Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalma
“...turkning ulug‘din kichigiga degincha va navkardin begiga degincha sort tilidin
bahramanddurlar, andoqkim o‘z xirad ahvoliga ko‘ra ayta olurlar, balki ba’zi fasohat va balog‘at bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim, forsiy til bila rangin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar. Ammo sort ulusining arzolidin ashrofig‘acha va omiysidin donishmandig‘acha hech qaysi turk tili bila takallum qila olmaslar va takallum qilg‘onning ma’nisin ham bilmaslar. Agar yuzdin, balki mingdin biri bu tilni o‘rganib so‘zki aytsa ham, har kishi eshitsa bilur va aning sort ekanin fahm qilur”. Ko‘rinib turibdiki, turkiy aholining kattayu kichigi, xizmatchisidan tortib amaldorigacha forsiy tilni yaxshi bilgan va bu tilda chiroyli, ravon hamda benuqson so‘zlashgan, shoirlari go‘zal she’rlar bitgan. Biroq forsiyzabon ulusning oddiy kishisidan e’tiborli insonlarigacha, ilmsizidan donosigacha turkiy tilda so‘zlay olmagan va gapirganlarining ham ma’nosini tushunmagan. Shoir «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida o‘zi to‘g‘risida gapirib, she’r yozishni fors tilida boshlaganini aytadi. Lekin tushunish yoshiga yetib, turkiy til haqida fikr yuritish ehtiyoji tug‘ilgach, uning ko‘z o‘ngida zebu ziynatlari son- sanoqsiz o‘n sakkiz ming olamdan ortiq olam namoyon bo‘lgani, fazilat va yetuklikda chek-chagarasi bo‘lmagan to‘qqiz falakdan ortiq falak ko‘rgani, dur va gullari yulduzlardan ravshanroq xazina va gulshan uchratgani, ammo bu olamga hech kimning qadami yetmagani va qo‘li tegmagani haqida yozadi: Chun mazkur bo‘lg‘on qoida bilakim, ado topti – mayl forsiy sari bo‘ldi. ... o‘n sakkiz ming olamdin ortuq, anda zebu ziynat; va sipehre tab’ga ma’lum bo‘ldi, to‘qquz 42 falakdin ortuq, anda fazlu rif’at; va maxzane uchradi, durlari kavokib gavharlaridin raxshandaroq; va gulshane yo‘luqti, gullari sipehr axtaridin duraxshandaroq; harimi atrofi el ayog‘i yetmakdin masun va ajnosi g‘aroyibi g‘ayr ilgi tegmakdin ma’mun. Ammo maxzanining yiloni xunxor va gulshanining tikani behaddu shumor. Xaylga keldikim, hamonoki, bu yilonlar neshi nashtaridin tab’ ahli xiradmandlari bu maxzandin bahra topmay o‘tupturlar va ko‘ngulga andoq evruldikim, go‘yo bu tikanlar sarzanishi zararidin nazm xayli guldastabandlari bu gulshandin bazm tuzgucha gul iliklay olmay yo‘l tutubdurlar. Shu tariqa, badiiy ijoddagi ikki tillilik XIV asrdan XX asrgacha davom etdi. Darhaqiqat, o‘zbek tilining lug‘at tarkibida maishiy hayot, kasb-hunar, adabiyot-san’at, hayvonot dunyosi, o‘simliklar, qishloq xo‘jaligi, tabiat hodisalari va boshqa sohalarga oid tojikcha so‘zlar uchraydi. Masalan, anor, bahor, lagan, paypoq, go‘sht, g‘isht, sho‘r, pardoz singari. Shuningdek, tojikcha -xona, -parvar, - furush, -parast, -noma, -xon, -paz, -bon, -boz, -goh, -shunos, -vash(mahvash), - poya, -zor, -don, no-, be- kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalar tilimizda keng qo‘llaniladi va yangi so‘zlar hosil qilishda ishtirok etib kelmoqda. Masalan, oshxona, xalqparvar, bog‘bon, kuldon, noo‘rin, beomon, taomnoma, olmozor va hakazo. Bundan tashqari, eski va hozirgi o‘zbek adabiy tilida tojikcha izofalar ham saqlangan: Sebi Samarqand, anori Xo‘jand (Bobur); Bog‘i shamol, Mozori Ko‘hna (Joy nomlari), nuqtai nazar, guli surx, zaboni forsiy, bog‘i bo‘ston. O‘zbek tilidan ham o‘z navbatida, tojik tiliga uzoq vaqtlardan beri ko‘pgina so‘z va iboralar, so‘z yasovchi, shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zlashgan: tagin - shahzoda (Firdavsiy, “Shohnoma”), choriq – choriq, oyoq kiyimi, qora qat (barbaris), to‘p - to‘p, yuz boshi, qaychi, yorlig‘, ayoqchi – soqiy, qoshuq, surtma – chana, -chi, -cha, -dosh, -gina, -roq, -siz, -lik kabi 7 . Turkiy tilga oid so‘zlarning qardosh bo‘lmagan xalqlar tiliga o‘zlashgani, ular rivojiga ta’siri to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida uchratamiz. Shu o‘rinda bir necha misollarga murojaat qilsak: 7 Пейсиков Л.С. Лексикология современного персидского языка. - М., 1975. - С. 46-49. 43 “dag‘ – qoramol va boshqalarga bosilgan tamg‘a. Forslar bu so‘zni turklardan olganlar. Chunki forslarda turklardagidek qoramol yo‘q. Shuni ng uchun bu so‘zga ularda zarurat ham bo‘lmagan. Men bu so‘zni musulmonlar chegarasida eshitdim (III,167). Yalma – paxtali to‘n, forslar buni turkiy xalqlardan olganlar. Arablar esa forslardan olib yalmaq shaklida qo‘llaydilar. Arablar q ni h ga aylantirganlar. Chunonchi: kandani xandaq, yarani yaraq qilib olganlar” (III,41). Bu an’ananing keyingi ham davrda davom etganini Alisher Navoiy ijodi misolida ko‘rish mumkin. Buyuk mutafakkir o‘zining yuqorida zikr etilgan asarida turkiy tilning forsiy tildan qolishmasligini, uning til imkoniyatlari boyligi, bu tilda ham go‘zal adabiyot namunalari yaratish mumkinligini ko‘rsatish barobarida turkiy tildan forsiy tilga o‘zlashgan so‘zlarni qayd etib o‘tadi. Asarda bu haqda quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: “Yana ot anvoidaki, tubuchoq va arg‘umoq va yaka va yobu va totu yo‘sunluq - borini turkcha-o‘q ayturlar. ...Yana ba’zi yemaklardin qaymog‘ va qatlama va bulamog‘ va qurut va uloba va mantu va quymog‘ va urkamochni ham turkcha ayturlar. Va qimizni va suzmani va boxsumni va bo‘zani dag‘i turkcha ayturlar. Yana tutmoch va umoch va kumoch va tolg‘onni ham turkcha ayturlar” 8 . Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling