Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Фойдаланилган адабиётлар
Savol va topshiriqlar
1. “O‘zbek adabiy tili tarix” kursi nimani o‘rganadi? 2. Qiyosiy-tarixiy metodning ahamiyati 3. Ummuxalq tilining quyi va yuqori shakllarini izohlang. 4. O‘zbek tili tarixiga oid qanday adabiy manbalarni bilasiz? 5. Qadimda adabiy tilning nomlanishi xususida fikr bildiring. 6. Adabiy til shakllanishida uslublarning o‘rni. 7. Olimlarning davrlashtirish borasidagi tamoyillari va yondashuvlari haqida so‘z yuriting? Фойдаланилган адабиётлар: 1. Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек халқи ва тилининг шаклланиши ҳақида.-Т., 1999. 2. Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили тарихидан. - Т. Ўқитувчи. 1994. 3. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. Ўқитувчи. 1995. 4. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009. 5. Sanaqulov U. Oʻzbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me’yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. – T.: Navroʻz, 2015. 6. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006. 7. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: 15 Ўқитувчи, 1994. 2-MAVZU: O‘ZBEK XALQI VA TILINING NOMLANISH TARIXI Reja 1. “Turk” atamasi 2. “Chig‘atoy” atamasi 3. “Sart” atamasi 4. “O‘zbek” atamasi Manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbeklar qadimdan mo‘g‘ul, tungus- manjur, koreys, yapon, shuningdek, barcha turkiy tilli xalqlar bilan birgalikda Oltoy tillar oilasiga mansub so‘zlashuvchi xalqlardan biri hisoblanadi . Chunki Oltoy tili dastlab 2 guruhga tungus-manjur va turk-mo‘g‘ul tillariga. Turk-mo‘g‘ul tili esa o‘z ichida yana turk va mo‘g‘ul tillariga ajralib ketadi. O‘zbek tili hozirda o‘z adabiy tiliga ega bo‘lgan 30ga yaqin turkiy tillarning etnik tarkibi va nufuzi jihatidan keng tarqalgan, o‘zining boy adabiy manbalariga ega bo‘lgan til sanaladi. O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, ilmiy, badiiy adabiyotlarda davlar mobaynida o‘zbek xalqi va uning tili “turk”, “sart”, “chig‘atoy” hamda “o‘zbek” atamalari bilan nomlanib kelmokda. Mazkur atamalarning kelib chiqishi, ya’ni etimologiyasi xususida xitoy yilnomalari, qadimgi turk bitiklari, eski turkiy manbalar hamda tarixchi va turkolog olimlarning tadqiqotlarida xarakterli ma’lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, Mahmud Koshg‘ariy, Navoiy, Bobur, Bartold, Tolstov, Bernshtam, Vamberi, Radlov, Budagov, Kononov, Blagova, B.Ahmedov, G‘.Abdurahmonov Q.Mahmudov va boshqalarning ilmiy ma’lumotlari diqqatga sazovordir. Dastavval o‘zbek xalqi turk deb yuritilgan. Shuni aytish kerakki, o‘zbeklargina emas, O‘rta va Markaziy Osiyoda yashaydigan barcha turkiy xalqlar turk nomi bilan atalgan. Jumladan, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur. Volga bo‘yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumiq kabi 16 xalqlar ham turk deyilgan. Turk atamasi haqida ma’lumotlar Sharq manbalarida VI asrdan uchraydi. V.Bartoldning fikricha, turk atamasi dastlab ijtimoiy-siyosiy, ya’ni qabilalar harbiy uyushmasi ma’nosini anglatgan. Bu fikrni A.Bernshtam va S.Tolstovlar qo‘llab-quvvatlaydi. Agar O‘rxun-enasoy bitiklaridagi turk atamasini nazarda tutsak, u qabilalar uyushmasi ma’nosidadir. Ma’lumki, VI asr o‘rtalaridagi Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi bir- biriga yaqin lahjalarda so‘zlashuvchi qabila va elatlar birlashib, turk xoqonligini barpo etganlar. Ular tarkibiga kirgan qabilalar turklar deb atalgan. O‘rxun-enasoy bitiktoshlarida bu atama turk bodun - “qora oddiy xalq” va kök (erkin, ozod) türk tarzida qo‘llanilgan. Xitoy yilnomalarida tük-yü - tüg-yü shaklida ishlatilgan. Xitoyliklarda “r” ishlatilmaydi. U “dubulg‘a” ma’nosini ifodalagan. Shu ma’noda aytish mumkinki, turk nomi askarlarning bosh kiyimiga nisbatan berilganligi ehtimoldan xoli emas. Masalan: qoraqalpoqlar, qizilboshlar. Bartold, Bernshtam hamda Tolstovlar turk so‘zi siyosiy, ijtimoiy, keyinchalik qabilalar uyushmasi nomini bildirgan degan xulosaga kelganlar. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar (I.Bichurin, N.Gumilyov va boshqalar)ning fikriga ko‘ra eng qadimgi turkiy zabon xalq Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756 yildan boshlab esga olingan bo‘lib, u xalq “xun”. “xunlar” deb atalgan. Ularning tili turkiy bo‘lishiga qaramay, ularning o‘zi ham, boshqa turkiy zabon xalqlar ham u davrda turk deb atalgan. Turk so‘zi etnik (xalq) nom sifatida milodiy V asrdan boshlab uchraydi. V asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyodagi Xun davlati parchalanib ketgan. Lekin shunday bo‘lsa ham xunlarning uncha katta bo‘lmagan bir toifasi o‘z atrofiga qisman mo‘g‘ul va xitoy muhojirlarini birlashtirib, hech qanday hokimiyat va davlatga bo‘ysunmagan holda ko‘chmanchilik qilib kun kechirgan. O‘sha xun toifasini keyinchalik ularga qo‘shilgan mo‘g‘ullar türk ütü (mo‘g‘ulchada “bo‘ri urug‘i”) deb nom bergan. Xunlarning bir urug‘i o‘zlarini bozqurt deb atagan. Lekin atrofdagi qabilalarga ularning mo‘g‘ulcha nomi ko‘proq ma’qul kelgan. VII asr boshlariga kelib, o‘sha qabilalar uyushmasi son jihatdan ortib va ismida oxirgi ütü qismi tushib qolib, faqat “türk” deb atash odat tusiga kirgan. 17 Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” dostonida asr tilini turkcha deb ataydi. “Turk” nomi Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida keng ma’noda hamma turkiy qabilalarga nisbatan va tor ma’noda Sharqiy turklarga nisbatan qo‘llangan. Alisher Navoiy o‘z asarlarida turkiy tilda so‘zlashuvchilarni turk, turkigo‘ylar, atrok nomlari bilan tilga oladi. Turk yurtlarini turk eli, turkiy tilni esa turk (turk tili, turk lafzi, turk alfozi), turkcha, turkcha til deb ataydi: Turk alfozi bila surdum maqol. Ayni paytda, Navoiy bu atamani o‘zbeklarning bobolariga nisbatan qo‘llagan o‘rinlar ham bor: Agar bir qavm, gar yuz yo‘qsa mingdur, Muayyan turk ulusi xud meningdur. Ko‘ngul bermish so‘zumga turk jon ham, Ne yolg‘iz turk, balki turkmon ham. “Boburnoma”da bu atama o‘zbeklarga nisbatan qo‘llanish barobarida kuchli, qadriyatli ma’nolarida ham ishlatilgan: eli turkdur; turk va mardona kishi edi. Bobur ularning tilini turkiy deb ataydi. “Shajarai turk” asarida Navoiydagi kabi turk etnonimi ham o‘zbek, ham turkiylarga nisbatan qshllanishda bo‘lgan, tili esa turkiy nomi ostida qayd etilgan. V.Radlov urug‘ (VI-VII) nomiga aloqador deydi. G.Vamberining fikricha, turk so‘z “sodda” ma’nosini bildirgan. Qiyoslang, turkona odam, turkona dori. Keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda atamaning ishlatilish doirasi toraygan. Uni Anato‘li turklari o‘zi va tilining nomi sifatida saqlab qoldi. Hasan Ato Abushiy “Turkiy qavmlar tarixi” kitobida turonliklar va turklar to‘g‘risida quyidagicha fikr yuritiladi: “Avlodi Yofasdin” mo‘g‘ul qiyofali bir odam (Muarrixlar qavlincha Turk) qavm va qabilasi ila Osiyo tog‘lari tegrasii kelub yerlamishlar. Tarix va ilim qiyofa va ilm-as-sina ulomasining taftishi va tahqiqi ila qavmi turoniyadan ushbu qavmlar sanaladilar: Xitoy-Chin, Hinduxitoy- Mochin, Tibet-Onnom xalqlari Yopun qavmi, Quriyo xalqlari Fin urug‘lari, Turk xalqi, Totar va Mang‘ullar, Tung‘uslar, Buryotlar, Molay urug‘lari qutb-shimol tarifindagi Gipirburi xalqlari, Yo‘lqog‘ir, G‘ilok, Oyin, Komchadali, Chukut, Quryon, Numulus, Iskumus, Oliyut, Tiling‘ut va g‘ayrlar. Bu ilm ila uzoq vaqt 18 shug‘ullangan va yaqin oshnalanmish nemis ulamosindin Fridrix Mullir qavmi Turoniyadin ellik ikki qavm sanaydir. Ushbunda zikr etilmishlardin ba’zilari yana ko‘p qavmga bo‘linadilar. Masalan, turk urug‘i qavmi (uchun) o‘n yetti urug‘, firqaga bo‘linmishdir. Ushbu qavmlar barchasi forsiylarning Turok atalmish Turkiston sahrosidin sochilmish xalq o‘lduqlari uchun qavmi Turoniya atalmishdir. Tub o‘rinlari Oltoy qavmlari xalqiningda ko‘bragi O‘g‘ir va yo Uyg‘ur ismindagi qabiladin torqaldig‘i uchun O‘g‘ir Oltoy atalmishdir. Turk urug‘larining ham barcha shubg‘alarinda mang‘ul qiyofati ochiq mushuhada o‘linmishdir. Boshqa qavmlar ila qotishmagan xolis turklar xos mung‘ul- lardan-da ortiqroq mang‘ul qiyofatinda tobilmishdir” 2 . Shu tariqa, turklarning madaniyati, dini, davlat tuzilishi dexqonchililigi savdo va tijorat sanoati, yozuvi, ulardan qolgan yodgorliklar, ularning armiyasi, ilm-ma’rifati va boshqalar to‘g‘risida ham ma’lumot beriladi. Shunday qilib, turk so‘zining o‘tmishda urug‘, elat, kuchli, qudratli, alohida jangchi guruhi, dubulg‘a, sodda ma’nolari bo‘lgan. Shuningdek, bu ham o‘zbek va boshqa boshqa turkiy tilli xalqlarga nisbatan ham qo‘llangan (turkiy, qashqar turkiysi, o‘zbek turkiysi, turkman turkiysi singari). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling