Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

Chig‘atoy atamasi mo‘g‘ullar istilosidan keyin paydo bo‘lgan. Chunki 
Chingizxon vafotidan oldin bosib olgan o‘lkalarni o‘g‘il va nabiralariga taqsimlab 
bergan edi. Shunga ko‘ra, O‘rta Osiyo va Shimoliy Afg‘oniston o‘rtancha farzandi 
Chig‘atoygacha berilgan. Uning hududlariga qaraydigan yerlar chig‘atoy yurti, 
elatlar esa chig‘atoy ulusi, mazkur territoriyada yaratilgan adabiy, tarixiy asarlar 
asta-sekin, davrlar o‘tishi bilan chig‘atoy adabiyoti, uning tili sun’iy ravishda 
chig‘atoy tili nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Shu o‘rinda aytish joizki, Chig‘atoy
adabiyoti atamasi o‘zbek mumtoz adabiyoti, Chig‘atoy tili, chig‘atoy turkiysi 
atamasi eski o‘zbek adabiy tili o‘rnida ishlatilgan. G.Blagovaning yozishicha, 
bu atama dastlab XIII-XIV asrlarda Chig‘atoy sulolasi (turk-mo‘g‘ul), davlat 
hokimiyatining oliy tabaqa vakillari, shuningdek, cherikka nisbatan qo‘llanilgan. 
2
Абуший Хасан Ато. Туркий қавмлар тарихи. - Т.: 1995. 


19 
Keyinchalik, XIV asrda Mavoraunnahr va Xurosondagi turk ulusi, XVI asrdan 
boshlab, Mavoraunnahrdagi turkiy va forsiy aholiga nisbatan qo‘llangan
3
.
Chig‘atoy nomi hozir ham respublikaning turli yerlaridagi joy, suv 
nomlarida, kishilar ismida saqlangan: Chig‘atoy oqtepa, Chig‘atoy ko‘chasi, 
Chig‘atoy mahallasi, Chig‘atoyxon, Chig‘atoev, Chig‘atoynisa. Mavlono Lutfiy 
o‘z devoniga kirgan bir g‘azalda Chig‘atoy so‘zini Toshkent viloyati yoki 
Turkiston eli ma’nosida ishlatgan: 
Sendek sanamni ko‘rmadi Lutfiy Chig‘atoyda 
Chin so‘yla Xito ho‘blariga ne bo‘lursen deb. 
Navoiy «Chor devon»ida chig‘atoy, jo‘ji atamalari urug‘, qabila 
nomlarini bildirgani haqida ma’lumot berilgan: «Turkiy qavm jo‘jidur, inoq, 
chig‘atoy». Binobarin, XV-XVI asrlarda bu nomning ijtimoiy-siyosiy vazifasi 
kengayib, butun Mavoraunnahr hududini, uning xalqi (chig‘atoy eli va ulusi) va tili 
(chig‘atoy 
turkiysi)ni 
ifodalay 
boshladi. 
Jumladan, 
Muhamad 
Solih 
“Shayboniynomasi”da: 
Chig‘atoy el meni o‘zbek demasun, 
Behuda fikr qilip g‘am yemasun. 
“Abushqa” lug‘atida “yurt” ma’nosida Chig‘atoy, Chig‘atoy diyori nomlari 
qo‘llanilgan. XVI asrda yuz bergan temuriylar saltanatining inqirozi va 
Mavoraunnahrda 
shayboniylar 
hokimiyatining 
barpo 
etilishi, 
o‘zbek-
qipchoqlarining bu o‘lkaga kirib kelishi oqibatida ushbu atama asta – sekin 
iste’moldan chiqa boshladi
4
.
Venger sharqshunosi H.Vamberi “chig‘atoy tili” atamasi ostida XII asrda 
tashkil topib, XIX asrgacha keng ishlatilgan adabiy tilni tushungan. V.Radlov, 
P.Melioranskiy kabi olimlar esa bu atamaning qo‘llanish doirasini XIV-XVI asrlar 
deb chegaralaydi. A.Samoylovich chig‘atoy tilining tarixini besh asrga uzaytiradi: 
1. Chig‘atoy adabiy tilining oltin davri (XV-XVI asrlar). 
2. Chig‘atoy adabiy tilining inqirozi (XVII-XVIII asrlar). 
3
Благова Г. Тюркское склонение в ареально-историческом освещении. –М., 1982. – С. 155-156.
4
Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент 
давлат шарқшунослик институти, 2006. – Б. 37. 


20 
3. Chig‘atoy adabiy tilining qayta jonlanishi (XVII-XVIII asrlar). 
V.Reshetov qayd qilganidek, eski o‘zbek tiliga nisbatan “chig‘atoy tili” 
atamasini hatto shartli ravishda ham qo‘llab bo‘lmaydi. Mazkur atama Abulg‘ozi 
Bahodirxon, Radlov, Sherbak yozganidek, “sun’iy til”, nisbiy atamadir. Chunki 
chingiziylar Mavoraunnahr xalqlari madaniyati, tilida sezilarli iz qoldirgan emas. 
Qolaversa, bu o‘lkada faqat turkiylar yashagan. Aksincha, turkiy xalqlarning 
chingiziylarga ta’sir kuchli bo‘lgan. Masalan, XIII asrda yashab o‘tgan yevropalik 
sayyoh Gilom Rubrikning yozishicha, Chingizxonning buyrug‘i bilan turkiy (ba’zi 
manbalarda uyg‘ur) yozuv asosida mo‘g‘ul xati yartilgan. Yana bir ma’lumot: 
Nosiruddin Rabg‘uziy “Qisasi Rabg‘uziy” asarini islom dinini qabul qilgan, 
mo‘g‘ul beklaridan bo‘lgan Nosiruddin To‘qbug‘abekning iltimosiga binoan hijriy 
709-710 (milodiy 1309-1310) yillarda bitganini yozadi. Bu chingiziylar 
hukmronligi davom etayotgan bo‘lsa ham Volga bo‘ylaridan to Xitoy 
chegaralarigacha 
cho‘zilgan 
ulkan 
hududda 
mo‘g‘ullar 
qanday 
turkiylashayotganini va islom ta’limotini turkiy tilda «o‘qimoqqa keraklik, 
o‘rganmakka yarog‘liq» kitoblar orqali qabul qilib musulmon bo‘layotganini 
ko‘rsatadigan tarixiy dalildir. Shunday ekan, Mo‘g‘ullar istilosidan ancha ilgari 
shakllanib, tarqqiy etgan xalq, til va adabiyotni chig‘atoy nomi bilan bog‘lashga 
hech qanday asos yo‘q. 
O‘zbeklarning o‘troq qismi XVI asrgacha turk nomi bilan yuritilib kelgan
undan keyin ularning ma’lum qismi – shahar aholisi sart deb ataladigan bo‘ldi. 
XVI asrdan boshlab, Chirchiq, Ohangaron, Qoradaryo va Norin daryosi vodiysida 
yashovchi aholi, ularning qaysi tilda so‘zlashishidan qat’iy nazar sartlar deyilgan. 
Bundan so‘ng Zarafshon vodiysi va Xorazm vohasidagi o‘troq dehqon-kosib 
hunarmand aholi ham sart nomi bilan yuritgan. Demak, sart atamasi etnik ma’noni 
emas, kishilarning kasbi, xo‘jaligi, turmush tarzini anglatgan. 
Sart atamasi birinchi marta Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida 
uchraydi. Negu ter eshit emdi sartlar bashi (DTS,490). Sart atamasi aslida sanskrit 
tilidan olingan bo‘lib “karvonboshi, savdogar, shaharlik ma’nolarini anglatgan. 
Bunda sartlar alohida guruh bo‘lib, ularning boshliqlari ham bo‘lgani xususida gap 


21 
boradi. “Devonu lug‘otit turk”da “savdogar” semasida kelgan: sartning azuqi arig‘ 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling