Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


-mavzu: Turistik tashriflarni hisoblash usullari


Download 110.5 Kb.
bet6/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
umumiy

3-mavzu: Turistik tashriflarni hisoblash usullari
Reja

  1. Turistik tashriflarni tasniflash.

  2. Turizm sigimi tushunchasi.

  3. "Sayohatchi" tushunchasi.

  4. Sayohatlarni tasniflash.




  1. Turistik tashriflarni tasniflash.

1989 yil aprelda turizm bo‘yicha Gaaga (Niderlandiya) deklaratsiyasida shunday yozilgan: "Har qanday kishi chet ellik turist bo‘lishi mumkin:

  • qaysikim u o‘zi doimiy yashaydigan mamlakatlar boshqa istalgan mamlakatiga sayohat qilsa;

  • sayohatning asosiy maqsadi uch oydan oshmasdan, unga taklif qilinishi va qilinmasligidan qatiy nazar borgan mamlakatida haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullunmasa;

  • safarda ko‘rsatilgan muddat tugashi bilan mamlakatidan albatta chiqib ketsa.”

Demak, turist, qonunchilikda taqiqlanmagan turli maqsadlarda safarni amalga oshiruvchi 24 soatdan kam bo‘lmagan va bir yilgacha muddatda haq to‘lanadigan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan, hamda belgilangan muddat tugashi bilan borgan mamlakatini tark etadigan shaxsdir.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan "Turizm to‘g‘risida"gi qonunida "turist vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullunmagan holda vaqtincha bo’lish mamlakatiga (joyiga) yigirma to‘rt soatdan ketma-ket o‘n oygacha bo‘lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs" deb ko’rsatiladi.
Xalqaro statistikada sayohat yo‘nalishi bo‘yicha ichki va tashqi turizm bir-biridan farqlanadi. Ichki turizm bu o‘z mamlakati ichidagi sayohatdir. Deylik fuqaro bir shahardan ikkinchisiga o‘tadigan bo‘lsa bu turizm emas, chunki xarakat shahar ma’muriy doirasida sodir bo‘lmoqda. Odatda turizm uchun kamida 80-100 km. masofa bosib o‘tish kerak bo‘ladi. Agar Toshkentda yashovchi kishi Shaxrisabzga borib, u yerdagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishsa, mahalliy iqtisodiyot xizmatlaridan foydalansa buni bemalol ichki turizmga kiritish mumkin bo‘ladi.
BTT ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra ichki turizm hajmi ya’ni fuqarolarning mamlakat ichkarisidagi safarlari hajmi xalqaro turizm hajmidan 10 marta ko‘proqdir, shu bilan birga ichki turistlarning chet elga chiquvchilarga nisbatan 7 marta ko‘proq xarajat qiladilar.
Ichki turizm xajmini aniqlashda mehmonxona shaxobchalarining to‘ldirilishi, avia, avtomobil va temir yo‘l chiptalarining sotilishi, mamlakat doirasida xizmat safarlari buyicha vazirlik, mahkama va xususiy sektor hisobotlari, turistlarning borgan joylarida kredit (bank) kartochkalaridan pul o‘tkazmalari, ichki ishlar xizmati statistikasi (xususiy sektorda ularni ro‘yxatga olish) va boshqalardan foydalaniladi.
Kirish (kelish) turizmi tushunchasi jismoniy shaxsning fuqarosi yoki yashovchisi bo‘lmagan mamlakatga safarini bildiradi. Agar Germaniya fuqarosi O’zbekistonga safar qiladigan bulsa, mamlakatning statistika organlari uni kirish turizmi sifatida rasmiylashtiradi. Bu yerda asosiy omil davlat chegarasini kesib o’tish hisoblanadi. Ilgari Tojikiston fuqarosi Uzbekistonga xech qanday rasmiyatchiliksiz kelib ketishi mumkin edi, bu ichki turizm hisoblanardi, chunki ilgari yagona mamlakat bo‘lib, siyosiy chegaralar yo’q edi. Sobiq ittifoq respublikalari mustaqil bo‘lgach bunday safarlar kirish turizmiga aylandi.
Kirish turizmi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
16T-AT
bu yerda AT ma’lum vaqt (oy, kvartal, yil)da transport turlaridan qat’iy nazar mamlakatga kirib kelgan turistlarning umumiy yig’indisi.
O’zbekistonga kelgan turistlar soni haqidagi ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi, bojxona va chegara xizmati, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qayd etiladi.
Chiqish turizmi ham mavjud bo’lib u bir mamlakatdan ikkinchisiga sayohat qilishni bildiradi. Aytaylik O‘zbekiston fuqarosi Malayziyaga boradigan bo’lsa, o‘zbek statistika organlari uchun bu chiqish turizmi, Malayziya uchun kirish turizmi xisoblanadi. Agar mamlakatlar o‘rtasida vizasiz rejim kelishuvi mavjud bo‘lsa, davlat chegaralaridan o‘tishda vizaning bor yo‘qligi jiddiy rol o‘ynamaydi. Masalan, MDHning deyarli barcha mamlakatlari o‘rtasida shunday rejim amal qiladi.
Barcha safarlarning 60 foizga yaqini dam olish maqsadida, 30 foizi ishbilarmonlik, qolganlari esa turli maqsadlarda amalga oshiriladi. Turistik safarlar umumiy hajmining to‘rtdan uch qismi yer sharining bitta mintaqasiga to‘g‘ri keladi, ya’ni bir mamlakat fuqarolari qo‘shni mamlakatga safar qiladi. Bunga misol qilib Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekistonga keluvchi sayohatchilarning chet ellik turistlar umumiy miqdoridagi ulushini ko‘rsatishi mumkin.
Chiqish turizmi quyidagi formula orqali aniqlanadi
OT=∑ DT
bu yerda DT - transport turizmidan qatiy nazar o‘z mamlakatidan tashqariga chiqqan barcha turistlar soni odatda bojxona va chegara xizmati statistikasida qayd etiladi.
Uch tipdagi turizmni bir-biridan ajratish lozim:
- mamlakat chegarasidagi turizm, u ichki va tashqi turizmni o‘z ichiga oladi. Buning ma’nosi shuki sayohatchilar qayerda istiqomat qilishidan qat’iy nazar borgan joylarida mahalliy tovar va xizmatlarni iste’mol qiladilar. Agar Xitoyda va Toshkentda yashovchi Samarqand shahri bo‘yicha sayohat qiladigan bo‘lsa, ular mahalliy turkompleksdan, transport va umumiy ovqatlanish nuqtalaridan bir xil foydalanadilar, suvenir sotib oladilar va shu orqali mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantiradilar, ishchi o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashadilar.
Mamlakat chegarasi ichidagi turizm kuyidagi formula buyicha xisoblanadi:
NT=DT+16T
Milliy turizm (NT) ichki va tashqi (chiqish) turizmini o‘z ichiga oladi. Bu yerda bir mamlakat fuqarosining o‘z mamlakati va uning tashqarisi bo‘ylab sayoxat qilish omili nazarda tutilmoqda. Ular nafaqat o‘z mamlakatlarini taqdim etadi, balki muhimrogi ma’lum harakatlarni amalga oshiradilar.
Milliy turizm kuyidagi formula orqali ifodalanadi:
NT=DT+OT
Xalqaro turizm chiqish (tashqi) va kirish turizmidan iborat bo’ladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yilda O‘zbekistonga 6,7 mln. chet ellik sayohatchilar tashrif buyurgan. Ular orasida tanishish, ishbilarmonlik, individual turistlar, tranzit yo‘lovchilar, havo, temir yo‘l va avtomobil transport ekipaji a’zolari bor.




    1. Download 110.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling