Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
to‘qqiz, qozon, kuz, eshik so‘zlari chuvash tilida serr, taxhar, xuran, ker, alak
(darvoza), ilt, sitmel, utmal ko‘rinishlariga ega. Bu jihatdan chuvash tili mo‘g‘ul tillariga ancha yaqin. Mo‘g‘ul tillari bilan boshqa turkiy tillar orasida ham l-š 34 mosligi mavjud (tanil – taniš). Bu holat chuvash - mo‘g‘ul tillari munosabati qadim davrlardan boshlanganini ko‘rsatadi. Rotatsizm va labdaizm qoldiqlari boshqa turkiy tillarda ham uchrab turadi: ozarb., turkm. dešik-delik “teshik”; boshq. kašik- kalak “choy qoshiq”, o‘zb. semir-semiz, ko‘rar-ko‘rmas, sergak-sez. Turkiy tillarning yuqorida ta’kidlangan xususiyatlari bu tillar fonetik tizimidagi asosiy jihatlar hisoblanadi. Ba’zi o‘rinlarda umumiy fonetik xususiyatlardan chekinish hollari ham kuzatiladi. Masalan, qarluq guruhi tillarida so‘z boshida ba’zan y emas j keladi: o‘zbek tilida jo‘namoq, jun; uyg‘ur tilida jurak (yurak) kabi. O‘g‘uz guruhi tillarida so‘z boshida t o‘rnida d tovushi qo‘llanishi xarakterli bo‘lgani holda, ozarbayjon tilida ayrim so‘zlarda aksincha holat kuzatiladi: taniš, tarla “dala”, tutašma- “ushlamoq” kabi. O‘zbek tilida so‘z boshida y va d tovushlarini parallel qo‘llash hollari ham mavjud: dumaloq / yumaloq kabi. Bu holat turkiy tillarning umumtaraqqiyot bosqichlariga xos xususiyatlar bilan bir qatorda xususiy taraqqiyot jarayoniga doir jihatlarni ham namoyon eta borishi bilan izohlanadi. O‘zbek va turkman tillarida so‘z boshida keladigan y tovushi qipchoq guruhidagi turkiy tillarda j tovushi bilan beriladi: yigit - jigit, yo‘q -jo‘q, yetti - jetti. O‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarda ishtirok etgan ch, sh undoshlari o‘rnida qoraqalpoq va qozoq tillarida s undoshi qo‘llanadi: kuch - kush, och - ash, tish - tis, bosh - bas kabi. O‘zbek tilida g‘ undoshi bilan tugagan so‘zlar tatar, boshqird, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida (v) u undoshlari bilan beriladi: tog‘ – tav – tau, bog‘ – bav – bau, sog‘ – sav – sau kabilar. Turkiy tillardagi singarmonizm hodisasi oldingi bo‘g‘in (yoki o‘zak)dagi unliga keyingi bo‘g‘in (yoki bo‘g‘inlar)dagi unlilar, ba’zan undoshlarning artikulnatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra moslashuvidir. Bunda bir bo‘g‘inli so‘zlardagi unli doimiy va mustaqil bo‘lib, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardagi keyingi unlilar esa oldingi bo‘g‘inga muvofiqlashadi. Masalan, bar -gan -lar, kol-ga (o‘zbek tili qipchoq shevalari), yük-sältmäk (ozarbayjon tili). Singarmonizmning bu ko‘rinishi 35 – palatal yoki tanglay singarmonizmida birinchi bo‘g‘in unlisi mustaqil bo‘lib, keyingi bo‘g‘indagi unlilar unga tobe bo‘ladi, ya’ni birinchisiga moslashadi. Turkiy tillarda dastlabki bo‘g‘indagi unlilarning lablanishi natijasida keyingi bo‘g‘indagi unlilar ham lablanadi: qirg‘. köllärdä, alt. kalda, yoq. qorobun “ko‘ryapman”; turuoxput “turamiz”, oğolar “bolalar”, qirg‘. quldor "qo‘llar", turk. kolu "qo‘li" . Ayrim turkiy adabiy tillarda singarmonizm o‘z kuchini yo‘qotib bormoqda. Rus va boshqa tillardan kirib kelgan yangi so‘zlar yordamida morfologik shakl tuzilganda singarmonizmga rioya qilinmaydi. Agar XX asr boshlariga qadar tilda singarmonizmning buzilishi 18-23 % bo‘lsa, keyingi davrda bu holat nisbatan ko‘proq foizni tashkil etadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm sezilmas darajaga kelib qolgan. Bu hodisa ayrim so‘zlar tarkibidagina saqlangan: suzgich, ko‘rsatkich, bosqich, bezak, taroq; ulug‘, ulush, uchqun, tuyg‘u, buyuk, yugur kabi. Turkiy tillarning leksik jihatdan o‘ziga xosligi quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: iŋäk - ozarb., uyg‘., o‘zb. inäk, olt., gag., qirg‘., tuv., turk, turkm. inek; yoqut. ïnah. Qadimgi turkiy tilda: iŋäk. Quralay / kuralai: boshq. koralai, qoz. kuralai, o‘zb. (dial.) kuralay. L. Budagov lug‘atida “yovvoyi echki bolasi” ma’nosida qayd etilgan. Turk. sačlı sığır “bizon”; turkm. dere sığırı “bug‘u”; turkm. mal ğ ara “qora mol”; ozarb. dağ kečisi, qirg‘. tō e č ki “tog‘ echkisi ”. O‘ziga xos taraqqiyot bosqichini o‘tagan, milliy qadriyatlarni, urf-odat, an’analarni o‘zida mujassamlantiruvchi muloqot vositasi hisoblangan o‘zbek tili tabiatiga xos jihatlar shu tilning umumturkiy taraqqiyot davridagi xususiyatlari tahlilida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilining umumturkiy taraqqiyot davriga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlar o‘sha davrda yaratilgan manbalarda, og‘zaki ijod namunalarida, dialektlarda o‘z ifodasini topgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi turkiy tillar grammatik qurilishida ham o‘xshash tomonlar mavjud. Turkiy tillardagi so‘z turkumlari, so‘z va shakl 36 yasovchilar bir-biriga o‘xshaydi. Ammo affikslar har bir tilning o‘z fonetik tuzilishiga ko‘ra turlicha variantlarda keladi. Masalan, o‘zbek adabiy tilida ko‘plik -lar affiksi bilan beriladi, hozirgi turkiy tillarda -lar//-ler qo‘shimchasi va uning variantlari orqali ifodalanadi: -la //-le //-lө: uyg‘. adamla “odamlar”, gulө “gullar”; -nar//-ner: q.qalp. qatunnar “xotinlar”, senner “senlar”; -nor: turkm. oglonnor “o‘g‘lonlar”, -dar//- Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling