Milliy universiteti


Download 0.59 Mb.
bet1/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#232318
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ekologik vaiyat keskin hududlardagi ekologik momitoring



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON

MILLIY UNIVERSITETI

BIOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI BO’LIM EKOLOGIYA YO’NALISHI
Ekologik monitoring fanidan
KURS ISHI

MAVZU: Ekologik vaziyat keskin hududlardagi ekologik monitoring.

Bajardi:________________

Tekshirdi:________________
Toshkent - 2019

Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism

    1. Orol va Orolbo‘yi muammolarining umumiy tavsifi.

    2. Orol dengizining Qoraqalpog‘iston iqlimiga ta’siri.

    3. Qishloq xo‘jaligi, chorvachilikka va inson salomatligiga ta’siri.

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati


KIRISH

2018 yilning 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatni BMTga a’zo barcha davlatlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston TIV xabarida qayd etilishicha, ushbu rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezident Shavkat Mirziyoyev tominidan 2017-yil sentabr oyida Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusning amaliy ijrosi hisoblanadi.

Rezolyutsiyada Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlash, shuningdek mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim roli e’tirof etiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik va taraqqiyot sohalaridagi mintaqaviy va xalqaro tashabbuslari alohida qayd etiladi.

Davrlar mobaynida atrof-muhitning ifloslanganlik darajasini tobora ortib borayotganligi kishilar hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib turli-xil kasalliklarni vujudga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan aholi salomatligi bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish, kelajagi buyuk davlatni quruvchi jismonan va ma’naviy sog‘lom avlodni yetishtirish ushbu masalalarni ilmiy jihatdan asoslash va o‘rganishni talab qilmoqda. Aynan ana shunday dolzarb muammolar yechimida iqtisodiy va ijtimoiy ekologiyaning o‘rni ham mavjud. Mazkur muammolar yechimi salomatlikning atrof tabiy muhit sifatiga bog‘liqligini yoritib berar ekan, ularning o‘z-o‘zidan ekologlar tadqiq etuvchi mavzulardan biri ekanligini anglatadi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlarini muntazam tashkil qilish bo`yicha tashabbuslari mintaqa doirasida qo‘llab-quvvatlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda redutsiya bunday maslahatlashuvlar platformasidan mintaqaning dolzarb muammolarini birgalikda hal etish yo‘lida samarali foydalanishga da’vat etadi.

Rezolyutsiyada Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash suv va energiya manbalaridan unumli va kompleks foydalanish, Orol deng,izi qurishi bilan bog‘liq ekologik va ijtimoiy iqtisodiy asoratlarni yumshatish mintaqada zamonaviy transport va tranzit tizimini tashki etish ma’rifat, fan, texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm, madaniyat, san’at va sport sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish yo‘nalishlariga ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhumligi qayd etiladi.

Ta’kidlash joizki, Respublikamiz mustaqillikka erishgan bir sharoitda xalqimiz salomatligi va uni muhofaza qilish masalasi eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va uni davlat tomonidan yanada chuqurroq nazorat ostiga olish maqsadida qator qonun va dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ma’lumki, aholi salomatligi, o‘lim va xususan bolalar o‘limini kamaytirish asosida o‘rtacha umr ko‘rish muddatini oshirib borish, har qanday davlatning ham ijtimoiy siyosatida ustuvor ahamiyatga ega. Zero, aynan ana shu ko‘rsatkichlar mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aks ettiruvchi bosh mezonlardan eng muhimi sifatida jahon miqyosida e’tirof etilgan. Qolaversa, O‘zbekistonda 2005 yilni «Sihat-salomatlik yili» deb qabul qilinishi ham ushbu muammoning naqadar dolzarbligidan dalolat beradi. Chunki sog‘lom, bilimli, aqlli, yuksak fazilatli, ma’naviyati pok, boy va barkamol yoshlargina mustaqil mamlakatimiz istiqbolini belgilab beradi.





Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling