Milliy universiteti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy sharoitining ekologik tahlili
Download 0.59 Mb.
|
ekologik vaiyat keskin hududlardagi ekologik momitoring
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy sharoitining ekologik tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yildagi 111-sonli "O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhitining davlat monitoringi to‘g‘risida"gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga binoan "Atrof tabiiy muhitining davlat monitoringi, atrof tabiiy muhitining ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatini baholash, salbiy jarayonlarni prognoz qilish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida boshqa antropogen ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish tufayli tabiiy muhitning ifloslanish hamda boshqa zararli ta’sirlarga uchrashi muntazam kuzatiladigan va tasdiqlangan dastur bo‘yicha bajariladigan tizim hisoblanadi. Hozirgi davrga kelib, ekologik nobarqarorlik o‘choqlari barcha respublikalarda mavjud. Biz o‘rganayotganimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasida atrof- muhit muammolari orasida quyidagilar katta ahamiyatga ega. Yerlarning sho‘rlanganligi – sug‘oriladigan yerlarning ikkilamchi sho‘rlanishi aeratsiya zonasida ayniqsa sho‘rlangan sizot suvlar yaqin joylarda sho‘r bosish jarayonlarining kuchayishi, tuzlarning sug‘oriladigin suvlar bilan birga kelib tushishi, tuz va chang tashuvchi tabiiy hodisalar paytida sho‘r bosishi natijasida ro‘y berayotir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasidagi sho‘r bosgan sug‘oriladigan yerlarning maydoni umumiy sug‘oriladigan yer maydonining 52 foizini tashkil qiladi, shu jumladan yerlarning 18 foizi o‘rtacha va kuchli sho‘rlangandir. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuproq ayniqsa ko‘p sho‘rlangan (96%) (2-jadval). Yerlarning sho‘rlanish darajasini pasaytirish ekspluatatsion va kapital sho‘r yuvish ishlari o‘tkazilmoqda. Sho‘rlangan yer maydonlarining ko‘payishi umuman olganda sug‘orish tizimlari foydali ish koeffitsientining pastligi bilan bog‘liq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida-0.58). Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50-55 ming gektargacha sug‘oriladigan yerlar qoniqarsiz meliorativ ahvolda. 2-jadval
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling