Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
јähä deydilar. Bu talaffuz til xususiyatiga mos emasdir; ko‘z og‘rig‘ini ْه َوَا äväh
deydilar, bu so‘z ham yuqoridagidek mos emasdir (I, 21). Ta’kidlash kerakki, Mahmud Koshg‘ariy arab leksikografiyasidan farqli o‘laroq, o‘ziga xos turkiy lug‘atchilik an’anasini boshlab berdi. Bu tilshunoslikning barcha sohalari, ya’ni so‘zlarni izohlash jarayonida o‘rni bilan qabilalar tilining fonetik, leksik, so‘z yasalishi, morfologik xususiyatlarining qiyoslanishi yuzasidan ma’lumot berib, nazariy fikrlar bayon qilinganida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mazkur yondashuv lug‘atchilikda yangi va murakkab usul hisoblanadi. Lug‘atning tuzilish prinsipi haqida muallifning o‘zi shunday yozadi: “Asarni 8 asosiy kitob (qism) bilan chekladim. Har bir bo‘limni ismlar va fe’llar tarzida ikki qismga ajratib berdim. Ismlarni oldin, fe’llarni esa ismlardan keyin o‘z sirasiga qarab, boblarga ajratib, o‘z o‘rnida oldinma-ketin ko‘rsatdim. Tushunilishi oson bo‘lsin uchun asarda arabcha terminlarni qo‘lladim. Kitobni tuzish oldida Xalil ibn Ahmadning “Kitobul-ayn” asarida tutgan tartibini qo‘llash, iste’moldan chiqqan so‘zlarni bera borish fikri menda tug‘ilgan edi. Bu tartib arab tili bilan teng poygada o‘zib borayotgan turk tilini to‘g‘ri yoritish jihatidan ham yaxshi edi. Lekin men o‘quvchilarning foyydalanish masalasiga asoslandim. Men iste’moldagi so‘zlarnigina berdim, iste’moldan chiqqanlarini tashladim. Men tutgan tartib to‘g‘riroqdir” (23- bet). Demak, ma’lum bo‘ladiki, Xalil Ahmad tutgan tartibni qo‘llash istagi bo‘lsa-da, turkiy tilning mavqei, o‘ziga xos tabiatidan kelib chiqib, uni to‘liqroq yoritish maqsadida ko‘pchilikka tushunilishi oson bo‘lgan yangicha, qulay yo‘lni tanlaydi. Bu bilan olim qadimgi turkiy tilga murojaat qilmaydi, demoqchi emasmiz. Aksincha, turkiy tilning dastlabki bosqichini o‘z davri bilan bog‘lash va uning davomiyligini ta’minlashni nazarda tutib, qadimgi turkiy tildagi so‘z va grammatik shakllardan qiyosiy tarzda foydalanib, kezi kelganda, ularga izohlar beradi. Lug‘atda bu to‘g‘risida quyidagilarni o‘qiymiz: “Biz bu yerda qadam izi birov yurganligini bildiradi” deyilgani kabi ulardan ba’zi 60 namunalarnigina ko‘rsatib boshqalarini shunga qiyos qilishni o‘quvchilarning o‘zlariga havola qildik. Shu tariqa, Mahmud Koshg‘ariy turkiy tilshunoslikning leksikologiya va leksikografiyasiga ham asos soldi. U leksikologiyaning ob’ekti bo‘lgan ma’noning ko‘chishi, torayishi va kengayishi, zid ma’noli so‘zlar (antonim), shakldosh so‘zlar (leksik omonimiya), ma’nodosh so‘zlar (leksik sinonimiya), bir so‘zni zid ma’noda qo‘llash kabi masalalar bo‘yicha ma’lumot beradi. U leksik omonimlarni shakliy o‘xshash bo‘lgan bir necha so‘z sifatida e’tirof etadi. Shuning uchun ham bunday so‘zlarni alohida maqola tarzida beradi va izohlaydi. Masalan: o‘t - o‘simlik: o‘t undi\ - hayvonlar yeydigan har turli o‘t, xashak: Atqa o‘t bergil; dori, davo: O‘t ichdim «dori ichdim»; og‘u, zahar: Bek angar o‘t berdi «Bek unga zahar berdi». Omonimik paradigma tarkibiga kirgan keyingi ikki leksema ayni paytda ma’noni zidlash asosida biridan ikkinchisi kelib chiqqanligini ta’kidlaydi (III,20). Shuningdek, ma’noning torayishi haqida fikr yuritib, saban so‘zi ilgari qo‘sh va omochlarning hammasi ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, so‘ng faqat omochga xoslanganini ko‘rsatadi. So‘zlarning o‘xshashlik asosida ma’no ko‘chishi haqida misollar beriladi. Masalan, tug‘moq so‘zi ilgari faqat odamga nisbatan ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik hayvonlarga nisbatan qo‘llana boshlanganligini aytadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari, sav (maqol)lar, hikmatli so‘zlar ham Koshg‘ariy e’tiboridan chetda qolmagan. Asarda muallif o‘zi maqol deb nomlagan 275 ta sav keltiriladi. Masalan: Qut belgusi bilig – baxt belgisi bilim va aqldir, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling