Mineral oziqlanish fiziologiyasi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1208240
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Ma\'ruza

 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fosfor. Fosforning makroergik birikmalari 
Fosfor. O‘simliklar uchun fosforning ahamiyati nihoyatda katta, lekin 
tuproqda uning o‘zlashtiriladigan shakllari juda kam. Tuproqda fosfor asosan tirik 
organizmlarda, o‘simliklarning nobud bo‘lgan organlarida, chirindilar tarkibida
tuproqning mineral tarkibida va tuproq eritmasida bo‘ladi. Fosforning o‘simliklar 
o‘zlashtirilishi qulay bo‘lgan birikmalari oz. Ular minerallanish natijasida vujudga 
keladi. O‘rta Osiyo tuproqlarida o‘zlashtiriladigan fosforning miqdori 0,08% dan 
0,3% gacha bo‘ladi. Bu o‘simliklar uchun yetarli emas. Shuning uchun ham ularni 
qo‘shimcha fosfor bilan ta’minlanishi zarur. 
Fosforning tabiatdagi asosiy manbasi tog‘ jinslari tarkibidagi apatitlar 
[Ca
5
(RO
4
)
3
] va boshqalardir. Bu apatitlar superfosfat zavodlarida qayta ishlash 
natijasida o‘zlashtiriladigan fosfor o‘g‘itlariga aylantiriladi.O‘simliklarga zararli 
ta’sir etuvchi ftor ajratilib olinadi. Fosforning suvda eriydigan va o‘simliklar 
o‘zlashtirishi uchun eng qulay bo‘lgan manbasi Са
3

2
РО
4
)
2
dir. O‘simliklar 
ildizlari Са
3
(РО
4
)
2
tuzini ham qisman o‘zlashtiradi. Bu tuzlar tuproqda uchraydi. 
O‘simliklar fosforni tuproqdan asosan RO
4
- anioni holida qabul qiladi. Ular 
ayrim organik fosfor (shakarlar, fitin va boshqalar) birikmalarini ham o‘zlashtirishi 
mumkin. Natijada fosforning doiraviy almashuvi hosil bo‘ladi (24-rasm).
O‘simliklar tanasida fosfor organik birikmalar, fosfor kislotasi va tuzlari 
holida uchraydi. Fosfor o‘simliklar tanasidagi oqsillar (fosfoproteinlar), nuklein 
kislotalari, fosfolipidlar, shakarlarning fosfor efirlari, nukleotidlar, makroergik 
bog‘larga ega bo‘lgan (ATF, NAD+) birikmalar, vitaminlar va boshqalar 
tarkibiga kiradi. 
Fosfor ayniqsa hujayraning energetik asosini tashkil etishda juda katta 
ahamiyatga ega. Eng erkin kimyoviy energiya fosfor birikmalaridagi makroergik 
(S-O~R) bog‘lar holida tirik hujayralarda to‘planadi. Ayniqsa ATF molekulalari 
tarkibidagi energiya o‘simlik hujayralarida energiya almashuvining asosini tashkil 
etadi. Nukleotidlar bir yoki ikki molekula fosfat kislota biriktirib olishi natijasida 
di-va trifosfat nukleotidlar hosil bo‘ladi. Bular energiyaga boy birikmalar deb 
ataladi. Chunki gidroliz qilinganda ko‘p kimyoviy energiya ajralib chiqadi. 
Fosforning nuklein kislotalar (RNK, DNK), nukleoproteidlar va 
membranalarning asosini tashkil etuvchi lipidlarning tarkibiga kirishi ham uning 
juda katta fiziologik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa kofermentlar 
va degidrogenaza fermentlari (NAD, NADF, NADFN2) tarkibida o‘simliklarning 
fotosintezi va nafas olish jarayonlarida ishtiroki, uning o‘simliklar hayotida 
ahamiyati katta ekanligini bildiradi. 
24-rasm. Chap tomonda sog‘lom 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling