Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi


Download 110.5 Kb.
bet3/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
umumiy

3. Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi.

Turizmning ta’riflari ko‘p. Ular bir-biridan farq kiladi. BMTning sayohatlar va turizm bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi turizmni sayohatchining doimiy yashash joyidan tashqariga 12 oydan oshmagan vaqt davomida har qanday maqsadda, ish haqi to‘lanadigan faoliyatdan mustasno, sayohatidir deb ta’riflaydi. Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) bu ta’rifni 1992 yilda ma’qullagan edi.


1989 yilda Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi turizmning mohiyatini kishilarning doimiy yashash joyini erkin almashtirishi va buning davomida vujudga keladigan extiyojlarni qondirish uchun yaratiladigan xizmat ko‘rsatish sifatida o‘ziga xos tarzda izohlagan edi.
AQShda chiqgan darsliklarda turizmga xalqlar hayotida katta ahamiyatga ega, valyuta tushumlari manbai, xizmat ko‘rsatish industriyasining uchinchi sohasini tashkil etadigan faoliyat sifatida baho beriladi. Professor Karolin Kuper turizmni rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan xalqaro darajadagi raqobat kurashida muvaffaqiyat qozonishi uchun valyuta tushumini yaratishda foydalanish mumkin bo‘lgan qudratli iqtisodiy vosita deb hisoblaydi. Yana bir amerikalik professor Djon Voker turizmni sayohat qiluvchilarni dam olish yoki tadbirkorlik maqsadida jalb qilish, joylashtirish, ko‘ngil ochish fani, san’ati va biznes sifatida baholaydi.
Turizm bo’yicha statistikani tashkil qilish va takomillashtirishda ushbu ta’riflarni e’tiborga olish zarur.
Turistik faoliyatni rivojlantirishning konseptual asoslari turizm bo‘yicha qonunlar, qaror va farmonlar, hamda dasturlar bo‘lib hisoblanadi. Ular turizm orqali tartibga solinadi, boshqariladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda turistik faoliyatning huquqiy me’yoriy asoslari yaratildi. 1999 yil 20 avgustda Oliy Majlis "Turizm to‘grisida"gi qonunni qabul qilgan edi. 2019 yil 16 aprelda Qonunchilik palatasi turizm to‘grisida O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunini qabul qildi. Qonun 2019 yil 21 iyunda Senat tomonidan ma’qullandi. Ushbu qonunning asosiy maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida"gi qonunida turizmning asosiy prinsiplari, shakllari va turlari, turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Va boshqa vakolatli davlat organlarining hududiy bo‘g‘inlari, mahalliy davlat xokimyati organlarining turizm sohasidagi vakolatlari, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, turizmni byudjetdan tashqari qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, fuqarolar o‘z o‘zini boshqarish organlarining tashkilotlarining turizm sohasi va nodavlat, notijorat tadbirlaridagi ishtiroki belgilab qo’yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida"gi qonunida "turist - vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) yigirma to‘rt soatdan ketma-ket o‘n ikki oygacha bo‘lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bulish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs" deb ta’riflanadi. Turizm esa ushbu hujjatga muvofiq "jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan junab ketish (sayohat qilish)"dir.
Qonunda turistik industriya tushunchasiga joylashtirish vositalari, transport, umumiy ovqatlanish ob’ektlari va ko‘ngilochar, ma’rifat, ishbilarmonlik, davlat sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya sport hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan ob’ektlar, turistik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar majmui, shuningdek, ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid tarjimonlar) hamda yo’riqchi - yo‘l boshlovchilarning xizmatlari majmui sifatida ta’rif berilgan.
Shuningdek, qonunda turistik zonalar va turistik klasterlar, turizm soxasidagi faoliyatni amalga oshirish shartlari, turistik xizmatlarni litsenziyalash, sertifikatlash va standartlashtirish, yagona reestr yuritish, turistik maxsulotni shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilish, milliy turistik brendni yaratish, turoperatorlar va turagentlarning, turistlar va ekskursantlarning, gidlar, ekskursiya yetakchilari va yo’riqchi-yo’l boshchilarning huquq va majburiyatlari, xavfsiz turizmni ta’minlash kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
2019 yil 5 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni imzolanib, unda 2019-2025 yillarda Uzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.



T/r

Ko’rsatkichlar nomi

2018 y.

2019 y.

2020 y.

2021 y.

2022 y.

2023 y.

2024 y.

2025 y.

1

O’zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar soni (ming kishi)

5346

6041

7010

841
0

1001
0

1060
0

1125
0

1181
0

2

Turizm xizmatlari eksporti (mln AQSH dollari)

1041

1180

1360

162
0

1
900

2000

2
080

2
170

3

Ichki turistlar soni (mingta tashrif)

1549
3



1610
0



7123
0





18806


20
317



21
867





23
404



25
010



4

Mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalari soni (dona)

914


11000


1620


220
0



2600


2800


2900


3050


5

Joylashtirish vositalaridagi yangi xonalar soni (ming)

20,2

241

35

47

55

59

62

64

6.

Joylashtirish vositalaridagi o’rinlar soni (ming)

41

49

72

95

110

122

124

128

7.

Turoperatorlar soni (nafar)

983

1100

1190

1
250

1320



1390

1420

1450


Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling