"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"
Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi ( rasm. 6. )
Download 333.76 Kb.
|
Амал.маш.тик.lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0,25 - 0,4 MPa
- (asosan vodorod, azot, kislorod
Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi ( rasm. 6. ). Gaz holida uglerod (IV)-oksidi taxminan quritilgan va har xil mexanik zarralardan, vodorod sulfid va oltingurgut tutgan birikmalardan dag‘al va mayin filtrlarda tozalanib, to‘rt bosqichli kompressor (1) da 20 MPa bosimgacha siqiladi va 95 - 1000S haroratda aralashtirgich (6) ga beriladi. Aralashtirgich (6) ga 20 MPa bosimda plunjerli nasos (3) orqali so‘rib olingan 900S haroratdagi suyuq ammiak ham beriladi. Plunjerli nasos (7) orqali esa 950S haroratli ugleammoniyli tuzlar beriladi, u siklga NH3 va SO2 holatida qaytariladi. Natijada komponentlarni ara-lashtirgichda 1750S haroratda aralashtirganda ammoniy karbomat hosil bo‘la boshlaydi. So‘ngra reaksiya aralashmasi (NH3 : SO2 : N2O = (4.3) : 1 : (0,5 - 0,8) sintez kollonasi (5) ga beriladi, bu yerda 185 0S va 20 MPa bosim ostida ammoniy karbomatga aylanishi tugallanadi va karbamidga parchalanadi.
Sintez kollonasida hosil bo‘lgan eritma, tarkibi 30 - 31% karbamid, 21 - 22% ammoniy karbomat, 33 - 34% ortiqcha ammiak va 16 - 17% suv, ikki bosqichli distilliyatorga beriladi. Distilliyasiya qurilmasining har bir bosqichi uchta apparatdan: rektifikasion kollona, isitkich va Seperatordan iborat. Sintez kollansi (5) dan chiqayotgan karbamid eritmasi 20 MPa dan 1,8 - 2,0 MPa gacha drosellanadi va birinchi bosqich distilliyasiya qurilmasidagi rektifikasion kollonasi (9) ning yuqori qismiga beriladi. Bu yerda ortiqcha ammiakni 120 - 1250S haroratda gaz fazaga o‘tkaziladi. So‘ngra eritma ammoniy karbamatga parchalanishi uchun issiqlik almashinish apparati (10) da 158 - 1620S haroratgacha isitiladi va hosil bo‘lgan bug‘ suyuq holidagi aralashma seperator (11) da ajratiladi. Gaz faza rektifikasion kollonasi (9) ning pastki qismidagi barbotaj qatlamiga keladi, suyuq faza esa 0,25 - 0,4 MPa gacha drosellanadi va ikkinchi bosqich distilliyasiyaga beriladi. Rektifikasion kalonna (9) dan gaz faza aralashmalari (uning tarkibi 75–76% ammiak, 21 - 22% uglerod (IV) - oksidi va 3% gacha suv) yuvuvchi kalonna (8) ni pastki qismiga beriladi, u yerda bug‘li isitkichda aralashma harorati 92 - 960S gacha ushlab turiladi. Shu yerga ikkinchi bosqich disitlyasiyadan ugleammoniyli tuzlar eritmasi ham beriladi. Bu yerda uglerod (IV) - oksidini asosiy qismi yutiladi va suv bug‘i tarkibi 38 - 45% ammiak, 30 - 37% uglerod (IV) - oksidi, 22 - 27% suv bo‘lgan eritma ko‘rinishigacha kondensatlanadi. Bu eritma plunjerli nasos (7) da 20 MPa bosimgacha siqiladi va aralashtirgich (6) ga qaytariladi. Gaz holidagi ammiak 45 - 50 0S haroratda yuvuvchi kalonnasi (8) ning yuqori nasadkali qismida to‘liq uglerod (IV) - oksididan ajratiladi, konsentrlangan ammiakli suv (93 - 96% ammiak) bilan boyitiladi va kondensator (4) ga beriladi; u yerda ammiak siqiladi va tank (2) orqali siklga qaytariladi. Kondensatlanmagan gazlar (asosan vodorod, azot, kislorod) absorbsiya jarayonida yutilmay qolgan ammiakdan yuviladi va atmosfera bosimigacha drosellanadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi. Ikkinchi bosqich distilliyasiyaga kelayotgan eritma tarkibida 55 - 61% karbamid, 4 - 5% ammoniy karbomat, 6 - 7% ammiak va 28 - 35% suvdan iborat. Ikkinchi bosqich distilliyasiya ham birinchi bosqich distilliyasiya kabi boradi. Avval eritma rektifikasion kalonna (12) ga beriladi. Rektifikasion kalonnasida bug‘langan ammiak, ammoniy karbomat hisobiga 1100S haroratgacha sovutiladi. So‘ngra isitgich (13) orqali 140 - 1420S haroratgacha isitiladi va seperator (14) ga beriladi, u yerda gaz va suyuq fazalarga ajratiladi. Ikkinchi bosqich distilliyasiyada ammoniy karbomatning parchalanishi hisobiga, ammiak va uglerod (IV) - oksidini berilishi to‘xtatiladi. Tarkibida 70 - 72% karbamid bo‘lgan eritma seperatorda (14) da drosellanadi va vakuum - isitkich (15) ga beriladi. Bu yerda qolgan 40 kPa bosim ostida konsentratsiyasi 74 -76% gacha oshiriladi va 900S haroratgacha sovutiladi. So‘ngra eritma yig‘gich (16) dan yog‘ ajratkich (17) ga beriladi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga jo‘natiladi. Rektifikasion kalonna (12) dan gaz fazasi (tarkibi 55 - 56 % NH3, 24 - 25% SO2 va 20 - 21 % N2O) kondensator (12) ga beriladi. Bu yerda hosil bo‘lgan 400S haroratdagi ugleammoniyli tuzlar (33 - 50% NH3, 10 - 16% SO2, 35 - 55% N2O) rezervuar (22) dan nasos (23) orqali yuvuvchi kalonna (8) ga beriladi. Kondensator (21) dan chiqayotgan gaz faza (NH3, SO2 va boshka gazlar) absorber (24) ga beriladi. Bu yerda (NH3 va SO2) gazlar ugleammoniy tuzlar eritmasiga yuttiriladi va sovutkich (27) dan o‘tadi. Absorberdan chiqayotgan inert gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi. Absorber (24) da hosil bo‘l-gan ugleammoniy tuzlari isitkich (28) da 90 - 95 0S haroratgacha isitiladi va desorber (26) ga beriladi. Bu yerda 0,3 - 0,4 MPa bosimda va 135 - 1450S haroratda o‘tkir bug‘ yordamida NH3 , SO2 va N2O ga to‘liq parchalanadi. Gaz holidagi NH3 va SO2 suv bug‘i bilan birga ikkinchi bosqich kondensator (2) ga beriladi. Qolgan suv kanalizasiyadan chiqarib yuboriladi. Hosil bo‘lgan suyuqlanma nasos orqali donadorlash minorasi yuqori qismida joylashgan yig‘ichga beriladi, nasosga berishdan oldin KFS qo‘shiladi. Yig‘gichdan filptrga tushadi va toza holidagi eritma donadorlash minorasiga beriladi. So‘ngra akustik tebranuvchan granulyator yordamida sochib beriladi. Pastdan havo yuboriladi. Havo yordamida karbamid donador holatiga o‘tadi. Hosil bo‘lgan donalar sovutish uchun minoraning pastida joylashgan mavxum qaynash qatlamli qurilmasiga beriladi va 40 - 500S haroratgacha sovutilgan donalar omborga va undan isotemolchilarga yuboriladi. Download 333.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling