Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

Adabiy til tarixini shakllangan, so‘z ustalari tomonidan qayd qilingan, 
sayqal berilgan, me’yoriy va jamiyatda kishi faoliyatining hamma sohalari bilan 
bolangan badiiy-publitsistik, ilmiy adabiyot tilidir. Boshqacha qilib aytganda, 
adabiy til barcha o‘zbeklar uchun namuna bo‘ladigan, umumxalq tilining eng 
yaxshi ifoda-imkoniyatlarini o‘zida mujassamlagan tildir. O‘zbek xalqi madaniyati 
tarixi taraqqiyotida o‘zbek adabiy tili mahim rol o‘ynagan. O‘zbek (turkiy) adabiy 
tilida davrlar osha bitilgan badiiy, tarixiy, ilmiy yodgorliklar umumxalq tilining 
eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida saqlagan va xalqimizning qadimgi madaniyatini 
aks ettirgan obidalar hisoblanadi. 
Adabiy tilning ikki xili – og‘zaki va yozma shakli mavjud. Adabiy tilning 
og‘zaki shakli qadimiy bo‘lib, qadimgi qo‘shiqlar, dostonlar, ertaklar, latifalar, 
maqollar, topishmoqlar shu shaklda yaratilgan va og‘izdan-og‘izga o‘tib 
sayqallashgan. O‘zbek adabiy tili yozma shaklining shakllanishi va rivojlanishi 
yozuvning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Biroq har ikkala shaklni ham bir-biridan 
ajratilgan holda tekshirishi lozim. Chunki yozma adabiy til bilan og‘zaki adabiy til 
uyunlikda rivojlanadi. Aks holda, adabiy tilning shakllanishini o‘rganish qiyin 
kechadi, o‘rganib bo‘lmaydi. 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida yozma adabiy til bitig so‘z 
deb atalgan. Ushbu atamadagi bitig – “yozma, yozilgan, bitilgan” ma’nosida, bitig 
so‘z esa hozirgi tilshunoslikdagi “yozma til, adabiy til” tushunchasini ifodalaydi. 
Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatul haqoyiq” asarida “nutq” ag‘iz til tarzida qayd 
etadi. Mazkur birikma “og‘zaki til”, ya’ni “nutq” semasini anglatadi: Ag‘iz til 
bezagi ko‘ni so‘z turur. Ko‘rinadiki, yozma, adabiy til bilan nutq qadimdan 
farqlangan. Bundan tashqari, “Qutadg‘u bilig” dostonidagi turkcha, bug‘raxon 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling