Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

tili, xon tili, “Devonu lug‘otit turk”dagi turk tili, xoqoniya tili, xoqoniya 
turkchasi, “Hibatul haqoyiq” uchragan kashg‘ar tili atamalari qorahoniylar davri- 
dagi adabiy tilning nomlari hisoblanadi.



“Adabiy til” va “badiiy adabiyot tili” atamalari bir-biriga yaqin tushunchalar
bo‘lishi bilan birga hamma vaqt ham mos tushmaydi. Badiiy adabiyot tili 
umumxalq tili taraqqiyot qonunlariga bo‘ysunadi, matbuot tili hisoblangan adabiy 
tilga va so‘zlashuv tili bo‘lgan jonli tilga asoslanadi. Qaysiki, yozuvchi hayotiy 
voqealarni tasvirlaganda, obraz yaratganda, adabiy til ifoda vositalardan jonli 
tildagi sheva shakllardan, kasb-hunarga xos atamalardan ham keng foydalaniladi. 
Binobarin, badiiy adabiyot tili adabiy tilga qaraganda keng qamrovlidir.
Umumxalq tili taraqqiyotning barcha davrlarida mavjud bo‘lsa, milliy til 
ma’lum zamonga xos. Darhaqiqat, milliy tilning shakllanishi millat va unga 
tegishli bo‘lgan til birligining yuzaga kelishi bilan bog‘liq. U adabiy til rivojining 
so‘ngi davriga mansub. Umumxalq tilining turlari sanalgan adabiy til va milliy til 
uchun sheva, dialektlar asosiy manbadir. 
Adabiy til taraqqiyotining har bir bosqichida uning o‘ziga xos uslublari 
mavjud bo‘ladi, chunki adabiy til uslublar tizimidan tashkil topadi. Shunga ko‘ra
adabiy til tarixi uslublar tarixini qamrab oladi. Uslub - tilning tarixan tarkib topgan 
bir ko‘rinishi bo‘lib, o‘ziga xos tarkibi, birikish xususiyati va nutq vositalarini 
ko‘llash qonuniyatlari bilan ajralib turadi. Shu jihatdan dastlab funksional 
uslublarni ko‘rsatish mumkin. Bu uslublar tizimining xususiyati uning ishlatilish 
doirasi, bu uslublarining ijtimoiy ko‘llanilish sohalari bilan bog‘langan. Jumladan, 
hozirgi o‘zbek adabiy tilining publitsistik yoki professional-texnik uslublarida 
boshqa funksional uslublarda bo‘lganidek, til vositalarini tanlash va tartibga 
keltirish shu matnlarning mazmuni, mohiyati hamda ishlatilish soxasining o‘zi xos 
xususiyati bilan bog‘langan. Funksional uslublar bilan bir qatorda individual 
uslublar ham bor. Bu uslublar tizimining xususiyati shundan iboratki, unda muallif 
o‘z individual nuqtai nazari va didiga mos ravishda tilning sinonimik 
ifodavositalarini tanlab oladi. Individual uslublar asosan badiiy asarlar tilida 
qo‘llaniladi, unda qayta uslubiy bo‘yoq oladi, turli janrlarga va adabiy-badiiy 
yo‘nalishlarga xos uslublar bilan birga ishlatiladi. Bu, o‘z navbatida, badiiy 
asarlarda yozuvchi tili va yozuvchi uslubini varqlash zarurligini ham keltirib 
chiqaradi. Yozuvchi tomonidan adabiy til va jonli so‘zlashuv tilidan tanlab 


10 
olingan barcha til vositalari majmui yozuvchi tilini tashkil qiladi. Yozuvchi tilini 
o‘rganishda asosiy diqqat muallifning adabiy tildan nimalarni o‘z asari uchun 
tanlab olganligiga jalb qilinadi. Yozuvchi uslubi yoki yozish uslubi, muallif
tomonidan tanlab olingan til vositalarini ishlatish undan foydalanish usulidir. 
Yozuvchi uslubini o‘rganishda uning eng yaxshi individual ta’sirchan va obrazli 
ifodalar yaratishda tanlab olgan umumtil vositalaridan qanday foydalanishga 
ko‘proq diqqat qilinadi. Demak, yozuvchining uslubi uning dunyoqarashi, adabiy-
badiiy oqim, asarning mavzui, janri, g‘oyaviy yo‘nalishi va muallifning individual 
badiiy g‘oyasiga asoslagan yozish uslubidir. Shuni qayd qilish kerakki, adabiy til
tarixiga nisbatan til uslublari masalasi tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan qaralishi 
zarur. Chunki, til uslublari tarixiy kategoriyadir.
Adabiy til uslublari jamiyatning rivoji bilan turli xil bo‘lishi mumkin. 
Chunki fikrni ifoda etish jarayonida har bir asar nutq tuzilishining o‘ziga xosligi 
bilan farqlanadi. Adabiy til uslubi taraqqiyotini adabiy janrlar taraqqiyotidan 
ajralgan holda qaralmaydi. Til birliklari va ularning qo‘llanishi normalari asar
janri bilan mustahkam aloqadadir. Shuning uchun ham adabiy tilning
uslublarini klassifikatsiya qilganda, uning janr xususiyati hisobiga olinadi.
Janrlarga qarab adabiy tilning uslublarini quyidagi gruppalarga ajratish mumkin.
1. Adabiy-badiiy uslub. Nazmiy va nasriy asarlar uslubi. 
2. Ilmiy bayon uslubda. Bu fan sohalarining xususiyati bilan bog‘liq 
ravishda bir qancha guruhlarga (iqtisodiy fanlar uslubi. Tibbiy fanlar uslubi 
bo‘linadi). 
3. Ijtimoiy-publitsistik uslub, ya’ni ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan 
asarlar (maqolalar, ocherklar) uslubi; 
4. Ishlab chiqarish-texnik uslub. Bunga turli kasblar va texnikaga doir 
asarlar uslubi kiradi. 
5. Rasmiy xujjatlar, maxsus ish yuritish uslubi. Qonunlar, har xil buyruqlar 
farmonlar, ish yuritishi xujjatlarining uslubi. 
6. Adabiy tilning alohida slub turi sifatida yozishmalar, nomalar va xatlarga 
doir maktub uslubini ko‘rsatish mumkin. 


11 
Adabiy til tarixining turli davrlarida uning uslublari, ularning xizmat 
doiralari ham o‘zgarib turadi. Ammo barcha uslublar uchun o‘zbek adabiy tilining 
grammatik qurilish va keng iste’molda bo‘lgan «betaraf» so‘zlar umumiy bo‘lib 
qoladi. Adabiy til tarakqiyotining turli davrlarida uslublar o‘zgarib boradi. Adabiy 
til uslubi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat tilning fonetik, grammatik va leksik 
unsurlaridan foydalana olishidir. Tilda shunday so‘zlar borki, ular adabiy tilning 
barcha uslublarida qatnasha oladi. Bu kabi so‘zlarni ilmiy adabiyotlarda stilistik 
neytral so‘zlar deb ham yuritiladi. Masalan, oq, suv, o‘tirmoq, bormoq. Bunday 
umumiylik leksikada chegaralangan bo‘lsa, fonetik va morfologiyada deyarli 
chegaralanmagan.
Til tarixini o‘rganishdagi muhim masalalardan biri davrlashtirish-dir
Davrlashtirish xalqning shakllanishi, etnik tarkibi, tillarning kelib chiqishi, 
taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari kabi masalalarga oydinlik kiritadi. 
Ayni paytda, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog‘likdir. Bu vazifa 
dastlab Koshg‘ariy tomonidan amalga oshirilgan. XIX asrdan boshlab turkiy
tillarni rus olimlari tasnif qila boshladi. Bulardan ayrimlarini namuna uchun 
keltiramiz: 
Radlov turkiy tillari to‘rt guruhga bo‘ladi: 
1. Sharqiy guruh (Sibir tatarlari tili).
2. G‘arbiy guruh (qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar tillari). 
3. O‘rta Osiyo guruhi (o‘zbek, uyg‘ur tillari). 
4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim tatar tillari). 
Samoylovich Radlov va Korsh tasniflarini birlashtirib oladi. 
1. Janubiy- sharqiy yoki chig‘atoy guruhiga hozirgi uyg‘ur, o‘zbek tillari 
va shevalarini kiritadi. 
2. Janubiy-g‘arbiy yoki o‘g‘uz guruhiga o‘zbek tilining o‘g‘uz shevalarini 
kiritadi. 
Malov o‘z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o‘zbek, chig‘atoy tillarini 
kiritadi. N.A.Baskakov tasnifida turk tillarining G‘arbiy xun tarmog‘i qarluq 
tillari guruhiga kiritiladi; qarluq — xorazm guruhiga qoraxoniy - xorazm tili 


12 
(Ahmad Yassaviy asarlari), hozirgi uyg‘ur tili va shevalari kiritilgan (bunda
ayrim lingvistik belgilar hisobga olingan). Ularning ba’zilari turkiy tillarni
hududiy jihatdan tasnif qilsa, ayrimlari tillarning muayyan lingvistik belgilariga 
asoslanadi. Uchinchilarida turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha
bog‘lanmaydi. 
Turkiy tillarni tasniflash va uning taraqqiyoti tarixini davrlashtirish bilan 
bog‘liq ravishda o‘zbek adabiy tili tarixi ham olimlar tomonidan turlicha 
davrlashtirildi. Jumladan, Malov (1951) o‘zbek adabiy tili tarixini uch 
davrgabo‘ldi: 1) Uyg‘ur adabiy tili; 2) Chig‘atoy adabiy tili; 3) O‘zbek adabiy tili. 
Bu davrlashtirishga ko‘ra hozirgi o‘zbek adabiy tili chig‘atoy adabiy tilidan kelib 
chiqadi. Chig‘atoy (eski o‘zbek) adabiy tili esa o‘z navbatida, uyg‘ur adabiy 
tilidan kelib chiqqan.
Samoylovich (1928) o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrgabo‘ladi:
1. Qoraxoniylar davri adabiy tili (X-XІ asrlar). Bu davr qoraxoniylar 
davlatida shakllangan va keng qo‘llangan sharqiy turkiy adabiy til va shu tilda 
yozilgan asarlar bilan ajralib turadi.
2. O‘g‘uz-qipchoq tili (XII-XIV asrlar) — o‘g‘uz-kipchoq dialekti negizida 
rivojlangan g‘arbiy turkiy adabiy til hamda bu yerda yaratilgan asarlar bilan 
bog‘langan.
3. O‘rta Osiyo adabiy tili (XIV-XX asrlar). Bu davr tili shu asrlar davomida 
turkiy-eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan asarlar bilan bog‘langan. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tili esa O‘rta Osiyo turkiy adabiy tilining davomi deb qaraladi.
A.Щerbak (1953) tasnifi:
1. O‘zbek adabiy tilining eng kadimgi davri (X-XIII asrlar). Bu davr asosan 
sharqiy turkiy adabiy til hamda ma’lum darajada g‘arbiy turkiy adabiy til bilan 
bog‘langan.
2. O‘zbek adabiy tilining o‘rta - «chig‘atoy» tili davri (XIV-XVI asrlar). 
Bu davr tili asosan eski o‘zbek adabiy tili hamda shu tilda yozilgan asarlar bilan 
bog‘langan.


13 
3. O‘zbek adabiy tilining yangi davri (XVII-XVIII asarlar). Bu davr 
xonliklar davri adabiy tilini qamrab oladi.
4. O‘zbek adabiy tilining eng yangi davri (XIX-XX asrlar).
O.Usmanov (1957) klassifikatsiyasi:
1. Qadimgi turk tili davri (V-IX asrlar)
2. Qadimgi o‘zbek tili davri (IX-XII asrlar)
3. Eski o‘zbek tilining ilk davri (XIII-XIV asrlar)
4. Eski o‘zbek tili ( XIV-XIX asrlar)
5. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili.
G‘.Abdurahmonov (1973) tasnifi:
1. Eng kadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgai davr)
2. Qadimgi turkiy til (VII-XI asrlar)
3. Eski turkiy til (XI-XIII asrlar)
4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar)
5. Yangi o‘zbek adabiy tili (XIX-XX asrlar)
6. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili.
Q. Sodiqov (2009) tasnifi:
1. Eng qadimgi turkiy til (qadimgi davrlardan eraning V asrigacha bo‘lgan 
davr). 
2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar).
3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr boshlari)
4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asr - XX asr boshlari)
5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asr boshlaridan hozirga qadar). 
Bu masala yuzasidan turli olimlar bayon qilgan fikrlarni umumlashtirib va ularga 
tayangan holda, o‘zbek adabiy tili tarixini o‘zbek xalqining tarixi hamda 
jamiyatning ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda quyidagicha 
davrlashtirish mumkin:
1. Eng qadimgi turkiy til (qadimgi davrlardan eraning VI asrigacha bo‘lgan 
davr). 
2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar).


14 
3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr birinchi yarmi)
4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asr ikkinchi yarmi - XX asr 30-yillari)
5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asr 30-yillaridan hozirga qadar). 
Umuman, o‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish bir tomondan o‘zbek 
xalqining shakllanishi, etnik tarkibi, taraqqiyotini, ikkinchidan, qadimgi turkiy til 
qurilishi va hozirgi turkiy tillar tasnifida o‘zbek adabiy tilining tutgan o‘rni, o‘ziga 
xos jihatlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling