Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

Savol va topshiriqlar 
1. G‘arb olimlarining “turk” atamasi haqiddagi qarashlarini gapirib bering. 
2. Chig‘atoy tilini kim birinchi marta sun’iy til sifatida e’tirof qilgan? 
3. Hasan Ato Abushiyning “sart” atamasi haqidagi qarashlari. 
4. Xurshid Davronning “o‘zbek” atamasi xususidagi fikrlarini bayon qiling. 
5. 
Xorijiy 
olimlarning 
“turk”, “chig‘atoy” atamalari borasidagi 
mulohazalarini bayon qiling. 
6. “Turk”, “sart”, “chig‘atoy” atamalarining Navoiy asarlarida qo‘llanishi 
to‘g‘risida fikr bildiring.  
Фойдаланилган адабиётлар:
1. Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек халқи ва тилининг шаклланиши ҳақида.-Т., 
1999. 
2. Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. –Т.: 
Университет, 2007.
3. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. 
Ўқитувчи. 1995. 
4. Носиров Ў. Ўзбеклар шажараси. - Т.: Extremum Press, 2010. 
5. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari 
milliy jamiyati, 2009. 
6. Sanaqulov U. O`zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari. – Т.: G`afur 
G`ulom, 2004. 
7. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага 
келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006. 
8. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: 
Ўқитувчи, 1995. 
9. Қодиров П. Тил ва эл. –Т.: Маънавият, 2010. 
3-MAVZU: ILK VA O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYODAGI 
TIL VAZIYATI 
 


25 
Reja 
1. Turk xoqonligi va qoraxoniylar davrida til masalasi 
2. Oltin O‘rdada turkiy tilning mavqei 
3. Temuriylar davrida til vaziyati 
4. Mamluklar va boburiylar davrida turkiy tilning o‘rni
 
VI-VIII asrlarda bir chegarasi Oltoydan tortib markaziy Mo‘g‘ulistonga 
qadar, ikkinchi yog`I Sharqiy Turkistondan tortib Kaspiyga qadar ulkan hududda 
amal qilgan Birinchi va Ikkinchi ko`k turk xoqoniklarning rasmiy tili turkiy til edi. 
Saltanatning davlat va jamiyat boshqaruvi, xalqaro diplomatik munosabatlari, 
rasmiy yozishmalar turkiy tilda olib borilgan. Rasman ko`k turk yozuvi amalda 
bo`lgan. Badiiy adabiyot, ilmiy va tarixiy asarlar, xonlarning tuzuklari, yorliqlari 
va chet ellar bilan yozishmalari turk tili va ko`k turk yozuvida bitilgan. Hatto 
turkiy til Buyuk ipak yo`li bo`ylab xalqaro til sifatida ham amal qilgan.
Ko‘k turk va keyinchalik uning o‘rnida yuzaga kelga uyg‘ur xoqonliklarida 
Markaziy Osiyoda xalqaro statusni olgan sug‘d, ba’zan tabg‘ach (xitoy) tillariga 
ham e’tibor qaratilgan. Masalan, monumental matnlar bitishda, turkiy til bilan 
barobar, sug‘d, ba’zan tabg‘ach tillaridan ham foydalanilgan. Buni o‘sha kezlardan 
qolgan ikki, uch tilni bitiglarda ham kuzatishimiz mumkin. Chunonchi, 732-yili 
tiklangan Kul tigin bitigi ikki tilli: asosiy matn turkchada, toshning ters yuzida 
xitoycha yozuvi ham bor. To‘quz o‘g‘uz (uyg‘ur) xoqoni Alp Bilga (xitoy 
manbalarida Baoi) xotirasiga 820-821 –yillarda tiklagan Qorabalg‘alg‘asun obidasi 
uch til-turkiy, sug‘dcha va xitoy tilida bitilgan. Bu dalillar turk muhitida mazkur 
tillarga alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi. 
Ko‘k turk xoqonliqlarining ayrim o‘lkalarida, xoqonliqqa qo‘shni yurtlarda, 
turklar bilan aralash yashaydigan boshqa qavmlar ichida ikki tillilik ham amal 
qilgan. Masalan, Sug‘dda va xoqonliq hududidagi sug‘dlar ko‘chib kelib 
o‘rnashgan ayrim kentlarda, sug‘d-turk qo‘shtilliligi, Xorazmda xorazm-turk, 
qo‘shni Toharda va turk xoqonlig‘I, keyinchalik uyg‘ur xoqonlig‘ining Toharga 


26 
qo‘shni viloyatlarida, asosan, to‘xrilar orasida to‘xri-turk qo‘shtilliligi ham amalda 
bo‘lgan.
O‘tmishda yaratilgan, matnlar ichida ikki, uch tillilari ham anchagina. Lekin 
matn ikkitilliligi bilan, jamiyat orasidagi bilingvizm (ko‘p tillilik) bilan 
qorishtirmaslik kerak. Chunonchi, yuqorida qayd etilgan hududlarda xorazm-turk 
qo‘shtilliligi bo‘lgan. Lekin tabg‘ach turk jamiyati tarixiga mos emas. Turkiy 
yodgorliklarda xitoycha matnlarning berilishi xitoy tilining mavqeini nazarda 
tutgan holda shakllangan. Islom davrida turklar orasida arab tilining o‘rganilishi va 
arabiy savodxonlikning yuqori darajada bo‘lganligi ham qo‘shtillilik hodisasi deb 
sanamaslik kerak. 
Turkiy til keying davrlarda yuzaga kelgan turkiy davlat va saltanatlarning 
rasmiy tili sifatida amal qildi. 
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘atit turk” asarida turkiy tilning 
obro‘ - e’tibori, boshqa tillar o‘rtasidagi mavqei, O‘rta va Markaziy Osiyodagi til 
vaziyati xususida batafsil ma’lumot bergan edi. 
U turkiy tilning Sharq xalqlari o‘rtasidagi mavqei xususida to‘xtalib, uni 
“arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o‘zib borayotgan turk tili” 
deya ta’riflaydi. (MK.I.46). 
Turk bo‘lmagan jamoalar ichida turk tilini o‘rganish zarurati xususida 
yozadi: “Ularning [turklarnig] o‘qlaridan saqlanmoq uchun ularning xatti-
harakatlarini mahkam tutmoq har bir aqlli kishiga loyiq va munosibdir. Bularga 
yaqin bo‘lish uchun eng asosiy yo‘l – ularning tillarida so‘zlashishdir, chunki ular 
bu tilde so‘zlashuvchilargayaxshi quloq soladilar, o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga 
zarar bermaydilar. Hatto ular o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. 
Hatto ular o‘z panohida turgan boshqalarning gunohini ham kechib yuboradilar. 
Ishonchli bir buxorolik olimdan va nisoburlik boshqa bir ishonchli olimdan 
shunday eshitgan edim, ular bu so‘zni payg‘ambarga nisbat qilib bergan edilar: 
payg‘ambar qiyomatning belgilari, oxir zamon fitnalari va o‘g‘uz turklarining 
xuruji haqida gapirganda, shunday degan edi: turk tilini o‘rganing, chunki ularning 
hukmdorligi uzoq davom etadi. 


27 
Hadisning to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligining javobgarligi aytgan kishilar 
gardaniga. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, turk tilini o‘rganish vojib(zarur)dir; hadis to‘g‘ri 
bo‘lmagan taqdirda uni o‘rganish zarurligini aql taqazo qiladi” (MK.I.43-44). 
Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarida turkiy qavlarning yerlashuvi, bu 
o‘lkalardagi xalqlaning tillari haqida ham keng ma’lumot beradi. Asarda 
ta’kidlanishicha, Rumga yaqin birinchi qabila pachanak, so‘ng, qiwchaq, og‘uz, 
yamak, bashg‘irt, basmil, qay, qabaqu, tatar, qirqiz, keladi. Qirqizlar Chin 
yaqinidadur. Bu qabilalarning yeri Rum yonidan kun chiqargacha cho‘zilgan. 
“Devonu lug‘atit turk”ka kiritilgan xaritada bu yurtlar G‘arbdan Sharqqa tomon 
cho‘zilgan.
Muallif yana davom etadi: So‘ng chigil, so‘ng tuxsi, so‘ng yag‘ma, so‘ng 
ig‘raq, so‘ng caruq, so‘ng cumul, so‘ng uyg‘ur, so‘ng tanut, so‘ng xitay. Xitoy – 
Chindir. So‘ngra tawg‘ac, bu Mochindir (MK.I.64). “Devonu lug‘atit turk” asariga 
kiritilgan xaritada bu qabilalarning yurtlari Janub bilan Shimol o‘rtasida berilgan. 
Turk ellarining chegaralari xususida ham Mahmud Koshg‘ariyning o‘z 
qarashlari bor. Chunonchi, u Qaz so‘ziga izoh berar ekan, yozadi: “Qaz – 
Afrasiyob qizining nomi… Ba’zailar turk shaharlari chegarasi Marvash – 
Shohijondan boshlanishini so‘zlaydilar. Chunki Qazning otasi Tona Alp Er – 
Afrosiyobdir. U Tahmurasdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar 
butun Movarounnahrni turklar o‘lkalaridan deb hisoblaganalar. U Yankand dan 
boshlanadi. Uning bi roti Dizrujin dir. U sariqligiga ko‘ra, mis shahri demakdir. Bu 
Buxoraga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi – Qazning eri Siyavus o‘ldirilgan. 
Majusiy-otashparastlar har yili bir kun bu yerga kelib, Siyavus o‘lgan joy atrofida 
yig‘laydiar. Mollar so‘yib qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori 
tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday. Butun Movarounnahr, Yankand dan 
Sharqqacha bo‘lgan o‘lkalarni turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki, 
Samarqand-Semizkand, Taskand-Sas, O`zkand, Tunkand nomlarining hammasi 
turkchadir.KAnd turkcha shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday 
nom qo‘ydilar. Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar 
ko‘paygach, so‘ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan. Hozir turk o‘lkalarining 


28 
chegarasi Abisgun dengiz bilan o‘ralgan. Rum o‘lkasidan va O‘zjand dan 
Chingacha cho‘ziladi. Uzunligi besh ming farsax, eni uch ming farsax, hammasi 
sakkiz mimg farsaxdir” (MK.III.163-164). Mahmud Koshg‘ariyning “kand turkcha 
shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo‘ydilar. 
Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar ko‘paygach, so‘ng ular 
Ajam shaharlari kabi bo‘lgan” degan ma’lumotlari Movarounnahrning sanab 
o‘tilgan o‘lkalari turklar tomonidan bunyod etilgani, keyinchalik bu yerlarda 
forsiyzabonlar nufuzining ham oshganligi, joy nomlarining esa forscha atab 
ketilganidan dalolat beradi (Incuo‘guz – Sirdaryo, Kes (~Kas) – Shahrisabz kabi 
nomlarning yuzaga kelishi bunga misol). 
Mahmud Koshg‘ariy yuzyilliklar osha Markaziy Osiyo zaminida yashab 
kelgan etnik guruhlar va ularning tillari haquda ham aniq ma’lumotlar keltiradi. 
Jumladan, u mazkur o‘lkalarda yashovchi sog‘daq, kancak, arg‘u larni ikki tilde 
so‘lashuvchilar deb ta’kidlaydilar. Uning yozishicha, xo‘tanliklar, tabutlar va 
tangutlarning ba’zilari kabi ikki tilda so‘zlaydiganlar va boshqa shaharlarga borib 
yurganlar tilida buzuqlik bor. Bular bu yerlarga so‘ng kelganlar (MK.I.65).
Mochinliklar va chinliklarning alohida tillari bor bo‘lsa ham, shaharliklar 
turkchani yaxshi biladilar. Olimning yana yana ta’kidlashicha, ularning turklar 
bilan yozishmalari turkchadir (MK.I.65). 
Tubutlarning tillari alohida. Shuningdek, xo‘tanliklarning ham ayrim 
yozuvlari va ayrim tillari bor. Tubutlar ham xo‘tanliklar ham turkchani yaxshi 
bilmaydilar (MK.I.65).
Mahmud Qoshg`ariyning yozishicha, Balasag`un, Tiraz, Madinatulbayza 
shaharlarining xalqlari sug`dcha va turkcha so`zlaganlar ( MK.I.66).Ushbu fakt 
ikki masalaga e`tibor qaratishni talab etadi: birinchidan, bu o`rinda shu o`lkalarda 
ikki tilde so`zlashuvchi ikki xalq yashaganligi nazarda tutilmoqda; ikkinchidan esa 
bu o`lka xalqlarining (so`gaq, kancak, arg`u larning ) ikki tilligi. Ma`lumki, ko`k 
turk, uyg`ur xqonliklari va qoraxoniylar davrida bu o`lkalarda turklar bilan birga 
savdo yoxud boshqa ijtimoy-siyosiy jarayonlar ta`sirida kelib o`rnashib qolgan 
sug`dlar ham yashar edi. Mahmud Qoshg`ariy sog`daq (ya`ni sug`d) xalqini ikki 


29 
tilde so`zlashuvchilar deb ta`kidlaganda (MK.I.65) ko`proq shu o`lkalardagi 
sug`dlarni nazarda tutgan ko`rinadi.
Ko`k turk, uyg`ur xoqolnliklari va qoraxoniylar davrida Balasag`un aholisi 
ikki tilli edi. Mahmud Qohg`ariyning yozishicha, balasag`unliklar sug`dcha va 
tukcha so`zlaganlar (MK.I.66). Xalqning ikki tilli ekanligining boisi, bu yerda 
turklar bilan birga su`gdlar ham yashagan. Lekin qoraxoniylar davriga kelib, bu 
yerli sug`dlarning turklashuv jarayoni yuz bera boshlagan ko`rinadi. Mahmud 
Qoshg`ariy sog`daq so`ziga izoh bera turib: “Sog`daq-Balasag`unga joylashgan 
bir qavm. Ular Samarqand va Buxoro o`rtasidagi So`g`dan bo`lib, keyin turklashib 
ketgan odamlar” deb yozgan edi (MK.I.437).
Muallif yana davom etadi: So`ng cigil, so`ng tuxsi, so`ng yag`ma, so`ng 
ig`raq, so`ng caruq, so`ng cumul, so`ng uyg`ur, so`ng tanut, so`ng xitay. Xtioy-
Chindir. So`ngra tawg`ac, bu Mochindir (MK.I.64.). “Devon lu`gatit turk” asariga 
kiritilgan xaritada bu qabilalarning yurtlari Janub bilan Shimol o`rtasida berilgan.
Turk ellarining chegaralari xususida ham Mahmud Qoshg`ariyning o`z 
qarashlari bor. Chunonchi, u Qaz so`ziga izoh berar ekan, yozaadi: “Qaz – 
Afrasiyob qizining nomi… Ba`zilar turk shaharlari chegarasi Marvash- 
Shohijondan boshlanishini so`zlaydilar. Chinki Qazning otasi Tona Alp Er- 
Afrosiyobdir. U Taxmurasdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba`zilar 
butun Mavoraunnaxrni turklar o`lkalaridan deb hisoblaganlar. U Yankand dan 
boshlanadi. Uning bi roti Dizrujin dir. U sariqligiga ko`ra, mis shaxri demakdir. Bu 
Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi -Qazning eri Siyavus o`ldirilgan. 
Majusiy -otashparastlar har yili bir kun bu yerga kelib, Siyavus o`lgan joy atrofida 
yig`laydilar. Mollar so`yib, qurbonlik qiladilar. So`yilgan mol qonini uning mozori 
tepasiga to`kadilar. Ularning odatlari shunday. Butun Mavoraunnahr, Yankand dan 
sharqqacha bo`lgan o`lkalarni turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki, 
Samarqand- Semizkand, Taskand- Sas, O`zkand, Tunkand nomlarining hammasi 
turkchadir. Kand turkcha shahar demakdir.Ular bu shaharlarni ko`rdilar va shunday 
nom qo`ydilar. Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar 
ko`paygach, so`ng ular Ajam shaharlari kabi bo`lgan. Hozir turk o`lkalarining 


30 
chegarasi Abisgun dengizi bilan o`ralgan. Rum o`lkasidan va O`zchand dan 
Chingacha cho`ziladi. Uzunligi besh ming farsax, eni uch ming farsax, hammasi 
sakkiz ming farsaxdir (MK.III.163-164). Mahmud Qoshg`ariyning “kand turkcha 
shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo`ydilar. 
Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar ko`paygach, so`ng ular 
Ajam shaharlari kabi bo`lgan” degan ma`lumotlari Mavorounnahrning sanab 
o`tilgan o`lkalari turklar tomonidan bunyod etilgani, keyinchalik bu yerlarda 
forsiyzabonlar nufuzining ham oshganligi, joy nomlarining esa forscha atab 
ketilganidan dalolat beradi (Incuoguz- Sirdaryo, Kes – Shahrisabz kabi 
nomlarining yuzaga kelishi bunga misol).

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling