Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari


Download 110.5 Kb.
bet4/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
umumiy

2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari

2018 yil 3 fevralda "O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish buyicha qo‘shimcha tashkiliy chora tadbirlar to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 2019 yil 5 yanvardagi ""Turizm tarmog’ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida", 2019 yil 6 martdagi "Transport va turizm ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 7 fevralda "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 6 fevralda "O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 6 fevralda "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 16 martda "2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari qabul qilindi.


2021 yil 9 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmoni imzolandi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 13 fevralda "2019-2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tugrisida", 2019 yil 8 martda "Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2019 yil 14 iyunda "O‘zbekiston Respublikasida kinoturizmni jadal rivojlantirish va mamlakat kino jozibadorligini keng targ‘ib qilish chora tadbirlari to‘g‘risida", 2017 yil 23 noyabrda "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shaxrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 3 mayda "Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2018 yil 3 dekabrda "Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorlari kabul kilindi. Sohaga oid qator hukumat qaror va farmoyishlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shunday qilib, turizm - bu korxonaning ijtimoiy va xo’jalik faoliyati bo‘lib, chet ellik va mahalliy sayohatchilarning kelgan mamlakatlari madaniyati, tarixi geografiyasi va iqtisodiyotini bilishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Turistik qiziqishlarni belgilashda sayohat muddati, bu faoliyatga to’lov jiddiy rol o‘ynamasligi kerak. Agar kishi o‘zga mamlakatga mehnat shartnomasi bo‘yicha kelgan bo‘lsa ham, baribir turistik soha xizmatlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham turizmga talab va taklifning kompleks tizimi sifatida qarash lozim.
Turizm borgan sari jamiyat hayotida katta rol o‘ynab, yalpi milliy maxsulot yaratishdagi jahon investitsiyalaridagi, soliq tushumlaridagi ahamiyati ortib bormoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatga keluvchi har 30 turist bitta bevosita va ikkita bilvosita ishchi o‘rinini yaratadi. Turizmning bu sohalardagi o‘rni va roli bilan hisoblashmaslik mumkin emas.



Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling