"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"


Rasm.6. Suyuqlik resikli bilan karbamid ishlab chiqarishning texnologik tasviri


Download 333.76 Kb.
bet32/45
Sana07.05.2023
Hajmi333.76 Kb.
#1439345
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
Амал.маш.тик.lotin

Rasm.6. Suyuqlik resikli bilan karbamid ishlab chiqarishning texnologik tasviri.
1-to‘rt bosqichli kompressor SO gaz uchun; 2-ammiak yig‘gich; 3-plunjerli nasos ammiak uchun; 4- I bosqich kondensatori; 5-sintez kalonna; 6-aralashtirgich; 7-plunjerli nasos; 8-yuvuvchi kalonna; 9- I bosqich rektifikasion kalonna; 10- I bosqich isitkich;
11- I bosqich Seperator; 12- II bosqich rektifikasion kalonna; 13- II bosqich isitkich; 14- II bosqich Seperator; 15- vakuumli-bug‘latkich; 16- karbamid eritmasi yig‘gichi; 17- yog‘ ajratkich; 18- II bosqich kondensatori; 22- rezervuar; 23- markazdan qochma nasos; 24- absorber; 25- ugleammoniyli tuz eritmasini yig‘gichi; 26- desorber; 27- xolodilnik; 28-issiqlik almashinish apparati; 29-markazdan qochma nasos.
Karbamid ishlab chiqarishni sanoat qurilmalari. Ammiak va uglerod (IV) - oksidini sintez qilish - sintez kalonnasida amalga oshiriladi. Sintez kalonna sferiksimon tubli silindr bo‘lib, suyuqlanma tegib turgan qismi ichkaridan xrom nikel, molibden kabi ligerlangan elementlardan X 17N 16 M 3T markali po‘lat bilan ximoyalangan. Qurilmaning korpusi uglerodli po‘latdan tayyorlanib, 25 - 30 MPa bosimgacha chiday oladi. Sintez kalonnada 1850S haroratda va 20 MPa bosimda karbamid hosil bo‘lishi tugallanadi. Karbomatdan karbamidga aylanishi boshlanadi. Qurilmani unumdorligi 1250 t/kun (450000 t/y) bo‘lganda kalonna d = 2/2,5 m, balandligi N = 30 - 35 m, xajmi esa V = 160 m3 ga teng bo‘ladi. Sintez kalonnada hosil bo‘lgan eritmaning tarkibi 30 - 31% karbamid, 20 - 21% ammoniy karbomat, 33 - 34% ortiqcha NHz, 16 - 17% suvdan iborat bo‘lgan kalonnaga kelayotgan aralashmaning komponentlar nisbati: NN3 : S02 : N20 = (3,8/4,5) : 1 : (10,5/0,8)
Aralashma kalonnaning pastki qismidan kirib yuqoriga chiqadi, kalonnadan chiqayotgan eritma drosselanadi va distilliyatga beriladi.
Disstiliyasiya jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘lib, bunda ammoniy karbomat parchalanib karbamid miqdori oshiriladi (70% gacha).
Distilliyasiya jarayoning har bir bosqichi uchta qurilmadan iborat:

  • Rektifikasion kalonna

  • Isitkich

  • Seperator

Birinchi bosqich distilliyasiyada 51 - 61% karbamid 4 - 5% ammoniy karbomat, 6 - 7% NH3 va 28 - 35% suv bo‘lgan eritma chiqib, ikkinchi bosqich distilliyasiyaga keladi. So‘ngra ikkinchi bosqichdan seperatordan 70 - 72% li karbamid eritmasi chiqadi. Karbamidning bug‘lanish jarayoni ikkinchi bosqichli bug‘latish qurilmasida amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda 70 - 72% li karbamid 45S0 haroratda nasos yordamida birinchi bosqich bug‘latish qurilmasini pastki qismidan beriladi.
Isitish bug‘lanish yordamida amalga oshiradi. Birinchi bosqichdan karbamid eritmasi
95% konsentratsiyali va 125 - 1350S haroratda chiqib o‘z oqimi bilan ikkinchi bosqichga keladi.
Ikkinchi bosqichda isituvchi bug‘ yordamida uni konsentratsiyasi oshiriladi (98,8% gacha) va 135 - 1450S haroratda ikkinchi bosqich bug‘latish qurilmasidan chiqib, nasos yordamida donadorlash minorasining yuqori qismida joylashgan napor bakiga uzatiladi.
Bug‘latish qurilmasi isitgich va seperatordan iborat bo‘lib, karbamid eritmasi isitgichdagi trubalar ichiga beriladi. Isituvchi bug‘ esa trubalar orasiga beriladi. Seperatorlarning vazifasi eritma tarkibidan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ni va uning tarkibidagi o‘zi bilan birga olib chiqib ketayotgan tomchi holidagi eritmalarni bir biridan ajratadi. Ikkilamchi bug‘ seperatorning yuqori qismidan chiqariladi. Eritma esa seperatorning yon tomonidan chiqariladi.
Karbamid suyuqlanmasini donadorlash, donadorlash minorasida amalga oshiriladi. Donadorlash minorasining balandligi 112 m, donadorlarni tushish balandligi 93 m. Eritmalarni sochib berish uchun 8 ta akustik donadorlash qurilmasi joylashtirilgan bo‘lib, 4 tasi zahira hisobida turadi, minora pastki qismida mavxum qaynash qurilmasi joylashgan bo‘lib, bunda karbamid donalari havo yordamida sovitiladi. Minorani yuqori qismida ventilyator joylashgan bo‘lib, ularning vazifasi havoni so‘rib olish va havo bilan birga chiqayotgan karbamid changlarini skrubberlarda tutib qoladi. Changlarni yutib qolish uchun vannalardan o‘tkaziladi yoki suv beriladi. Hosil bo‘lgan eritma jarayonga qaytariladi.
Skrubberda suyuqlanma uchun vanna, nasos, karbamid tozalash uchun filptr va 40 dona purkovchi qurilmalar joylashgan.
Vannada yig‘ilgan karbamid eritmasi 20 - 40% gacha yetganda karbamid yig‘ish qurilmasiga uzatiladi.



Download 333.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling