Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


Download 110.5 Kb.
bet10/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
umumiy

Tayanch atamalar
Turist, sayohatchi, tashrifchi, ziyoratchi, ichki turizm, tashki turizm, kirish turizmi, chiqish turizmi, milliy turizm, xalkaro turizm, turizm sig‘imi.
Takrorlash uchun savollar
1. "Turist" tushunchasiga ta’riflarni keltiring.
2. O’zbekiston Respublikasining "Turizm tug‘risida"gi qonunida "turist" tushunchasiga qanday ta’rif berilgan ?
3. "Turist", "Sayohatchi", "Tashrifchi" tushunchalari o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni izohlab bering.
4. Ichki va tashqi, milliy va xalqaro turizmni izohlang.
5. Kirish va chiqish turizmi qaysi formulalarda hisoblanadi?

6. "Turizm sig‘imi" deganda nimani tushunasiz ?


7. Nima uchun kichik (karlik) mamlakatlarda "ichki turizm" tushunchasi yo‘q?
8. Bir kunlik turizm turizm foydalimi?
9. Bir kunlik turizmga chet eldan va mamlakatimizdan misollar keltiring.
10. O’zbekistonda kirish va chiqish turizmi o‘rtasidagi nisbat kanday?
11. O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish buyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
12. O’zbekistonda turizmni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq 2025 yilga Turizm rivojlanishining asosiy parametrlarini ko‘rsatib bering?

4-mavzu: O’zbekistonning turizm saloxiyati va undan foydalanish ko‘rsatkichlari.
Reja:
1. O’zbekistonning turizm salohiyati.
2. Xalqaro turizm bozoriga integratsiyalashuv.
3. Mamlakatning xalqaro turizm bozoridagi o’rni va ahamiyatini oshirish yo‘llari.
1. O‘zbekistonning turizm salohiyati
O‘zbekiston milliy turizm bozori xalqaro turizm bozorining tez rivojlanayotgan qismlaridan biridir. Uning xalqaro turizm bozoriga integratsiyalashuvida mavjud turistik salohiyati, davlat tomonidan bu sohaning qo‘llab-quvvatlanishi, me’yoriy huquqiy, tashkiliy sharoitlarning yaratilayotganligi muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning ulkan resurs va imkoniyatlari mavjud.
O‘zbekiston ulkan ma’naviy va madaniy resurslar mamlakati. Qator shaharlar 2500-3000 yillik tarixga ega. Minglab muqaddas qadamjolar, diniy-me’moriy obidalar, maskanlar mavjud. Bu yerda o‘ziga xos iqlim, to‘rtta fasl, baland tog‘lar, yam-yashil bog‘lar, ajoyib landshaft bor. Mana shu ma’naviy-madaniy, tabiiy boyliklarni turizm orqali moddiy boyliklarga aylantirish mumkin. Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy majlisga 2020 yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida ko‘rsatganidek mavjud 8000 dan ortiq ma’naviy madaniy, tarixiy ob’ektlardan atiga 500 tasi turistik oborotga tortilgan. Hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p.
Turizm bozorini rivojlantirishning ikki ulkan omili va shart-sharoitlarini bir-birlaridan ajratish lozim.

  • turizmni rivojlantirishning umumiy shart-sharoitlari;

  • turizmni rivojlantirishning resurs va imkoniyatlari.

Umumiy shart-sharoitlar uchga bo‘linadi:
1. Siyosiy xuquqiy aspekt - qonunchilik va huquqiy me’yoriy baza, turizmdagi rasmiyatchilik, xususiy turistik firmalarning imiji, turizm sohasidagi davlat siyosati, turistik faoliyatni litsenziyalash, sertifikatlash va standartlashtirish.
2. Iqtisodiy aspekt - soliqqa tortish, bojxona ta’riflari, kredit berish va sohaga banklarning ishtiroki, investitsiyalar, aholini turizm faoliyatiga jalb qilish va bundan ularning manfaatdorligini oshirish, sugurta narxlari.
3. Ijtimoiy aspekt mahalliy aholining ajnabiy turistlarga munosabati (ksenofobiya), xalq hunarmandchiligi, mahalliy aholi turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, kriminal vaziyat, xodimlar malakasini oshirish va boshqalar tushuniladi.
Turizmni rivojlantirishning resurs va imkoniyatlari deganda, eng avvalo, turizm industriyasi (transport, aloqa, mexmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, ovqatlanish, dam olish, tabiiy va ko‘ngilochar ob’ektlar, diqqatga sazovor joylar, tarixiy, madaniy va san’at maskanlari, muqaddas joylar, ziyoratgohlar, muzeylar, arxeologik qazilmalar, milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, aholi turmushi, oshxonasi) tushuniladi.
Tabiiy salohiyatga esa tog‘lar, tog‘ cho‘qqilari, suv havzalari, saxrolar, cho‘llar, o‘rmonlar, hududning landshaft va relefi kiritiladi.
Shu bilan birga turizm rivojini qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma ob’ektlariga yo‘llar, energetika, kommunal xizmat, xavfsizlikni ta’minlash, moliyaviy xizmatlar, aloqa va kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, savdo, sug’urta, tibbiy xizmat, ta’lim va boshqalar kiritiladi.
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirish maqsadida sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, 2018-2019 yillar davomida dunyoning 77 ta mamlakat fuqarolariga vizasiz kirish tartibi joriy etilib, ularning soni hozirda 86 taga yetkazildi, 57 ta davlat fuqarolariga elektron kirish vizasini olish va tranzit vizasiz kirish huquqi berildi. Shuningdek, sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator qarorlar qabul qilinib, ular asosida sohadagi tadbirkorlik sub’ektlariga 30 taga yaqin soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa afzalliklar taqdim etildi, ularning xarajatlarini subsidiyalash va kompesatsiyalash mexanizmlari joriy qilindi, mexmonxona, Xostel va oilaviy mehmon uylarini tashkil etishdagi ortiqcha talab va cheklovlar olib tashlandi.
Islohotlar natijasida 2016-2019 yillarda:

  • mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni va ularga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 3 barobarga oshib, mos ravishda 6,7 mln. kishi va 1,3 mlrd. dollarni tashkil etdi;

  • turoperatorlar soni ham 3 barobarga ko‘payib, 1482 taga yetdi;

  • joylashtirish vositalari deyarli 2 barobarga ortib, 1 188 tani tashkil qilgan bo‘lsa, mehmon uylarining soni 106 tadan 886 taga yetdi.

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasiga jahonning 163 mamlakatidan 6748000 sayohatchi tashrif buyurdi. Bu 2018 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 26,7 foizga ko‘p demakdir.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling