1-rasm.Orol dengizinin qurishi (Chub, 2002)
.
2-rasm. Orol dengizi sathining o‘zgarishi
Orol dengizining qurishi Orolbo‘yi mintaqasida ijtimoiy ekologik vaziyatning og‘irlashishiga olib keldi.
Har yili Orolning qurigan tubidan 15- 75 million tonnagacha tuz va chang ko‘tarilib, juda katta hajmda havo, tuproqlarning ifloslanishiga olib kelmoqda. Orolbo‘yida tabiiy va antropogen cho‘llashishning sur’atlari ortib bormoqda. Ichimlik suvda tuzlar miqdori 2-4 gr/l ni tashkil qiladi va suv sarfi ayrim rayonlarda 5 l dan oshmaydi (norma-200-300 l). Aholi o‘rtasida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori darajaga etgan.
Orol dengizini asl holiga qaytarish imkoniyatlari qolmadi. Mavjud sharoitlarda Orol dengizining sathini saqlab qolishning ham iloji yoq‘(4-rasm).
4-rasm.Orol dengizi o‘rni.
Orolning qurigan o‘rnida qum va tuzlarning shamol bilan uchirilishiga qarshi chora ko‘rish uchun sun’iy o‘rmonlar bunyod qilish katta ahamiyatga egadir. 1981yildan boshlab dengizning qurigan qismida daraxt va butalar-oq va qora saksovul, qandim, cherkez va boshqa o‘simliklar o‘stirilishi boshlandi, yaxshi natijalar berdi va hozirda har yili 25 ming gektar o‘rmonlar tashkil qilinmoqda. Dengizning yangi ochilayotgan tubi tuz bilan qoplanib qolayapti va o‘simliklar mutlaqo o‘smasligi mumkin.
Orol va Orolbo‘yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Banki va turli davlat hamda nodavlat xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |