Milliy universiteti


Qishloq xo’jaligi, chorvachilikka va inson salomatligiga ta’siri


Download 0.59 Mb.
bet5/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#232318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ekologik vaiyat keskin hududlardagi ekologik momitoring

2.3. Qishloq xo’jaligi, chorvachilikka va inson salomatligiga ta’siri


Orol suv sathining pasayishi tufayli uning atrofidagi (hozirning o‘zidayoq) 30 ming kv kmdan ortiq maydondan suv chekinib, uning o‘rnida sho‘rxoklar – tuz sahrosi (ma’lumotlarga ko‘ra Orol dengizida o‘n bir milliard tonna tuz to’plangan) vujudga kelgan. Shamol bu tuzlarni uchirib atrofdagi obikor yerlarga sochadi. Hozirda bir kv km qurigan yuzadan 800 tonna tuz aralash chang ko’tarilmoqda. Natijada qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi kamayib iqtisodiyotga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra Orol dengizi atrofidagi sug‘oriladigan yerlarning har gektarida 617 dan 1000 kilogrammgacha tuz to’planmoqda, unumdor yerlar qayta sho‘rlanib, ishdan chiqmoqda. Bulardan tashqari shamol uchirib olib ketgan tuzlar faqat Orol dengizi atrofidagina emas, balki uzoq masofalarga tarqalmoqda.

Hozir Orol bo‘yida uzunligi 500 km, eni 10 kmga cho‘zilgan tarkibida tuz rang, qum bo‘lgan bo‘ronlar vujudga kelib, o’sha zarrachalarni 400-500 km masofalarga olib borib yotqizmoqda. Bu qum, chang va zarachalari yetib borgan joylarda tuproqni sho‘rlantirmoqda, atmosferani ifloslantirmoqda, o’simliklarga salbiy ta’sir etib, juda katta iqtisodiy zarar keltirmoqda .

Tuzli qumlarni shamol ta’sirida ko’tarilishi qum ko’chkilarini to’xtatish maqsadida bu yerlarda fitomelioratsiya tadbirlari o’tkazilib, dengizning qurigan qismiga har yili 25 ming gektar maydonga qora saksovul, qandim, yulg’un va boshqa ko’chatlar ekib borilmoqdaki, bu o‘z bo‘lsada samara bermoqda. 1980 yillarda ekilgan ko’chatlar ancha yirik bo‘lib, qumlarni mustahkam katta maydonlarda yaxshi sezilib turibdi. Xuddi shunday usulni qoldiq sho‘rxoklarda ham mahalliy relyef xususiyatlarini e’tiborga olib ekishni tashkil qilish samara berishi mumkin. Bunda asosan galofitlar o’sitirish mumkin bo‘ladi. Hisob – kitoblarga ko‘ra Mo‘ynoq kengligida har gektar maydonga 1000 kg Nukus kengligida esa 150 kg gacha tuzli chang tushadi.

188,6 ming kishi aholisi bo‘lgan Qizil O‘rdaga yiliga 63,4 ming tonna zararli modda tushmoqda. Bu atmosferaga, yer osti suvlarining ifloslanishiga judda katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qishloq xo’jaligi bilan birgalikda chorvachilikda ham salbiy oqibatlar ta’siri sezilmoqda. Dengiz suv sathining pasayishi oqibatida 1300 ming gektar maydonni egallagan Amudaryo deltasi “cho’lga aylanmoqda”. Bu hodisa Sirdaryo deltasida ham yuz bermoqda. Natijada tabiiy yaylovlar, pichanzorlar, baliq ovlanadigan ko‘llar, ondatra urchiydigan va (yaylov) yashaydigan maydon qurilmoqda (ilgarilari yiliga bir million ondatra terisi tayyorlansa, u hozir 150-200 marta qisqargan), to’qayzorlar maydoni qisqarmoqda. Agar Amudaryo deltasida ilgari to’qayzorlar maydoni 760 ming gektar bo‘lsa, hozir u 22 ming gektarlar atrofida bo‘lib, 800 ming gektar maydondagi qamishzorlar qurib qoldi. Natijada chorvachilik yiliga 50 million sentner yaxshi ozuqadan mahrum bo‘ldi. Mana shu jarayonlardan yetgan iqtisodiy zarar anchani tashkil qilib, u ekologik zarar qoplab bo‘lmaydigan darajaga yetdi .

Qoraqalpog‘iston Qizilqum cho‘lining shimoliy-g‘arbiy qismi, Ustyurt platosining janubiy-g‘arbiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog‘iston hududida. Qizilqumning shimoliy-g‘arbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik bo‘lib, qatortepa va qumli barxanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida tog‘ massivlari (eng yirigi—Sulton Uvays tog‘i, cho‘qqilari 473, 485m) bor. Sug‘oriladigan yerlar va sug‘orish kanallari, asosan, deltaning o‘ng sohilida. G‘arbida bir nechta botiqlar (Borsakelmas, Asakaovdon, balandligi 29—101 m), Ustyurt platosi, undan janubiy-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.

Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yog‘adi. Yanvar oyining o‘rtacha haroratsi janubda —4,9°C, shimolida —7,6°C, iyulda janubida 28,2°C, shimolida 26°C. Yillik yog‘in 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yog‘adi. Vegetatsiya davri 194—214 kun. Eng yirik daryosi - Amudaryo (quyi oqimi), eng yirik ko‘li – Orol dengizi. Shuningdek, Xo‘jako‘l-Qorajar ko‘llar sistemasi bilan bog‘langan Sudoche ko‘l sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida sun’iy suv omborlari mavjud. Qoraqalpog‘istonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xo‘jaliklari tashkil etilgan.

Amudaryo deltasida allyuvial-o‘tloq, allyuvial-o‘tloq-to‘qay, qurib qolgan ko‘l va botqoqliklarda tipik sho‘rxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, To‘qmoqtog‘ va Ustyurt platosida kulrang-qo‘ng‘ir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli cho‘l tuproqdari tarqalgan [13].

Qoraqalpog‘istonda yuksak o‘simliklarning 979 turi uchraydi. Hududi tropik bo‘lmagan cho‘l zonasida joylashganligi sababli o‘simlik qoplami zonalar bo‘yicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoli-g‘arbi va qoldiq past tog‘lar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt landshafti gipsli, sho‘rxok va qumli cho‘l bo‘lib, o‘simliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat.

Ma’lumki, nisbiy namlik 30 foizdan past bo‘lgan havo quruq havo hisoblanadi. Cho‘l va vohalarda bunday kunlar bir yil davomida o‘rtacha 200-205 kungacha bo‘lishi aniqlangan. Yoz oylarida vohada 23-28 foiz, cho‘llarda 28-32 foizgacha, hatto ayrim kunlari 10 foizgacha pasayib ketadi. Bunday kunlarda havo juda quruq bo‘ladi, bu esa cho‘l zonasida qum ko‘chish hollarini vujudga keltiradi va chang-to‘zonli shamollarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan bunday shamollar vohalarga ham kirib keladi. Ular o‘simliklarni rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, tuproq va suvlarning sho‘rlanishini oshiradi, o‘simlik, hayvonot olami va insonlar salomatligiga katta zarar etkazadi.

Umuman, havoning o‘rtacha yillik nisbiy namligi 52-56 foiz atrofida bo‘ladi. Yoz faslida havo haroratining yuqori bo‘lishi nisbiy namlikning kunduz kunlari pasayib ketishiga olib keladi. Mazkur holat esa garmsel shamollarni yuzaga keltiradi. Nam tanqisligi eng kuchaygan iyul oyida bosim Mo‘ynoqda 75 mb, Nukusda 69 mb.ga teng bo‘lib, bu davrda harorat 400S dan oshib ketadi. Bunday tabiiy ofatlar yil davomida Mo‘ynoqda 25-30, Nukusda esa 10-12 marta takrorlanadi.

Garmsel shamolining tezligi 15-20 m/sek bo‘lib, havoga chang-to‘zon ko‘tariladi. Garmsel uzoq davom etgan yillarda sho‘rlangan va qum bosgan yerlar kengayadi, hatto yer sharida shunday ofatlar tufayli ayrim davrlarda aholi va chorva mollari ko‘plab qirilib ketgan.

Ushbu hududlar yog‘in kam yog‘adigan, qurg‘oqchil o‘lkalar qatoriga kiradi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 104-105 mm atrofida. Respublikaning shimoli-g‘arbidan janubi-sharqiga tomon yog‘in asta-sekin ortib boradi. Buning asosiy sababi Respublika hududi balandligining ortib borishidir. Respublikada yog‘adigan yog‘inlarning 80-90 foizga yaqin qismi bahor va qish fasliga to‘g‘ri keladi. Yil davomida eng ko‘p yog‘in yog‘adigan oy mart oyidir. Bu oyda yog‘in miqdori o‘rtacha 20-35 mm, eng ko‘p yog‘in yog‘adigan yillarda esa 80-120 mm.ga etadi. Iyun oyidan sentyabrgacha yog‘in juda kam yog‘adi va yillik yog‘inning bor-yo‘g‘i 2-4 foizi shu davrga to‘g‘ri keladi.

Respublikada yillar va oylar davomida yog‘in miqdori o‘rtacha 128 mm atrofida, eng kam yog‘in yoqqan yillar shu ko‘rsatkichdan 2-3 marta kam. Jumladan, Mo‘ynoqda 43 mm (1947 y) va Nukusda 58 mm (1937 y) kuzatilgan. Ba’zi yillarda yillik yog‘in miqdori ikki yoki undan ortiq hissa ko‘p bo‘ladi. Masalan, uning miqdori Mo‘ynoqda 198 mm (1958 y), Nukusda 226 mm (1931 y)ga etganligi kuzatilgan. Qor qoplami yillik yog‘inning o‘rtacha 10-15 mm.ga to‘g‘ri keladi. Respublikada qor qoplam hosil qilsada, lekin u uzoq saqlanmaydi. Uning o‘rtacha qalinligi yiliga 6-10 mm ni tashkil etadi.

Umuman, respublikada o‘rtacha yog‘in miqdori 130 mm bo‘lib, yillik namlikka bo‘lgan talabning 30 foizi qondiriladi va shu sababli bunday hududlar ekstraarid (o‘ta quruq) iqlimli o‘lkalar qatoriga kiritiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida shamollar asosan shimoliy va g‘arbiy yo‘nalishda esadi. O‘rtacha yillik shamol tezligi 3,0 m/sek ni tashkil etadi. Bir yilda tezligi 15 m/sek va undan kuchli shamollar 5-6 marotaba esadi. Doimiy ravishda kunduz kuni vohalardan cho‘llarga, kechqurun esa cho‘llar yuzasidan vohalarga shamollar esishi kuzatiladi. Yil davomida o‘lkada shamolsiz kunlar ham bo‘ladi. Ular respublikada 10-16 kunni tashkil qiladi. Shunday kunlarda sanoat obyektlari va avtomobil qatnovi zich va ayniqsa, temir yo‘l tugunlarida joylashgan hududlar havosi juda ifloslanadi. Buning oqibatida mazkur hududlar aholisi salomatligiga sezilarli zarar yetkaziladi.

Iqlim sharoitidan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, o‘lka iqlimi o‘ta quruq. Yil davomida shamolsiz dim havolarning kuzatilishi esa atmosferada gaz va chang zarralarini to‘planishiga, aholi manzilgohlari havosining ifloslanishiga olib keladi. Mazkur holatlar, xususan, shaharlar, shuningdek, sanoat va transport shahobchalari zich hududlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida atmosfera havosi ifloslanib, uning gaz tarkibida o‘zgarishlarning ro‘y berishi tobora ortib bormoqda. Respublika havosining har metr kubida tabiiy va sun’iy yo‘l bilan hosil bo‘lgan 2,8-3,6 mg.gacha chang mavjud. Havodagi mayda, qattiq zarrachalarning miqdori keyingi 15-20 yil mobaynida 3-5 foizga ortganligi aniqlangan.

Respublika Tabiatni muhofaza qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, mavjud sanoat korxonalari, avtomobil va boshqa texnika vositalaridan havoga chiqariladigan chang, qurum va har xil zaharli gazlar aholi jon boshiga taqsimlanganda o‘rtacha 240-260 kg ni tashkil qiladi yoki Respublika bo‘yicha yiliga taxminan 400 ming tonnaga yaqin.

Shamolsiz davr respublikada 5-37 kungacha takrorlanadi, oqibatda iflos havoning uzoq vaqt turib qolishi natijasida zararli chang va gazlardan iborat tumanli holat yuzaga keladi. Respublika shaharlarida bulutli, tumanli kunlar soni ko‘proq bo‘lganligi tufayli ularga atrofdagi hududlarga nisbatan quyosh radiatsiyasining miqdori ancha kamroq tushadi. Havodagi karbonat angidrid ultrabinafsha nurlarining yer yuzasiga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Vaholanki, bunday nurlar esa inson salomatligi uchun juda zarurdir. Nukus, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qo‘ng‘irot kabi sanoat markazlarida inson hayoti uchun zarur bo‘lgan ultra binafsha narlarining uchdan bir, qishloqlarda esa beshdan bir qismini havodagi chang va tutun to‘sib qoladi .

Sanoat korxonalari va avtombillar qatnovi zich bo‘lgan Nukus va nisbatan kichikroq Mo‘ynoq shaharlarini taqqoslab ko‘rsak, tumanli kunlar birinchisida o‘rtacha 16, ko‘pi bilan 32 kun, ikkinchisida esa 11 kundan 24 kungacha kuzatiladi. Xuddi shunday iqlimning boshqa tarkibiy qismlari bo‘yicha farq Qoraqalpog‘iston va unga tutash joylarda yaqqol sezilib turadi.

Ma’lumki, toza ichimlik suv muammosi Respublika aholisining azaliy orzusidir. Tarixiy manbalarga ko‘ra, ayniqsa, xonliklar davrida va undan oldinroq ham o‘lkada ko‘plab hovuz va sardobalarda saqlangan suvni iste’mol qilinishi oqibatida minglab kishilar qirilib ketganlar (1-jadval). Chunki hududda mavjud suv havzalarining suvlari uzoq vaqt davomida yangilanmas, natijada ular har-xil yuqumli kasalliklar keltirib chiqaruvchi manbalarga aylanib qolar edi.

1-jadval


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling