Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 4-MAVZU: O‘ZBEK ADABIY TILINING TARIXIY TARAQQIYOTI Reja 1. O‘zbek adabiy tili va turkiy tillar .
Savol va topshiriqlar 1. Qadimgi turkiy til davridagi matn ikkitilliligi va bilingvizmga tavsif bering. 2. Qoraxoniylar tasarrufiga kirgan hududlardagi til vaziyatini bayon qiling. 3. Mo‘g‘ullar davrida turkiy tilning o‘rnini izohlang. 4. Temuriylar turkiy tilning himoyachisi sifatida. 5. Mamluklar va boburiylar davrida turkiy tilga e’tibor. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек халқи ва тилининг шаклланиши ҳақида.-Т., 1999. 2. Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. –Т.: Университет, 2007. 3. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. Ўқитувчи. 1995. 4. Носиров Ў. Ўзбеклар шажараси. - Т., 2010. 5. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006. 6. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: Ўқитувчи, 1994. 31 4-MAVZU: O‘ZBEK ADABIY TILINING TARIXIY TARAQQIYOTI Reja 1. O‘zbek adabiy tili va turkiy tillar. 2. O‘zbek adabiy tilining boshqa tillar bilan munosabati 3. O‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til 4. Tayanch dialekt masalasi O‘zbek tili O‘rta Osiyodagi qoraqalpoq, turkman, qirg‘iz, MDH davlatlaridan Volga bo‘yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumuk, qorachoy, bolqar, qrimdagi gagauz, qrim-tatar, chet mamlakatlaridagi uyg‘ur, usmonli turk kabi qator tillar bilan birgalikda alohida til guruhini tashkil etadi. Bu guruh fanda turkiy tillar oilasi deb yuritiladi. Turkiy tillarning fonetik, lug‘at tarkibi jihatidan bir-biriga yaqinlik darajasi qadimiy hodisadir. Bu turkiy tillar azaldan qandaydir bir til manbai, negiziga ega bo‘lganligidan darak beradi. Turkiy tillar leksikasining umumiy xususiyatlari quyidagicha: 1. O‘zak aksariyat o‘rinlarda sv qolipida bo‘ladi. 2. Turkiy so‘zlarda ot-fe’l omonimligi ko‘p uchraydi: to‘y, tut, yoz. O‘zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar juda kam. Asosan bir bo‘g‘inli: ot, ov, oy; ikki bo‘g‘inli bo‘ladi: ikki, olti, yetti va h.o. 3. Turkiy so‘zlarda tarixiy fonetik o‘zgarishlar sezilib turadi: yiğoč-yağač; jil-yil, jilan-yilan -ilan; sal jilmoq-siljimoq. 4. Tana a’zolari nomlari, asosan, turkiy qatlamga oid: kӧz, quloq, til, baš, qaš. 5. Tub fe’llar turkiy hisoblanadi: ber, bil, qač, kir, qoy, tol, bur, ayt. O‘zbek tilidagi so‘zlar boshqa turkiy tillardagidek asosan uch tovushli bo‘ladi: bil, til, kel, ko‘z va hokazo. Barcha turkiy tillardagi singari so‘zlar ko‘p ma’nolidir: bosh, tosh, tish, uch. 6. Sonlar (beš, yetti), olmoshlar (men, siz) turkiy qatlamga mansubdir. 7. Turkiy tillarda so‘z tartibi quyidagicha: asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha. Boshqa turkiy tillardagi 32 kabi o‘zbek tilida affikslar so‘z oxiriga qo‘shiladi. Bundan fors-tojik tilidan o‘zlashgan old qo‘shimchalar prefikslar mustasno: el + chi + lar + imiz. Yuqoridagi o‘xshashliklar bilan bir qatorda o‘zbek adabiy tili o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qiladi. Masalan, o‘zbek adabiy tilida unlilar oltita (a, ә, o, o‘, u, i) qirg‘iz tilida sakkizta (a, ә, o, ө, u, ү, i, ы), uyg‘ur tilida ham sakkizta (a, e, o, ө, e, u, ү, i), xakas tilida esa to‘qqiztadir. Hozirgi turkiy tillarda unli va undosh tovushlar miqdori bir xil emas. Tuva, gagauz, chulim, tatar tillarida unlilar miqdori variantlari bilan hisoblaganda yigirmatadan ortadi. Masalan, gagauz tili fonetikasida 18 ta unli fonema beriladi: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling