Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 8-MAVZU: ALISHER NAVOIY – O‘ZBEK ADABIY TILINI MUMTOZLIK DARAJASIGA KO‘TARGAN SIYMO Reja 1.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbek adabiy tili rivojida Atoiyning o‘rni. 2. Atoyi ijodida maqol va tuyuqlarning ifodalanishi. 3. Gadoiy she’riyatining lisoniy xususiyatlarini bayon qiling. 4. Sakkokiy ijodida xalq tili unsurlarining aks etishi. 5. Lutfiy ijodi - adabiy tili taraqqiyotida yangi davr. 88 6. Lutfiy she’riyatining morfologik jihatlari xususida fikr yuriting. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Жумаев А. ХV аср номалари тили лексикасининг қиёсий таҳлили. Филол. фан .ном. ...дис. автореф. –Т., 1994. 2. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. Ўқитувчи. 1995. 3. Рафиддинов С. Мавлоно Атойи. Девони шайхзода Атойи. - Т.: Фан, 2008. 4. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: Ўқитувчи, 1994. 5. Рустамов М. Гадоий девони тилининг лексикаси. Филол. фан. н-ди. дисс. –Т., 1989. 8-MAVZU: ALISHER NAVOIY – O‘ZBEK ADABIY TILINI MUMTOZLIK DARAJASIGA KO‘TARGAN SIYMO Reja 1. Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi 2. Alisher Navoiy va o‘zbek xalq shevalari 3. Navoiy asarlarining til xususiyatlari 4. “Muhokamatul lug‘atayn” o‘zbek tilining ilmiy grammatikasi sifatida Ma’lumki, o‘rta asrda G‘arbiy Ovrupada lotin tili sharqiy va janubiy slavyanlarda cherkov-slavyan tili xalqaro til hisoblanganidek, musulmon sharqida arab tili xalqaro til sifatida qo‘llanilgan. O‘rta Osiyoning mashhur olimlari: Ibn Sino, Xorazmiy, Beruniy va boshqalar o‘z asarlarini arab tilida yozdilar. Hatto XI asrning yirik turkshunos olimi Koshg‘ariy ham «Devonu lug‘otit turk» asarini shu tilda bitgan. Biroq X asrda «dariy» yoki «forsiy» deb atalgan til ham mavjud bo‘lib, u somoniylar davrida badiiy adabiyotda keng o‘rin egalladi. Shu tufayli 89 Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (3141-1203) «Layli va Majnun» dostonining kirish qismida o‘z asarlarini ona tilida emas, balki fors tilida yozishga majbur bo‘layotganini qayd qilgan. XI asrda o‘zbek tilida original va tarjima asarlari yaratgan o‘tmishdoshlarining tajribalarini davom ettirgan Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Amiriy, Gadoiy va Yaqiniy kabi iste’dodli shoirlar o‘zbek adabiyotini ravnaq toptirish bilan birga, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shdilar. Ammo Navoiy «Majolisun nafois»ning ikkinchi bobida ko‘rsatganidek, turkigo‘y shoirlar son jihatidan nihoyatda oz edi: 90 shoirdan 16 tasi turkiguy ekan. Bundan tashqari, ko‘pgina o‘zbek shoirlari, Navoiyning ta’kidlashicha, o‘zbek tilining boyliklari va keng imkoniyatlaridan foydalanishga kam e’tibor beradilar. Qolaversa, shoir «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida o‘zi to‘g‘risida gapirib, she’r yozishni fors tilida boshlaganini aytadi. Lekin tushunish yoshiga yetib, turkiy til haqida fikr yuritish ehtiyoji tug‘ilgach, uning ko‘z o‘ngida zebu ziynatlari son-sanoqsiz o‘n sakkiz ming olamdan ortiq olam namoyon bo‘lgani, fazilat va yetuklikda chek-chagarasi bo‘lmagan to‘qqiz falakdan ortiq falak ko‘rgani, dur va gullari yulduzlardan ravshanroq xazina va gulshan uchratgani, ammo bu olamga hech kimning qadami yetmagani va qo‘li tegmagani haqida yozadi: Chun mazkur bo‘lg‘on qoida bilakim, ado topti – mayl forsiy sari bo‘ldi. ... o‘n sakkiz ming olamdin ortuq, anda zebu ziynat; va sipehre tab’ga ma’lum bo‘ldi, to‘qquz falakdin ortuq, anda fazlu rif’at; va maxzane uchradi, durlari kavokib gavharlaridin raxshandaroq; va gulshane Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling