Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘g‘uznoma»
ulug‘ singari. Bu kabi atamalar bugungi kun uchun ham begona emas. Ayni
paytda, qadimgi turkiy tilga aloqador leksemalar ham uchraydi: tamug‘ - do‘zax, arig‘ - foyda, yazuq - gunoh, yag‘an – fil, yarin – erta, uchuz – arzon, ug‘an – tangri, emgäk “mehnat, qiyinchilik”, arqïš - “karvon”. Asarda Xo‘ja Arnob Arslonxo‘ja Tarxon, Umar (barhayot), Usmon (og‘ir, bosiq; mard, jasur), Ali (eng yuksak, eng ulug‘, yuqori martabali), Mahmud Yugnakiy; Izi, Ug‘an, Bayat, Malik, Yaratqan, rasul, habib, duo, hamd singari antroponim va teonimlar ham ifodalangan. Adib Ahmad shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlardan ham unumli foydalangan: bash “bosh” - bash “yara, jarohat”, kɵk “asl, tag” - kɵk “ildiz, tomir”, ata «ota» - ata “ato, yaratish”, amal “umid, istak” - amal “amal”, tash - tash “tashqari”; bash - “tananing bo‘yindan yuqorigi, oldingi qismi, kalla”, “boshliq, rahbar”, “boshi, boshlanishi”. Dostonda qo‘llanishda bo‘lgan ba’zi so‘zlar hozirda o‘zbek tili shevalarida ishlatiladi. Masalan, “so‘ngra” ma’nosidagi kedin leksemasi jizzax shevalarida, “cho‘ntak” semasidagi kissa atamasi Surxondaryo, Samarqand va Buxoro shevalarida ayni ma’noda kuzatiladi. Asarda arab va fors-tojik tillaridan qabul qilingan so‘zlar ham uchraydi: davlat, zikr, muruvvat, amanat, karam, insaf, adab; mehruban, do‘st, zamon, dono, gul, vafa, jon, darmon kabi. Asar morfologik xususiyatlari jihatidan quyidagilar bilan ajralib turadi: bo‘rchi – bo‘za sotuvchi, tariqliq – dehqonchilik, izla, yaring‘i – ertalabki, safoliq, angga - angla kabi so‘zlarni yasama leksemalar sifatida e’tirof etish mumkin. 66 Tushum kelishigi -i, -ni, -ni, -un, -ug‘, -үg qo‘shimchalari bilan ifodalanadi: so‘zi, ag‘izi, bashini, yazug‘in, sozug - so‘zni, bozug - bo‘zni. -n, -un affiksli vosita kelishigi shakli ham ancha arxaiklashgan bo‘lib, kam uchraydi: eligin - qo‘li bilan, yuzin, so‘zin. Jo‘nalish kelishigining kadimgi turkiy til uchun xos bo‘lgan - g‘aru - gәrү shakllari qo‘llanmaydi, asosan - gә//g‘a, -kә//qa, -ә//-a shakllari ifodalanadi: so‘ngakka, so‘zga, yag‘ingg‘a, azaqqa, do‘stina, so‘ngga. Chiqish kelishigining din//tin shakllari ishlatilgan: o‘ttin, tiriktin, bilindin, ezgusindin. Asarda sifatdoshning -tәchi, -tachы, -dachы, dәchi, -dug‘ -dүg affiklari bilan berilgan kadimgi shakllari kam uchraydi, aksincha, -g‘lы, -gli, -g‘an, -gәn, -qan/- kan affiksli sifatdoshlar unumli shaklga aylangan: tuttachi – tutadigan, qildachi – qiladigan, ulug‘sundug‘ - ulug‘singan, ilik sundug‘ – qo‘l solgan; o‘qug‘li - o‘qiydigan, keligli – keladigan, qilg‘an, uchqan, o‘kungan. Olmoshlarda bu-mu, oshul, kəndu-o‘z, nəgu, neluk, qamug‘, anar kabi xarakterli holatlarni ko‘rish mumkin. Sifatning qiyosiy darajasi -rәk/raq affiksi, qadimgi turkiy tilga xos -dek qo‘shimchasi -tek shakli orqali ifodalangan: o‘kushrak – ko‘proq, vafosizraq kabi. Binobarin, «Hibatul haqoyiq» asari leksik, fonetik va grammatik jihatdan birinchi navbatda, XI-XIII asrlarda qo‘llangan turkiy adabiy tilning barcha xususiyatlarini aks ettiradi, turkiy qabila tillarining ancha rivojlanaganligini, ma’lum kela boshlaganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bu asar o‘zining til xususiyatlari jihatdan ma’lum tafovut va farq bo‘lishiga qaramay, ko‘p jihatdan XIII-XIV asrlarda yaratilgan asarlarning tili bilan umumiylikka ega. Ayni vaqtda, bu asar orqali eski turkiy adabiy tildan eski o‘zbek tiliga o‘tishda katta kadam qo‘yilganligini, unga yaqinlashib kelinganligi ham aniq bilinadi. Bu esa o‘sha davrdagi turkiy qabila tillarining o‘zaro yaqin munosabatini, ularning rivojlanishini natijasida dastlab o‘zbek xalq (elat) tilining tashkil topishi tezlashganligini, shuningdek, boshqa turkiy elat tillarining shakllanish jarayoni davom etganligini tasdiklaydi. Demak, «Hibatul haqoyiq» asari Sharqiy Turkistonda emas, shuningdek, Movaraunnahr, Xuroson va boshqa hududlarda ham mashhur bo‘lgan. Til jihatdan barcha turkiy xalqlarga tushunarli bo‘lgani uchun Navoiy davrida ham o‘z ta’sirini saqlab qolgan. 67 O‘rta Osiyo turkiy xalqlari - o‘g‘uz va qarluq lahjalarining qadimgi yodgorligi hisoblangan «O‘g‘uznoma»ning qachon va qaerda ko‘chirilganligi haqida hozirgacha aniq ma’lumot yo‘q. N.Mallaev bu asarni XIII-XIV asrlarda, A.Sherbak asarning Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan nusxasi XV asrda kitobat qilinganini qayd etadi. Nemis olimi V.Bang «O‘g‘uznoma»ning til xususiyatlarini tahlil qilish asosida shartli ravishda yangi sharqiy turkiy til deb ataydi. P.Pellioning fikriga ko‘ra Shefer qo‘lyozmasi dastlabki nusxa bo‘lib, 1300 yillarda Turfon (Koshg‘ar)da yozilgan. A.Sherbak «O‘g‘uznoma»ning turli qo‘lyozmalarini o‘rganish, uning tilini boshqa asarlar bilan qiyoslash asosida shunday xulosaga keladi: asl nusxa ko‘lyozmaning tili «y»lovchi shevada yozilgan, so‘z negizining fonetik shakllanishida lablanmagan tovushlar ko‘proq ishtirok etadi. Qabila ittifoqlarining birlashishi tamoyilining kuchayishi, buning natijasida ancha qat’iylashgan qarluq, uyg‘ur, o‘g‘uz tili xususiyatlaridan tashqari, keyinroq kirib qolgan qipchoq unsurlari ham asar tilida aks etgan. Bu dialektlarning hammasi esa birgalikda eski o‘zbek tilining negizini tashkil qiladi. Asar tilida qarluq, o‘g‘uz qabila ittifoqi xususiyatlarini uchratamiz. Darhaqiqat, «O‘g‘uznoma» tilida nisbatan yangi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar anchagina. Masalan, “d”, “z”ga nisbatan “y” tovushining ustunligi hodisasini ko‘rish mumkin: adug‘ – ayiq, ayg‘ыr, qo‘y. Unlilar uyg‘unligi to‘la saqlangan: urung – oq, qapiq – eshik, temurdun. So‘z oxirida tor va keng unlilardan keyin til orqa g‘, g tovushlari saqlanadi: tirig, olug, tag‘, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling