Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
ko‘ngil to‘xtat - “bir-biriga ko‘ngil qo‘ymagan”, arzga yetkur - “maslahat
bermoq”. Asarda qadimgi turkiy til davrida keng iste’molda bo‘lgan 700dan ortiq so‘z uchraydi: qabaq “yirik yog‘i “yov“, tuqun-tutashmoq“; buq- “yashirin- moq“, qatil- aralashmoq; qo‘shilmoq, qalin - yonlama hajm; suyuqlik hajmi, tila- iltijo qilmoq, so‘ramoq; xohlamoq, emgan- zahmat chekmoq. “Boburnoma” leksikasida o‘zlashma so‘zlar ham talaygina. Jumladan, asar leksikasidagi arabcha so‘zlarning 75 foizi hozirgi o‘zbek adabiy tilida ishlatiladi. Shundan 21 foizi “Boburnoma”dagi ma’nolarda qo‘llana- di: tuyur, vuhush, maqobir, asir, mahkam, zaif, afv, zabt, g‘araz. Forscha-tojikcha o‘zlashmalarning 39 foizi eski o‘zbek adabiy tilida faol qo‘llangan so‘zlardan iborat: parishon, mehr, hamroh, rost, sargardon, giriftor, ko‘ft (azob), kornoma (yo‘l-yo‘riq); izofalar: duoyi bad; tolibi ilm; sebi samarqand, dunyoyi bebaqo, navkari bevafo va h.k. Asardagi forscha-tojikcha o‘zlashmalarning 76 foizi hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanadi. Shundan 30 foizi ayni ma’nolarda, 46 foizi semantik o‘zgarishlar bilan ishlatiladi. “Boburnoma”da 70 ga yaqin mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, ularning 97 foizi harbiy terminlar: chag‘dovul, chig‘dovul, ko‘ragon, dubulg‘a, barong‘or, javong‘or, dorug‘a. 26 Иброҳимов А. Бобур асарлари лексикасининг лингвостатистик, семантик ва генетик тадқиқи (“Девон”, “Мубаййин”, “Аруз”). Филол. фан. д-ри ...дис. автореф. –Т., 2008. –Б. 16. 27 Холмонова З. “Бобурнома” лексикаси. –Т.: ФАН, 2007. –Б. 20-21. 105 “Boburnoma”dagi 300dan ortiq hindcha so‘zlarning aksariyati Boburning Hindiston yurishi bilan bog‘liq. Hind tiliga oid leksemalar o‘lchov birliklari, hafta kunlari o‘simlik, hayvon, qabila-elat, joy nomlaridan iborat 28 : bondar – maymun, jangaliy - to‘ti, mongalva – seshanba, parbat - tog‘, hotiy - fil, budvor – chorshanba, brispotvor – panjshanba, sukrvor – odina, pashkal – bahor, turunj – limon, lak – yuz ming, pahar – uch soatga teng o‘lchov birligi, Panipat – shahar nomi. Asarda qo‘llangan afg‘oncha so‘zlarning asosini urug‘-qabila nomlari tashkil qiladi: xushyon, gujur, afg‘on, hazora, jud va hokazo. 2. Hindiston voqealari haqida fikr yuritar ekan, Hindistonning hayvon, parranda, o‘simlik, fasl, o‘lchov nomlarini batafsil izohlaydi. O‘rni bilan boshqa tillarda ularning qanday berilishi haqida to‘xtalib o‘tadi. Xususan, ularni quyidagi mavzuiy guruhlarga bo‘ladi. Hayvon nomlari: govmish, nilagov, maymun. Parrandalar: tovus, to‘ti, durroj, sahroyi tovuq, bo‘dana. O‘simlik atamalari: anbar, yana biri kayladur, arab mavz der. Anbuli, xurmo, norgil, arab muarrab qilib norjil der. Fasl nomlari: uch fasl bo‘lur: to‘rt oyi yoz, to‘rt oyi pashkal, to‘rt oyi qish. Chitor, baysoq, jit, asor-tabiston. Bular hut, hamal, savr, javzo oylariga to‘g‘ri keladi. Hafta kunlari: sonichar – shanba, aytvar - yakshanba, sumvar - dushanba. O‘lchovlar: misqol, botmon, lak, nil va boshq. 3. Bobur bir qator so‘zlarning etimologiyasi haqida fikr bildiradi. Jumladan, Savolak parbat (Himalay tog‘i) etimologiyasi haqida yozadi: «Bu tog‘ni Hind eli Savolak parbat derlar. Hind tili bila «Savo» -rub’ (chorak), «lak» - yuz ming, «parbat» - tog‘, ya’ni rub’ va yuz ming tog‘kim, yuz yigirma besh ming tog‘ bo‘lg‘ay». Shuningdek, Konibodom, Hodarvesh, Shahrisabz, Qarshi, Kashmir singari joy nomlarining ham nomlanish sabablari haqida ma’lumot beriladi. 4. “Vaqoyi’”da nisbiy sifat va mavhum otlar yasash uchun -lыg‘-lig-lыq-lik- luq-luk qo‘shimchasi ishlatiladi: balolig‘, xatolig‘, yamanliq, otaluq, o‘g‘ulluq. 28 Холмонова З. “Бобурнома” лексикаси. –Т.: ФАН, 2007. –Б. 135-141. 106 Ba’zan -lar affiksi yaxshi sifatidan ot yasagan: O‘zga tufang andozlar otmoqqa ko‘rsatib yaxshilar otdilar. 5. “Boburnomada” chiqish kelishigi boshqa yodgorliklardagi kabi -din, -tin affiksi orqali yasalgan. Qolgan kelishik qo‘shimchalari hozirgi o‘zbek tilidagi kelishik affikslariga o‘xshash: Andijan suyi Oshtin kelur, Axsi suyi Kasandin kelur. 5. Dona sonlar –ta, ulush sonlar –tadan, -ar/-rar, chama sonlar -tacha, jamlovchi sonlar -lab affikslari yordamida hosil qilingan 6. Harakat nomining bo‘lishsiz shakli -ma qo‘shimchasi bilan yasaladi: qilmamoq. Asarda sifatdoshning -mish, -ayatg‘an, -gan, -adurgan, -digan, -ar, ravishdoshining asi - a, -g‘uncha -guncha affikslari ko‘p uchraydi. 7. Navoiydagi kabi Boburda ham I shaxs birlikda tuslangan fe’lning bo‘lishsiz shakli -mon -man, -ma affikslari bilan beriladi: bilmon, bormon, bilmam, qilmamaq kabilar. Buyruq-istak maylining I shaxs shakli -aling bilan yasaladi: Xon qoshig‘a Toshkentta boraling. Asarda sayin, bilan (bila, ila, la, birla), ald, yan, qash ko‘makchilari va dag‘i, vale, lekin, ammo, yoki bog‘lovchilari ham ishlatiladi. Bundan tashqari, Bobur mazkur asarida uch oilaga kiruvchi bir necha tilni solishtirib o‘rganishning ajoyib namunasini ko‘rsatib, dunyo tilshunosligida, ya’ni umumtilshunoslikda yangi nazariyaga asos soldi. Chunonchi, hind-yevropa tillari oilasiga mansub bo‘lgan ikki guruh -hindistoniy tillari guruhidagi fors va afg‘on; xom-som tillari oilasiga mansub som guruhiga kiruvchi arab tilini turkiy tillarga xos bo‘lgan o‘zbek tili bilan solishtirib o‘rgandi. Masalan, fors - tojik tiliga xos bo‘lgan pos so‘zini izohlar ekan, sutkaning sakkizdan bir qismini, ya’ni uch soatni bildirishini, posbon so‘zi esa posdan xabar beruvchilar ekanligini izohlaydi. Darhaqiqat, -bon (-von) qo‘shimchasi asos so‘zdan anglashilgan predmet yoki ob’ektga ega shaxs nomini yasaydi. Bu qo‘shimcha asl turkiy so‘zlar tarkibida kamdan kam uchraydi: "Hind eli kecha - kunduzni bir gari deb turlar, yana kechani to‘rt va kunduzni to‘rt qismat qilibturlar. Har qaysisi bir pahr debdurlarkim, forsida pos bo‘lgay. Ul viloyatlarda pos va posbon eshitilur edi. Bu xususiyat bizga ma’lum emas edi". 107 Shunday qilib, Zaxiriddin Muhammad Bobur asarlari o‘zbek xalqi va tilining tarixini aniq, mukammal ifodalovchi boy meros hisoblanadi. Ma’naviy merosni, madaniyat va san’atni keyingi avlodlarga yetkazadigan muhim vosita yozuvdir. Turkiylar o‘z uzoq tarixlarida ko‘plab yozuvlardan, chunonchi, turk-runiy, arab, uyg‘ur yozuvlaridan foydalanganlar. Bobur arab yozuvida savod chiqargan va umri bo‘yi shu yozuvda ikki-uch tilda matn bitgan, bu yozuvning ifoda imkoniyatlari, o‘zlashtirish usullarini yaxshi bilgan. Shuning uchun u bu yozuvni yanada mukammallashtirish, osonlashtirish, so‘zni har xil o‘qish nuqsonlarini bartaraf etish uchun yangi yozuv yaratishga kirishgan. Boburning ma’naviy jasoratlaridan biri – 1504 yilda 21-22 yoshida “Xatti Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling