Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

4. Kulichur bitigi. Bitiktoshni 1912-yilda polshalik professor V.Kotvich 
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan va uning 
matnini A.Samaylovich bilan birga 1928-yilda nash etgan. U Kulichur sharafiga 
tiklangan bo‘lib, sanasi aniq emas. Tardush elini boshqargan Kulichur ikkinchi 
turk xoqonligida yashagan mashhur kishilardan sanalgan.


46 
5. O‘ngin bitigi. Bitiktosh Mo‘g‘ulistondagi O‘ngin vodiysidan topilgan. 
Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlik VIII asrning birincni yarmida, 
taxminan, 732-yilda tiklangan. J.Klosonning yozishicha, bitig sarkarda Alp 
Eletmish xotirasiga tiklangan6.
6. Moyunchur bitigi. Bu bitigni fin olimi G.I.Ramstedt 1909-yilda Shimoliy 
Mo‘g‘ulistonda Selenga daryosi va Shineusu ko‘liga yaqin yerda topgan. Bitig va 
uning tarjimasini 1913-yilda nashr ettirgan. Bitiktosh 759-yilda qo‘yilgan deb 
taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan.
7. Yenisey bitiglari. Oltoy o‘lkasi va Yenisey daryosi teveragida topilgan 
ko‘k turk yozuvidagi yodgorliklar “yenisey bitiglari” deb yuritiladi. Ularning soni 
ko‘p, lekin hajman katta emas. Yiriklari 15-16 qatorli bo‘lib, qabr toshlariga 
bitilgan.
8. Irq bitigi ko‘k turk xatidagi yaxlit kitob holida saqlangan. Qadimgi turkiy 
tilda ïrq – “fol”, ïrq bitig “fol kitobi” degan ma’noni anglatadi. Manbani A.Steyn 
Xitoydagi Dunxuan yaqinidagi “Ming budda g‘ori” nomli ibodatxona 
xizmatchisidan Londonga olib kelgan. Asarni dastlab V. Tomsen 1912-yilda nashr 
etgan. Asar 65 bo‘limdan iborat. Unda tush ta’birlari turli hayvon va qushlarning 
obrazlari, har xil voqealar bilan bog‘lab bayon etiladi.
9. Suja bitigi Moʻgʻulistondagi Suja dovonining janubidan topilgan. Bitig 
koʻk turk yozivida boʻlib, IX asrda koʻchirilgan.
Uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng muhimlari quyidagilardir:
1. “Xuastuanift” (moniylarning tavbanomasi) moniylik dinining falsafiy 
asari, oʻn besh boʻlimdan iborat. Ilk oʻrta asrlarda asarning eroniy, sugʻdiy, turkiy, 
xitoycha versiyalari keng tarqalgan. Bu yodgorlikning turkiy versiyalari uygʻur, 
moniy yozuvida boʻlib, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi.
2. “Maytri simit no‘m bitig” (Maytri bilan uchrashish kitobi). Turk-budda 
diniy-falsafiy yodgorliklaridan biri, asli sanskrit tilida yaratilgan. Budda 
ta’limotining bilimdonlaridan biri Aryachantri sanskritcha nusxadan tohar tiliga 
oʻgirgan. Toharchadan Partanarakshit Karnavajiki qadimgi turkiy tilga tarjima 
qilgan (VIII asr). Tohar tilidagi brahma xatida yozilgan ikki nusxasi Qorashaharda, 


47 
uyg‘ur xatidagi turkiy versiyalari Turfonda topilgan. Ular hozir Berlin va Urumchi 
qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda.
3. “Altin yoruq”. Asli qadimgi hind-sanskritcha «Suvarnaprabhasa» (oltin 
jilo). Budda diniga oid bo‘lgan sutra (muqaddas kitob)ning turkiy tarjimasi bo‘lib, 
qisqacha «Oltun yoruq» nomi bilan yuritiladi. U dastlab tabg‘ach (xitoy) tiliga, 
xitoy tilidan X asrda beshbaliqlik Singku Seli Tutung tomonidan qadimgi turkiy 
(turk uyg‘ur) tiliga o‘girilgan. Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi etib kelgan. 
1910-yili S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan va 1913-1917-
yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa boshqalarga nisbatan 
mukammalroq bo‘lib, Sankt-Peterburgda saqlanadi.
4. “Syuan-szan kechmishi” budda muhitida yaratilgan asarlardan biri, 
uning xitoycha va qadimgi turkiy versiyalari mavjud. Turkiy versiya uygʻur xatida 
boʻlib, hozirda boʻlaklarga boʻlingan holda Parij, Pekin, Sankt-Peterburgda 
saqlanmoqda. Asarni X asrda yashagan olim va tarjimon beshbaliqlik Shingqu 
Sheli qadimgi turkiy tilga tarjima qilgan. “Syuan-szan kechmishi” Tan sulolasi 
davrida yashagan sayyoh Syuan-szanning budda yashagan oʻlkalarga safari 
xususidagi memuar boʻlib, oʻzida oʻnlab afsona va rivoyatlarni, budda falsafasi
qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy turmushi, ular yashagan 
mamlakatlar geografiyasi, tarixiga oid ma’lumotlarni jamlagan.
5. “Sekiz yukmak”. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis 
olimlari V.Bang, A.fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934-yilda Berlinda 
nashr ettirganlar. Bulardan tashqari, uyg‘ur yozuvida yozilgan bir qancha obidalar, 
turli afsonalardan olingan parchalarning matnlari bitilgan yodgorliklar bor. 
Shuningdek, VIII-X asrlarga va keyingi davrlarga oid juda ko‘p uyg‘urcha yuridik-
huquqiy xujjatlar ham mavjud. Bu yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq 
so‘zlashuv tili xususiyatlari aks etgan.
Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bo‘lib, ular bir-biridan qatori, tor- 
kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra farq qiladi. Bulardan - a, ï, o, u orqa 
qator, ä, i, ö, ü old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ä, o, ö; tor unlilar - i, ï, u, ü. 
Lablanmagan unlilar – a, ä, i, ï; lablangan unlilar – o, ö, u, ü. Demak, a


48 
lablanmagan, keng va orqa qator; ä - lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu 
unlining talaffuzi qozoq, qirg‘iz hamda ko‘pgina qardosh turkiy tillarda
shuningdek, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida saqlangan. Tatar 
va boshqirt tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida ɔ 
(hozirgi o‘zbek tilidagi til orqa, lablangan o unlisi)ga aylangan. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida ba’zi o‘rinlarda oldingi tomon ɔ ga yaqinlashgan, ayrim hollarda 
orqaga tomon kengayib ä ga aylangan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling