assotsiatsiyasi (PATA) va Turizm bo‘yicha Karib tashkiloti (KOT) MDX ishtirokchi mamlakatlar boshqalarni kiritish mumkin. Nima uchun turizmning puxta ishlab chiqilgan statistikasi zarur? Chunki, maxsus turistik ma’lumotlarga ehtiyoj nafaqat barcha mamlakatlar milliy ma’muriyati uchun, balki turli manfaatdor guruhlar, masalan, transport, mehmonxona xo‘jaligi, dam olish va ko’ngil ochish korxonalari kabi tarmoq uyushmalari, mahalliy hokimiyat organlari va ilmiy muassasalar uchun ham zarur. Ayniqsa bozor tahlili, marketing samaradorligi, tarmoq investitsiyalari, inson resurslari rivoji, iqtisodiy siyosat uchun turizm bo‘yicha iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ahamiyati katta. Shuningdek, sayohatchi va dam oluvchilar boradigan joylar, marshrutlarga kirish va chiqish turistik oqimni o‘lchashga extiyoj mavjud. O’zbekiston Respublikasida ham turizm sohasida aniq va puxta statistik tizim ishlab chiqilishi zarur. Bu sohaning rivojlanishi to’g’risida ma’lumotlarning yetishmasligi va noaniqligi ham shundan. Turizm statistikasidagi kamchiliklarga barham berish bir vaqtning o‘zida milliy turistik ma’muriyat va tijorat operatsiyalari hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi uchun, shu bilan birga statistik organlari va xususiy sektor uchun ham o‘ta ahamiyatlidir. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling