Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


Download 110.5 Kb.
bet9/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
umumiy

Sayohatlarni tasniflash

Ko’pchilik industrial, hatto bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda turizmning alohida unsuri sifatida bir kunlik safarlar mashhur bo‘lmoqda. Bu muddat turistik xizmatlarni iste’mol qiluvchilarga ham, ayniqsa diqqatga sazovor joylarga, transport kompaniyalar va umumiy ovqatlanish sektoriga ham hush kelmoqda. Masalan, toshkentliklarning Samarqandga bir kunlik ekskursiyasi transport korxonalari, restoranlar, muzey, teatrlar. parklar, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni, mahalliy infratuzilmani ish bilan band qiladi.


Bir kunlik safar deganda kishining o‘z doimiy muhiti dorasidan qisqa vaqt chiqishini tushunish lozim. Biznes safarlar va dam olish va hordiq chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan safarlarni ham bir kunlik sayohat konsepsiyasiga kiritsa bo‘ladi.
Bir kunlik safarni chet ellik tashrifchilar ham amalga oshirishi mumkin. Buning eng yorqin misoli sifatida Chexiya turizm amaliyotini keltirish mumkin. Bu mamlakatga kelgan turistlarning 47,8 foizi faqat bir kecha tunab qolishadi. 22,5 foizi - ikki, 7,4 foizi uch, 7,2 foizi - turt, 10,3 foizi besh-o‘n va 4,9 foizi o‘n kechadan ortiq qolishi mumkin. Chexiya Yevropa chorraxasida joylashgani uchun ham chet ellik sayohatchilarning transport mobilligini ta’minlaydi.
Yana bir qiziq tomoni Chexiyaga tashrif buyuruvchi mehmonlarning 50 foizdan ziyodrogi bu mamlakatga besh va undan ortiq kelib-ketuvchilardir. Shu faktning o‘zi ham bir kunlik sayohatning samarali ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ularning 22,8 foizi - uch beshinchi, 14,9 foizi ikkinchi va atigi 11,5 foizi - birinchi marta bu mamlakatga tashrif buyuruvchi "yangi" mexmonlardir. "Siz Chexiya Respublikasiga yana tashrif buyurishni rejalashtirasizmi?" degan savolga respondent sayohatsilarning 84,1 foizi ijobiy, 13,5 foizi, "bilmayman" va faqat 2,4 foizi salbiy javob bergan.
Shunday qilib, xalqaro bir kunlik tashrifchi - bu borgan mamlakatdagi jamoa yoki individual joylashtirish vositalarida tunab qolmaydigan shaxsdir. Bu kategoriyaga kuyidagilar kiritiladi:

  • kruiz yulovchilari;

  • ekipaj a’zolari.

Har qanday sayohatchi o‘z safarini amalga oshirar ekan qandaydir maqsadni ko‘zda tutadi. Safardan asosiy maqsad va qo‘shimcha maqsad ham bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha biznes maqsad bilish, tanishish bilan, qarindoshlarnikiga borib qaytish, davolanish bilan qo‘shilib ketishi hollari uchraydi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, aksariyat safarlar shaxsiy takliflar orqali amalga oshiriladi, ya’ni safar davomida tanishlar va qarindoshlarnikiga boriladi, bo‘sh vaqtni o‘tkazish hamda rekreatsiyaga sarflanadi. Tranzit yo‘lovchilar hissasiga umumiy vizitlarning 7 foizi to’g’ri keladi. Barcha tashriflarning tadbirkorlik va professional maqsadlarga 20 foizi, davolanishga 8 foizi, ziyoratlarga 10 foizi to‘g‘ri kelmoqda. Sayohatchilarning mamlakatda bo‘lishi va safari davomiyligini hisobga olish muhim axamiyatga ega. Bu muhim statistik ko‘rsatkich bo‘lib, turist va bir kunlik tashrifchi o‘rtasidagi farqni aniqlashga yordam beradi. Bu ko‘rsatkich turistik xarajatlarni baholashda ham muhim.
Tashrif davomiyligi quyidagi birliklarda o‘lchanadi:

  • vaqt (soat) miqdori - bir kunlik tashriflarga nisbatan;

  • tunab qolish - tashrifga nisbatan.

Xalqaro turizmda davomiylik qabul qiluvchi mamlakatda o‘tkazilgan vaqt miqdori (ichki turizm), yoki odatdagi yashash joyidan tashqarida (chiqish turizmi) o‘tkazgan vaqt miqdori bilan o‘lchanadi.



Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling