Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent - 2020 2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI BAXTIYOR ABDUSHUKUROV O‘ZBEK ADABIY TILI TARIXI O‘QUV QO‘LLANMA 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi Toshkent - 2020 2 “O‘zbek adabiy tili tarixi” o‘quv qo‘llanmasi 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Unda qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha yaratilgan badiiy, tarixiy, ilmiy, leksikografik asarlar tiliga xos xususiyatlar, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari, adabiy til rivojiga ijtimoiy-tarixiy voqealarning ta’siri masalasi, adabiy til uslublari haqida so‘z boradi. Mazkur o‘quv qo‘llanmani yozishda o‘zbek tili tarixi bo‘yicha to‘plangan tajribalar, mavjud qo‘llanma va kitoblardagi materiallardan foydalanildi. Mas’ul muharrir: H.Dadaboev, filologiya fanlari doktori, professor Taqrizchilar: Q. Omonov, filologiya fanlari doktori, professor T. Tog‘ayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent 3 KIRISH Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz, mustaqil davlatchiligimiz timsoli, buyuk qadriyat sanaladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari, ming yillik dostonlarimiz, alla va laparlarimiz hamda yozma manbalarimiz buning yorqin dalilidir. Qolaversa, o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, ajdodlarimiz ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar. Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash dolzarb masalalardan sanladi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-mayda imzolangan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonida qayd etilganidek. “O‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidlash tabiiydir. Shu borada Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosi muhim o‘rin egallaganini qayd etish joiz. O‘zbek adabiy tili, ayniqsa, XIV-XV asrlarda – Amir Temur va temuriylar davrida rivojlanishning yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin 4 olgan o‘lmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etdi. Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi o‘nlab mumtoz adib va allomalarimizning ijodida ona tilimizning lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari, uning go‘zalligi va nafosati yanada yorqin namoyon bo‘lganini ta’kidlash lozim ” 1 . “O‘zbek tili tarixi” fani o‘z ichiga “Qadimgi turkiy til”, “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” va “O‘zbek adabiy tili tarixi” kabi qismlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu uchala predmet ichki xususiyatlari bilan bir-biriga bog‘liq bo‘lishiga qaramasdan, tekshirish ob’ektlarining o‘rganish usullari jihatidan farqlanadi. «Qadimgi turkiy til» kursida barcha turkiy qavmlar uchun mushtarak sanalgan turk runiy yozma yodgorliklari, ularning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari o‘rganiladi. “O‘zbek tilining tarixiy grammatika”si tilning fonetik tizimi, grammatik strukturasi rivoji bilan qiziqadi. Til hodisalarining ijtimoiy jarayonlar bilan munosabati, uslublar taraqqiyoti va uning turli ko‘rinishlari, til me’yorlari kabi masalalarni “O‘zbek adabiy tili tarix” predmeti tekshiradi. Bu kurs til taraqqiyotini xalq tarixi bilan bog‘liqlik holda yoritib beradi. Adabiy tilda yuz beradigan o‘zgarishlar u yoki bu darajada xalqning moddiy va ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar bilan aloqador. Mazkur predmet yuzasidan A.Aliev, Q.Sodiqovlarning “O‘zbek adabiy tili tarixidan” (1994) o‘quv qo‘llanmasi, J.Muxtorov, U.Sanaqulovlarning “O‘zbek adabiy tili tarixi” (1995) o‘quv qo‘llanmasi, U.Tursunov, B.O‘rinboev, A.Alievlarning “O‘zbek adabiy tili tarixi” (1995) darsligi e’lon qilingan. Biroq qayd etilgan farmonda belgilab berilgan vazifalar mazkur adabiyotlarni boshqatdan ko‘rib chiqishni, qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda yaratilgan yozma manbalar tili va o‘zbek adabiy tili tarixini yangicha yondashuvlar asosida o‘rganishni taqozo etadi. Qolaversa, bu hozirgi kunda o‘zbek tili va adabiyoti, folklori tarixi, rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish, o‘zbek tilining o‘ziga xos jihatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal o‘quv adabiyotlari, turli mavzu va 1 “Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Фармон. 2016 йил 13 май. – Б. 1. 5 yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at hamda qomuslar, risola, darsliklar yaratish singari dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling