Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


Yangi turistik xizmatlarni yaratish


Download 110.5 Kb.
bet19/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
umumiy

2. Yangi turistik xizmatlarni yaratish
Turizm infratuzilmasi O‘zbekiston hududi bo‘ylab notekis joylashgan. Faqatgina Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasi potensialining 40 foizdan ziyodrog’i to‘plangan. Shuning uchun ham respublikaning boshqa hududlari bo’ylab chet ellik mehmonlar diqqatini tortadigan dam olishning yangi shakllari va marshrut turlarini rivojlantirish zarur.
Masalan, keyingi yillarda ekologik marshurtlarni ishga topshirish keng tarqalmoqda. Ekologik marshurtlar sof tabiiy landshaftli, yumshoq iqlimli zonalar bo‘ylab sayohatni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda Zomin milliy tabiiy bogi, Arnasoy ko‘li oreali, Qashqadaryo va Surxondaryo archali toglari, Nurota qo‘riqxonasi. Kuyi Amudaryo deltasi, shuningdek Fargona vodiysi xuddi ana shunday resurslarga ega. Toshkent va Samarqand shaharlaridan uncha uzoq bo‘lmagan joylarda jahon standartlariga javob beradigan golf maydonlarini chet el kapitalini jalb etgan holda ko‘rib ishga tushirish muhim.
Mamlakatga valyuta tushumining yangi manbalari sifatida dam olish va servisning tabiiy bog‘lar, kechki barlar, tennis kortlari, diskotekalar xizmat qilishi mumkin. Jahon amaliyotida xizmat ko‘rsatish sohasidan valyuta tushumlarining deyarli yarmini savdo va ko‘ngil ochish vositalari tashkil qiladi.
Dam olishning ekzotik turlaridan foydalanish ham keng ommalashmagan. Otda va tuyada yurish, o‘tovda yashash, tog‘ turizmi, arxeologik turizm yaxshi daromad keltirishi mumkin. Shuningdek, aktyorlarning Amir Temur davri liboslari va sharoitida turistlar bilan yashashini, olovda go’sht tayyorlashi, kamondan otish, nayza va qilich ishlatish orqali o‘rta asr jang tasvirini yaratish tur tashkilotchilaridan unchalik katta mablag‘ talab qilmaydi.
O’zbekiston qiziqarli tarixiy o‘tmishga ega bo’lib, turistlarni jalb qilish uchun sanab o‘tilgan shoulardan samarali foydalanishi mumkin. Respublika diniy (ziyorat) turizmni rivojlantirish uchun keng va noyob imkoniyatlarga ega.
3. Erkin iqtisodiy turistik zonalar (EITZ)
O‘zbekistonda xalqaro turizm bo‘yicha maxsus ochiq iqtisodiy zonalar tashkil qilishning xuquqiy asoslari allaqachon yaratilgan. Bunday hududiy xo‘jalik tizimlarini Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida shakllantirish nazarda tutilgan. EITZ ni tashkil qilish ustida ishlar hamon davom etmoqda. Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq Chimyon zonasida bunday zona faoliyat olib bormoqda.
Loyihalashtirilayotgan EITZ lar nafaqat qulay geografik joylashuvi bilan, shu bilan birga mavjud tabiiy resurslari, xo’jalik imkoniyatlari, turli xil etnotarkibi, madaniy an’analari, tarixiy-arxeologik yodgorliklari, saqlangan me’moriy madaniy ob’ektlari bilan ham noyob hududlardir. Bu shaharlarda jahon standartlariga javob beradigan mehmonxonalar majmuasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi vositalari mavjud, temir yo‘l, avtomobil va havo yo‘llari o‘tgan. Bularning hammasi shakllanishi va ishlashi imkoniyatlarini belgilaydi.
Xo’jalik yuritishning bu shakli bozor munosabatlarini chuqurlashtirish talablariga javob beradi. Bu ham oddiy omillardan emas. EITZ ma’lum mintaqada amal qiladigan iqtisodiy tizimning yuqoriroq samaraga erishish maqsadidagi transformatsiyasi usulidir. Shu bilan ishlab chiqarish jarayonlari tezlashadi, bandlik yaxshilanadi, eksport oshadi, import o‘rnini bosish imkoniyatlari kengayadi, valyuta tushumi va tabiiyki mamlakatning tashqi siyosiy obro’yi oshadi.
EITZ mohiyati va zonalardan (EIZ) amal qilish tartibi erkin iqtisodiy zonalardan katta farq qilmaydi. Bu borada jahon tajribasini o‘rganish ancha qo‘l kelishi mumkin. 1959 yilda Shannon (Irlandiya) aeroporti hududida ana shunday zona tashkil etilgan edi. Bu o‘sha vaqt uchun inqilobiy yechim bo‘lib, aslida esa qadimdan ma’lum "erkin savdo zonasi" konsepsiyasining "sanoat" eksport zonasi" konsepsiyasiga transformatsiyasidan boshqa narsa emasdi. Shannon EIZ bugun dunyoda eng samarali faoliyat yuritayotgan iqtisodiy moliyaviy tizimlardan biridir. Uning faoliyatining asosiy yo‘nalishi yo’lovchi va yuk tranziti, zamonaviy industriyani rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilganlik, chet turizmiga kuchli baza yaratish, el innovatsion faoliyatni ragbatlantirish, ilg‘or texnologiya va nou- xauni jalb qilishdan iborat.
EITZning asosiy mohiyati "bojsiz zona", "erkin tadbirkorlik zonasi", "sanoat savdo zonasi", "ilmiy texnika zonasi" atamalarida o‘z ifodasini topadi. Keyingi yillarda bu atamalarga "xalqaro turizm bo‘yicha maxsus iqtisodiy zona" yoki qisqa "erkin iqtisodiy turistik zona" atamasi ham qo‘shildi. Bu albatta, davr talabidir.
Demak, EITZ deganda boj undirilmaydigan yoki tovar va xizmatlarni imtiyozli rejim asosida kiritadigan va chiqaradigan mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan savdo va valyuta moliya munosabatlarida ma’lum yengilliklar ega bo‘lgan, mahalliy va chet el kapitalini faol jalb qilish asosida jahon bozori bilan yakindan integratsiyalashgan xo‘jalik anklavi tushunilishi lozim.
Erkin iqtisodiy turistik zonalar tashkil qilish mumkin bo‘lgan shaharlar orasida ayniqsa Samarqand ancha jozobali ko‘rinadi. Haqiqatdan ham shunday. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan eng qadimiy shaharlardan biri sifatida uni bekorga "Sharq edemi". "Er yuzining nur taratuvchi nuqtasi" degan epitetlar bilan ta’riflashadi. Chet ellik va mahalliy yozuvchi va shoirlar. sayohatchilar, olimlar Samarqandga atab o‘lmas asarlar bitishgan, ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Samarqand tijorat nuqtayi nazaridan ham, romantik sehrli kaloriti bilan raqobatbardosh turmahsulot taklif qilishga qodir.
So’zsiz, Samarqand Sharq xalqlari tarixida alohida rol uynagan. Uning madaniy-tarixiy merosi va geografik o‘rni shaharni Yevropa va Osiyo sivilizatsiyalari madaniy va iqtisodiy integratsiyasining qudratli katalizatori sifatida qarash imkoniyatini beradi.
Shahar turistlarning barcha extiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega. Bu esa hozirgi global turistik oqimlar qayta taqsimlanish tendensiyalari ketayotgan sharoitda muhimdir. VTT ekspertlarining qayd etishlariga qaraganda jahondagi 40 foiz turistlar boy tarixiy va madaniy merosga ega mamlakatlarga tashrifga qiziqadilar. Bu jihatdan ham Samarqand eng yaxshi nomzodlardan.
Agar haqiqatdan ham Samarqand erkin iqtisodiy turistik zona maqomiga ega bo‘ladigan bo’lsa, bu milliy va chet el kapitalini eng ilg‘or texnologiya va menejment tajribasidan jalb qilish, eng asosiysi chet ellik turistlar maxsus turmahsulot iste’mol qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Samarqand turmahsuloti shaharning zamonaviy texnik imkoniyatiga asoslanadi. Shaxar aeroporti qayta qurilib qo‘shimcha ob’ektlarga ega bo‘ldi, xalqaro aeroport maqomini mustahkamladi va samolyotlar parkining barcha turlarini qabul imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu yerda yangi yo‘lovchi terminali bulib u turistlarga jahon standartlari asosida xizmat ko‘rsata oladi. Toshkentdan Samarqandga "Afrosiyob" tezyurar poezdi qo‘yilgan, avtoyo‘l keng va ravon qilib ta’mirlangan. Shaharda ko‘plab xususiy mehmonxona va oshxonalar turistlarga sharqona usulda xizmat ko‘rsatadi, narxlar baland emas, chunki raqobat muhitining yaratilganligi bunga yo’l qo’ymaydi.
EITZ perimetriga birinchi navbatda tarixiy-me’moriy obidalar kiritilishi mumkin.

  • Shoxi Zinda majmuasi;

  • Registon ansambli (Ulugbek va Sherdor madrasalari, Tilla Kori masjid madrasasi, Shayboniylar dahmasi, Chorsu savdo gumbazi);

  • Imom Buxoriy ansambli;

  • Amir Temur mavzoleyi;

  • Bibixonim masjidi;

  • Ruxobod mavzoleyi;

  • Afrosiyob shahri qoldiqlari;

  • Ulug’bek observatoriyasi;

  • Xo’ja Ahror ansambli;

  • Nodir Devon begi madrasasi;

  • Xo’ja Doniyor mavzoleyi;

  • Hazrat Hizir masjidi;

  • Oq Saroy mavzoleyi;

  • Ishratxona;

  • Xudja Abdu Darun ansambli;

  • Xuja Abdu Berun ansambli va boshkalar.

Bu obidalarning ayrimlari ziyorat turizmi ob’ektiga kiritilgan. Bundan tashqari shaharda yuzdan ortiq masjidlar va unlab ibodat muassasalari faoliyat olib boradi.


Ularni quyidagi ilmiy-madaniy ob’ektlar to‘ldiradi:

  • O‘zbekiston xalqlari tarixi va madaniyati muzeyi;

  • Afrosiyobdagi Samarqand tarixi muzeyi;

  • Fan tarixi Ulug’bek muzeyi;

  • Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi;

  • Alisher Navoiy muzeyi;

  • S. Ayniy uy-muzeyi;

  • Forfor buyumlari muzeyi;

  • Etnografik muzey.;

Tojiklar, armanlar, koreyslar, tatarlar, yaxudiylar va forsiylar madaniyat markazlari, sobor, cherkovlar, sinagog ish olib boradi.
Siob bozori huzuridagi hunarmandlarning do’konlari, qandolatchilik, nonvoylik, kulolchilik, o‘rta asrlardan saqlanib kelayotgan uy-joylar, noyob ishlab chiqarish ob’ektlari turistlarda katta qiziqish uygotishi tabiiy.
EITZ dan asosiy maqsad samarali va raqobatbardosh turistik majmua tashkil etish, hududning iqtisodiyotini ko‘tarish, turizm rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida aholi bandligi va turmush darajasini oshirishdan iborat.
Buning uchun esa quyidagi vazifalar yechimiga etibor qaratish lozim:

  • turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

  • turistik biznes uchun imtiyozli soliq, investitsiya, narx, bojxona rejimini o‘rnatish – turistlarga;

  • xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish, mahsulot chiqarish bazasini rivojlantirish;

  • ishchi o‘rinlarini ko‘paytirish;

  • mahalliy va respublika byudjetiga moliyaviy vositalar EITZ ning asosiy vazifasi turizmni byudjetga mablag‘lar tushumini oshirish.

EITZ ning asosiy vazifasi – turizmni byudjetga mablag’lar tushirish bo’yicha boshqa sohalar bilan bir qatorda salmoqli sohalardan biriga aylantirish. Turizmning eng yuqori daromadli va kam xarajatlar talab kiluvchi hamda iqtisodiyotning ekologik toza sohalardan biri ekanligini jahon amaliyoti isbotlab turibdi.



Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling