Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hibatul haqoyiq
Alimchi arslan, berimchi sichg‘an – oluvchi arslon, beruvchi sichqon; Evdagi
buzag‘u o‘kuz bo‘lmas – uyda o‘sgan buzoq hech vaqt ho‘kiz bo‘lmaydi; Alin arslan tutar, kuchin ko‘chuk tutmas – hiyla bilan arslonni tutish mumkin, zo‘rlik bilan qo‘g‘irchoqni ham tutib bo‘lmaydi; Sundilach ishi ermas o‘rtugun tepmak – sa’vaning ishi ermas xirmon yanchmoq. Mahmud Koshg‘ariy hozirgi tilshunoslikda qo‘llanilayotgan uch uzvli so‘z yasalish tuzilishi haqida ham ma’lumot beradi. U so‘z yasashga asos, yasovchi vosita va yasalma haqida fikr yuritadi. Jumladan, otlarning yasalishi haqida ma’- lumot berar ekan, fe’ldan (yasashga asos) o‘n ikki harf (yasovchi vosita) vositasida 61 ot (yasalma) hosil bo‘lishini ta’kidlaydi. Ot yasovchi qo‘shimcha atamasi o‘rniga harf atamasini qo‘llaydi. Fe’ldan ot yasovchi qo‘shimchalar sifatida -a(-ga, -ma): bilga «bilimdon, aqlli» (bildi so‘zidan), uva «taom» (uvdi «maydaladi» so‘zidan), kesma «kokil» (kesdi fe’lidan; ko‘zni berkitmaslik uchun sochni kesiladigan joyi ham kesma deyilishi qayd etiladi); -t (-ut,- it): qachut «qochuvchi» (qochdi fe’lidan); -sh(ish) bilish «tanish» (bildi fe’lidan), urush, to‘qush «jang» (urdi, to‘qidi fe’llaridan); -g‘(-ig‘,-g‘u): Bu qo‘shimchaning uch xil ma’noli affiks ekanligi ta’kidlanadi. Birinchi ma’nosi arig‘ «sof, toza» (arindi, «tozalandi» fe’lidan); quruq (quridi fe’lidan); ikkinchi ma’nosi o‘rinni bildiradi: yaylag‘ «saylgoh», qishlog‘ (Bu so‘zlar yay va qish otlari oxiriga -g‘ qo‘shimchasi qo‘shib yasalgan, deyiladi. Aslida -loq o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimcha sifatida shakllanib bo‘lgan). Uchinchi ma’nosi fe’llarga u harfi bilan birgalikda qo‘shilib, - g‘u holida qurol oti hosil qilishini ko‘rsatadi: bichg‘u «narsalarni kesuvchi asbob» (bichdi fe’lidan yasalgan). Mahmud Koshg‘ariy so‘z yasashning affiksatsiya usulidan tashqari, boshqa usullar borligi haqida ham ma’lumot beradi. Ana shunday usullardan biri enantiosemiyaga misol beradi. Masalan, o‘t «dori»: o‘t ichtim «dori ichdim», o‘t «zahar»: beg anga o‘t berdi «bek unga zahar berdi». Mahmud Koshg‘ariy arab tilshunosligi an’analari asosida turkiy tillarda ham uchta so‘z turkumini ajratadi: otlar (ismlar), fe’llar va yordamchilar (harflar). Bu so‘z turkumlari ichida ayniqsa fe’llar chuqur tahlil etiladi. Fe’llarning zamon, nisbat, shaxs-kategoriyalari haqida ma’lumot beradi. Fe’llar uch zamonga: o‘tgan, hozirgi va kelasi zamonga bo‘linadi. «Fe’lning o‘tgan zamon shakli hamma fe’llarda -di qo‘shilib yasaladi, hech qaerda o‘zgarmaydi», deyiladi (III,41). Mahmud Koshg‘ariy affikslarning turli fonetik variantlari va bu variantlarning paydo bo‘lishidagi morfonologik o‘zgarishlarning sabablari haqida ham fikr yuritadi. Xususan, o‘tgan zamon shakli - di haqida to‘xtalib, shunday yozadi: «O‘tgan zamon fe’l yasovchi -di p, t, ch, k kabi to‘rtta qattiq harflar 62 (tovushlar) bilan qo‘shilgaida «d» «t» ga almashadi. Chunonchi, tapti «tepdi», tutti «oldi», qachti «qochdi», cho‘kti «cho‘kdi» kabi (III,41-42). Kelasi zamon fe’li barcha fe’l turlaridan -r qo‘shimchasi qo‘shish orqali hosil qilinishi ko‘rsatiladi. Masalan, turur (tur fe’lidan), kelir (kel fe’lidan), kulur (kul fe’lidan). Shuningdek, -g‘ay, -qay, -kay, -gay affikslari ham kelasi zamonni ifodalashini ta’kidlaydi: qur- g‘ay, sag‘qay, kelgay. Birlik-ko‘plikni ifodalashda qabilalar o‘rtasidagi farqlar ham bayon qilinadi. «O‘g‘uz va qipchoqlar birlikda bar, ko‘plikda baring deydilar. Ular ko‘plik qo‘shimchasi -larni tushirib qoldiradilar. -lar o‘rniga tinglovchi bir- ligida -(i) ngiz qo‘llaydilar. Hurmat uchun bir kishiga ham -z orttiradilar, ular tilida bir kishiga nisbatan ham ko‘plik ustiga ko‘plik qo‘llanadi», - deyiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu o‘rinda affiksal pleonazm haqida ham fikr yuritiladi. Muayyan ma’no asosida bir paradigmaga mansub bo‘lgan birliklar zidlanuvi, mo‘tadillashuvi (neytralizatsiya) haqida ma’lumot beriladi. Bu haqda yozadi: «Turklar hurmatli kishilarga nisbatan, garchi u yolg‘iz bo‘lsa ham, bardingiz deydilar. Holbuki, -(i)ngiz aslida ko‘plikni bildiruvchi qo‘shimchadir. O‘g‘uzlar buni faqat qo‘plikda qo‘llaydilar. (Ularda) bardingiz «hammangiz bardingiz» demakdir. Bu yerda o‘g‘uzlar talaffuzi qoidaga muvofiq bo‘lsa ham, turklarnikida fasohat, katta-kichikni farq qilish kabi go‘zallik bordir» (III,53). Shuningdek, o‘g‘uzlar va qipchoqlarning ba’zilari - suvorinlar o‘tgan zamonning -di shakli o‘rniga -duq, -duk shakllarini qo‘llashi va bu shakllar birlik-ko‘plikda farqlanmasligi haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, bu shakllar shaxslar bo‘yicha ham farqlanmasligi ko‘rsatiladi. Xulosa shuki, Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy fonologiyasi, qiyosiy leksikologiyasi, qiyosiy grammatikasi haqida mukammal ilmiy asar yozib qoldirdi. Гарчи кўзи ожиз бўлса-да, шеъриятда соғлом ва машҳур ижодкор сифатида танилган Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asari badiiy so‘z san’ati va o‘zbek adabiy tilining juda qimmatli yodgorligi hisoblanadi. Мазкур асар барчага манзур бўлган. Шунинг учун ҳам ҳазрат Навоий “Насойимул муҳаббат” асарида кўзи кўр бўлса-да, кўнгил кўзи очиқ, соғ кишиларга 63 нисбатан равшан, деб ёзади. Айни пайтда, шоирнинг туркий қавмга мансублигини, туркча шеър айтишда ниҳоятда моҳир бўлганлигини уқтириб ўтади, унинг асаридан айрим намуналар келтиради (Ҳусайн Бойқаро ўғли Бадиуззамонга ёзган хатларидан бирида ҳам "Ҳибатул ҳақойиқ"дан парчалар келтиради): Улуғлар не берса емасман дема, Илик сўн, оғиз ур, емасанг ема! Аsarning yaratilish davri haqida turli qarashlar mavjud. Malov asar tilidagi arxaik elementlarga qarab, uni X-XII asrlarga tegishli desa, N.A.Baskakov, Aziz Qayumovlar uni XI-XII asrlar, V.Nasilov esa XIII asrning I yarmida, Q.Mahmudov XII asr oxiri – XIII asr boshlarida yaratilgan deb ko‘rsatadilar. Bundan ko‘rinadiki, Adib Ahmad XII asr – XIII asrlar oralig‘ida Samarqand atrofidagi Yugnak shaharchasida tavallud topgan. Ilmiy jamoatchilik ahliga asarning 3 ta qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Doston qo‘yozma nusxalarda “Atabatul haqoyiq” (haqiqatlar eshigi), “Hibatul haqoyiq” (haqiqatlar tortig‘i), “G‘ayibatul haqoyiq” (yashirin haqiqatlar) tarzida nomlangan. Dastlabki nusxani 1444 yilda xorazmlik Zaynal Obid binni Sulton Baxshi Jurjoniy Husayniy origanaldan ko‘chirgan bo‘lib, Istambul Ayasofiya kutubxonasida saqlanadi (uyg‘ur yozuvida). Ikkinchisi, 1480 yilda Shayxzoda Abdurazzoq baxshi tomonidan ko‘chirilgan, qayd etilgan kutubxonada saqlanadi (bu ham uyg‘ur xatida yozilib, qatorma-qator arab yozuvi bilan izohlab chiqilgan). Uchinchisi, arab yozuvida bo‘lib, Istambuldagi To‘pqopi kutubxonasida saqlanmokda. Unga Turkiya sultoni Boyazid II (1481-1512)ning muhri bosilgan. Shunga ko‘ra asarning mazkur nusxasi XV asr oxiri – XVI boshlarida ko‘chirilgan, degan xulosaga kelamiz. Ikkinchidan, unda usmonli turk tili xususiyatlarining uchrashi turkiyada ko‘chirilganidan dalolat beradi 12 . Bu uch nusxa asosida turkiyalik Rashid Rahmat Arat 1951 yilda yodgorlikning saylanma matni va tarjimasini yaratdi. Nasilovning fikricha, bu tarjima u qadar muvaffaqiyatli chiqqan emas. Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili tarixini ilmiy ravishda chuqur o‘rganishda «Hibatul haqoyiq» asari eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. O‘sha davrdagi qabila tillarining xususiyatini 12 Маҳмудов Қ. Аҳмад Югнакийнинг “Ҳибатул ҳақойиқ” асари ҳақида. - Т.: Фан, 1972. – Б. 12. 64 aniqlash, ularning bir-biriga ta’siri, rivojlanishi, o‘zaro qo‘shilib ketishi va markazlashishi asosida xalq (elat) tillarining, ayniqsa, o‘zbek xalq (elat) tilining tashkil topish va shakllanish jarayonini belgilashda bu asarning ahamiyati nihoyatda kattadir. X-XII asrlarda maydonga kelgan asarlar bilan keyingi davrlarda yoki umuman, XIX asrgacha yaratilgan asarlarning tilini qiyosiy o‘rganish, ulardagi umumiylik va farqlarni aniqlashda ham yordam beradi. «Hibatul haqoyiq» asarining tili, uning leksik xususiyati, tovush tarkibi va grammatik qurilishi, bir tomondan, «Qutadg‘u bilig» asariga yaqinlashsa, ikkinchidan, «Qisasi Rabg‘uziy»ga o‘xshab ketadi. Bertels qadimgi o‘zbek adabiy tilidan (aniqrog‘i, eski turkiy adabiy tildan) klassik o‘zbek adabiy tiliga o‘tishda «Hibatul haqoyiq» ko‘prik vazifasini bajargan deb ko‘rsatadi. Bu borada tilshunos olim Qozoqboy Mahmudov tomonidan bajarilgan ishlar o‘zbek tili va adabiyoti tarixini o‘rganishda muhimdir. U 1964 yilda “Hibatul haqoyiq” tilining fonetik va morfologik xususiyatlari” mavzuida nomzodlik ishini yoqlagan. 1972 yilda “Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari haqida” nomli monografiyasini e’lon qilgan. Kitobda asarning fonetik va morfologik jihatdan tadqiq etilishi bilan birga ikkinchi nusxaning arab yozuvidagi tanqidiy matni, transkripsiyasi, sharh va lug‘ati berilgani o‘zbek tili tarixini yoritishda katta ahamiyat kasb etdi. Darhaqiqat, asar tiliga xos lug‘aviy qatlamlar, fonetik va grammatik xususiyatlarning qarluq, chigil, yag‘mo, uyg‘ur tillari negizida tashkil topgan adabiy til bilan mushtaraklikka ega ekanligi, ayniqsa, keyingi asrlarda bitilgan asarlar tiliga yaqinligi kabilar eski turkiy adabiy tildan eski o‘zbek adabiy tiliga o‘tishda «Hibatul haqoyiq»ning ko‘prik bo‘lganligidan dalolat beradi. Asar o‘zining leksik xususiyatlari bilan o‘sha davrdagi eski turkiy adabiy tilining lug‘aviy boyligini aks ettiradi. Asarning tili o‘z fonetik xususiyatlari jihatidan X-XIII asrlarda yaratilgan yodgorliklar bilan umumiylikka ega. Shu bilan birga, eski o‘zbek adabiy tili uchun xarakterli bo‘lgan xususiyatlarning ham vujudga kela boshlaganligini ko‘rish mumkin. «Hibatul xaqoyik» asarining tilini o‘rganish unda 9 ta unli mavjud 65 ekanligini ko‘rsatadi. Doston tilida asosan “d” va “z” dialektiga xos so‘zlar uchraydi, biroq “z”ning birmuncha ustunligini ko‘rish mumkin: kedin - keyin, adiz - ulug‘, kezim - kiyim, qazg‘u - qayg‘u, bo‘zun – xalq, qo‘zub – qo‘yib, Izi – tangri va hokazo. Moddiy-madaniy hayotning turli sohalariga oid tushunchalarni ifodalovchi, hamma uchun tushunarli sanalgan leksik birliklar asar lug‘atining asosini tashkil qiladi: ata, ana, ezgu, bash, bezak, yavuz, yuz, kichik, kongul, yigit, sevunch, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling