Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi
Download 110.5 Kb.
|
umumiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu: Turizm industriyasi iktisodiy samaradorligini oshirishning yangi yo‘nalishlari Reja: 1. O’zbek turizm modeli. 2. Yangi turistik xizmatlarni yaratish.
3. «Turizm - tabiat» munosabatlari
Turizm va atrof muhit munosabatlari uchta aspekt bo‘yicha harakterlanadi: atrof-muhit ob’ektlari (tabiat, iktim va boshqalar). Ular birinchi navbatda turistlarni o‘ziga tortadi; turizm ob’ektlari infratuzulma. Ular sun’iy va muhitning tarkibiy qismi bo‘lib, turistlar foydalanadigan (mehmonxona, muzeylar, aeraportlar, dengiz govailari, transport, tarixiy madaniy yodgorliklar, ko‘ngil ochar markazlar) va ob’ektlarni o‘z ichiga oladi. turizmning rivojlanishi va turistik maqsadlarda hududdan foydalanish atrof muhitga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatish jarayonlari masalasi har 8-Mavzu: Turizm industriyasi iktisodiy samaradorligini oshirishning yangi yo‘nalishlari Reja: 1. O’zbek turizm modeli. 2. Yangi turistik xizmatlarni yaratish. 3. Erkin iqtisodiy turistik zonalar. 4. Turistik marshrutlar marketingi. 1. O‘zbek turizm modelini shakllantirish Turizm sektori rivojlangan mamlakatlarda o‘ziga xos va o‘ziga mos milliy turistik modellar shakllangan. Bugun turizmning "ispan", "turk", "arab", "nemis", "fransuz", "britan" va bir qancha boshqa modellari haqida gapirish mumkin. Boshqa mamlakatlar qatori O’zbekistonda xam keyingi yillarda turizmni rivojlantirish bilan bog’liq masalalarga katta e’tibor qaratilib, mamlakatning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari izlanmoqda. O‘zbekiston turizm industriyasini rivojlantirishning barcha imkoniyatlariga ega. Boy tarixiy, madaniy va ma’naviy meros, mehmondo‘st xalq va uning urf-odatlari, an’analari, to‘rt fasl, o‘ziga xos tabiat, ko‘rkam landshaft, shirin-shakar mevalar xalqaro va ichki turizmni rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Turizm infratuzilmasi, sohaga oid huquqiy-me’yoriy asoslar va barchaga baravar "o’yin qoidalari" jadal yaratilmokda. Shakllangan milliy turizm modelining mazmun-mohiyati o‘sha Mamlakatning tabiiy geografik joylashuvi sharoitlari, va tarixiy va madaniy yodgorliklari, xalqining mentaliteti, me’yoriy xuquqiy asoslarning yaratilganligi, infratuzilma ob’ektlarining rivojlanish darajasi va boshqa omillar va xususiyatlardan kelib chiqadi. Masalan, Misrga tashrif buyurgan turist nafaqat cho‘milish, oftobda toblanib hordiq chiqarish, balki shu bilan birga ehromlar va muzeylarni tomosha qilishdan, ularga ko‘rsatiladigan sifatli xizmatdan ham bahramand bo‘ladilar. Kichik va karlik orol-mamlakatlarda turizm sohasining yuqori iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari ularda turizmga muqobil bo‘ladigan boshqa sohalarning amalda yo‘qligi bilan izohlanadi. Bugun turistik oqim yangi-yangi hududlarga ko‘chmoqda, turistik xizmatning yangi turlari paydo bo‘lmoqda, issiq iqlimli, suv havzalariga ega, hordiq chiqarish uchun yuqori sifatli servisga ega yurtlarning ahamiyati oshmoqda. Turistik xizmatlarni axborotlashtirish raqamli iqtisodiyotdan foydalanish imkoniyatlari ham har qachongidan dolzarb bo‘lib bormoqda. Milliy turistik modelni shakllantirishda xuddi ana shu shart sharoitlar, omillar va imkoniyatlarni hisobga olish zarur. "Turizm milliy modeli" tushunchasi sohada kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jarayonlarni tavsiflash, milliy turizmning boshqa mamlakatlardagi turizmdan farqli jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berishga yordam beradi. "Milliy turizm modeli" tushunchasining mohiyati nimada va uni qanday qilib aniqlash mumkin? Albatta, bu borada yagona o’lchov, mezon yoki ko‘rsatkich yo‘q. Bir tomondan, turizm modeli sohada yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarning kishilar tomonidan qabul qilinishidir. Bu o‘z navbatida, turizm mahsulotlarining barcha bosqichlarda (tarmoq, soha) harakatlanishi, turizm rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy)ni aniqlash hamda kuzatish imkonini beradi. Boshqa tomondan, bu tushuncha iqtisodiy jarayonga turizmning barcha resurslari (korxona, kishilar, tabiat, davlat mexanizmi, diqqatga sazovor joylar)ni jalb qilishni bildiradi. So’zsiz, har bir mamlakat o‘zining tabiiy geografik, tarixiy, milliy xususiyatlariga va an’analariga ega. Bu xususiyatlarning belgilari va omillari quyidagilar: Bir necha ming yillik tarixga ega mamlakatlar (Misr, Iroq, Xitoy, Hindiston, O’zbekiston) sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan boy tarixiy va madaniy merosga ega. Ammo yosh mamlakatlar ham turistlar uchun qiziqarli tarzda o‘z tarixini ko‘rsatib bera olishi mumkin. Buning hammasi turmahsulotlarni qanday qilib jozibador shakllarda ko‘rsatib berish san’tiga bog‘liq. Milliy meros - turistlarni o‘ziga jalb qila oladigan muhim omillardan biridir. O’zbekistonda Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shaxrisabz kabi noyob shaharlar, xalqning ming yillar davomida shakllangan o‘ziga xos mentaliteti, madaniyati, urf-odat va an’analari bor. G‘arbdagi individualizmdan farqli o‘laroq bu yerdagi jamoaviylik ruhi, uning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri mahalla tizimi chet ellik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli, turizm industriyasini rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan ragbatlantiruvchi imtiyozli soliqlar, kreditlar, ichki va chet el investitsiyalari uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Turizmga to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan infratuzilma (yo‘llar, energetika, kommunikatsiya) yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Yaratilgan qulay iqtisodiy shart-sharoitlar sohada turizmning xususiy sektorini rivojlantirish imkoniyatini bermoqda. Boshqa sohalarda bo‘lganidek, turizm tizimida ham institutsional o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy vaziyat turizmni rivojlantirishning o‘ta muhim omillaridan biridir. Siyosiy barqarorlik, urushlar bu omilning naqadar ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi. Siyosiy, iqtisodiy va tabiiy-ekologik beqarorlik hukm surgan joylarga turistlar oyog‘i bilan javob beradi, ya’ni bunday yurtlarga tashriflardan o‘zini tiyadi. Ekologik, mamlakatning tabiiy-iqlim sharoitlarini xam turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyos. Nafaqat o’rmonlar, tog‘lar, suv havzalari, landshaftlar, boy flora va fauna turistlarni o‘ziga tortadi. Garchi bu omillarning ahamiyatini pasaytirib bo‘lmasada, jahonda saxrolar, qorli tog‘lar, tekisliklar, inson oyog’i yetmagan dunyoning chekka joylariga sayohat uyushtirish bo‘yicha ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan va amal qiladi. Shuning uchun ham xuddi shu qum va qorlardan iborat mamlakatlar ham turizmni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Hammasi davlatning xohish istagi va harakatiga, turistlar va investitsiya jalb qilish siyosatiga bog‘liq. Demak, O‘zbekistonda turizmning rivojlanish milliy modelini quyidagicha yo‘nalishlarda xarakterlash mumkin: Birinchidan, sharqona mehmondo‘stlik, ochiq ko‘ngillik. xurmat, qadrlash va xavfsizlik. O‘zbeklar qadimdan mexmonsevar xalq. Uyning eng ko‘rkam xonalaridan biri mehmonxonaga ajratiladi, tansiq mevalar, qand qurslar mehmonga atab saqlab qo‘yiladi, eng yaxshi narsalar mehmonga taklif qilinadi. Bu yerda ksenofobiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi immunitet yaratilgan. Mehmon kelishidan va unga xizmat qilishdan kattayu kichik barcha xonadon ahli xursand, go’yo bayramdagidek. "Xonadon egalari ikki marta xursand bo‘ladi, bir marta mehmon kelganda, ikkinchi bora mehmon ketganda" degan hazil aralash naql ham shu yerga xos. Bu odatlar asrdan asrga, avloddan-avlodga o‘tib mentalitet darajasiga ko‘tarilgan. Ikkinchidan, G‘arb tipidagi xizmat ko‘rsatish standartlari ko‘p yulduzli mehmonxonalar, yuqori sifatli transport va aloqa xizmati, internet, ekskursiya, sinxron tarjima, AKT vositalari va malakali kadrlarning mavjudligi. Uchinchidan, milliy turmahsulotlarning mahalliy jamoalar (mahalla) omilidan foydalangan holda turistlarga taqdim etilishi. Bu omil milliy turmahsulotga alohida kalorit bag‘ishlaydi. Xuddi ana shu mahallalar xalqimiz an’analari, turmush va ishlab chiqarish madaniyati, kishilarning hayot tarzi hamda psixologiyasi bilan tanishish markazi bo‘lib xizmat qiladi. To‘rtinchidan, O‘zbekiston turizm modelining yana bir e’tiborli xususiyati shundaki, bu yerda noiqtisodiy omillarning ahamiyati yuqori. Bu omillarni boshqa yurtlarda uchratish qiyin. Bu kishilarning turmush tarzi va psixologiyasi, dini va fe’l atvori, falsafasi, dunyoqarashi. Bu xususiyatlar bir etnos (millat)ni boshqalardan yorqin bo‘yoqlarda ajratib turadi. Bu kabi noiqtisodiy omillar chet ellik turistlarning turmahsulotga qiziqishini u yoki bu belgilaydi. Chunki turistlar mamlakatta bozor islohotlari, iqtisodiy vaziyat nuqtai nazaridan emas, balki tarixiy va tabiiy ob’ektlar, boy tarix va madaniyat, xalqning turmush tarzi, ekzotikasi bilan tanishish maqsadida ko‘proq tashrif buyuradilar. Beshinchidan, O’zbek turmahsulotining muhim qismlaridan biri sifatida ziyorat turizmi segmentining ahamiyati yuqori. Bu jihatda o‘lkamiz boy resurslarga ega. Buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Iyso Termiziylardan tashqari Islom ilmi va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan yuzlab yirik aziz avliyolar, allomalarning qabrlari hamda qadamjolari bor. Boshqa din va mazhablarga oid yodgorliklar ham asrab avaylab saqlab kelinmoqda. Oltinchidan, mamlakatimizda ekologik, ekstremal (Orolbuyi, Kizilkum) va landshaft turizmini rivojlantirish imkoniyatlari xam cheksiz. Milliy turizm modeli qotib qolgan statik tushuncha emas. U doimo yangi unsurlar, dolzarb yo‘nalishlar bilan boyib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissasini oshirib boradi. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling