Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

paykar - gavda, nihon - yashirin, maykada – mayxona, zindaniyko‘hsar - tog‘lik, 
dardnak, g‘amnak, shahzodai parivash, sayiri falak, dahri fitna. Shuningdek, shoir 
23
Навоий ва адабий таъсир масалалари. – Тошкент: Фан, 1968. –Б. 254.
24
Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. –Тошкент: Фан, 1983. –Б. 35. 


96 
asarlarida bir qancha arabcha so‘z va birikmalar mavjud: bayzo - oq, barq
yashin, vahdat - birlik, sahob - bulut, mutrib – sozanda, alqissa, fadjumla, 
muqarribin, hadisot, kalimat, mahluqot, mushkilot kabilar.
So‘zlashuv nutqiga xos sintaktik qurilmaning muallif gapi bilan kelgan 
dialog shakli mavjud. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa dialog muallif gapisiz 
qo‘llanadi:
Dedi: Qaydinsen ey majnuni gumroh?
Dedi: Majnun vatandin qayda ogoh.
Kelishik qo‘shimchalari hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi kabidir, lekin ba’zi 
fonetik variantlariga ega: chiqish asosan -din, -tin tarzida qo‘llanadi: jonondin, 
yiroqroqtin. Fe’lning masdar shakli -moq, -mak, sifatlarning qiyosiy darajasi -roq,-
rak qo‘shimchalari bilan yasaladi: tuzmak, tirguzmak, torroq, buyukrak
Sifatdoshning -g‘uchы, -guchы, -kuchы,-kuchi, ravishdoshning -bon, -ibon 
qo‘shimchalari mavjud.
Navoiy asarlarida g‘arbiy yoki o‘g‘uz tillariga xos bir qancha leksik va 
grammatik belgilar ham ko‘zga tashlanadi: ev - uy, o‘l – bo‘l, uyumoq – uxlamoq. 
Morfologiya jihatdan g‘arbiy turkiy tilga xos qo‘yidagi grammatik shakllar 
uchraydi: -mish ko‘shimchasi bilan o‘tgan zamon sifatdoshi yasalgan: o‘lmisham - 
bo‘ldim, qilmamish - qilmadi, bog‘lamishmen - bog‘ladim.
Hozirgi zamon fe’lining bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllari hozirgi ozarbayjon 
tilidagi kabi: boruram - boraman, o‘param - o‘paman, qilmam -qilmayman kabilar. 
Hozirgi zamon fe’lining birinchi shaxs birlik shakli ham o‘g‘uz tillariga xos 
xususiyatni ifodalaydi. Masalan, aytmon - aytmayman, bilmon - bilmayman, 
ayirman - ajratolmayman. Xuddi shunday eski ozarbayjan tiliga xos masdarning 
bo‘lishsiz shakli kuzatiladi: olmamog‘ - olmaslik, urmamog‘ - urmaslik, 
bermamog‘ -bermaslik singari.
Alisher Navoiy «Chor devon», «Xamsa», «Mahbub-ul qulub», «Majolisun 
nafois», «Mezon-ul avzon» kabi asarlari bilan o‘zbek adabiy tilini amaliy jihatdan 
isbotlagan bo‘lsa, «Muhokamatul lug‘atayn» asarida uni nazariy jihatdan 


97 
tushuntirib berdi. Asar Navoiy hayotining so‘nggi yillarida, ya’ni hijriy 905, 
melodiy 1499 yilda yozilgan. 
“Muhokamatul- lug‘atayn”ning to‘rt qo‘lyozmasi ma’lum: 
1. Istambuldagi To‘pqopi muzeyidagi nusxa 1497 yilda ko‘chirilgan. 
2. Istambuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanadi. 
3. Parij nusxasi 1526-1527 yillarda kitobat qilingan. 
4. Asarning yana bir qo‘lyozmasi Budapeshtda saqlanadi.
Asar birinchi marta 1841 yili Parijda M.Katremer tomonidan nashr etilgan. 
So‘ngra 1882 yili Bog‘chasaroyda I.G‘aspirali, 1895 yili Istambulda Ahmat Javdat 
e’lon qilgan. Toshkentda Parso Shamsiev asarni uch qayta bostirgan: 1940 yili 
O.Usmon bilan hamkorlikda lotin alifbosida kirish so‘z, matn va hozirgi o‘zbekcha 
talqinini berdi. Yana 1948 va 1967 yillarda o‘zi tomonidan kiril xatida chop 
ettirilgan. Ushbu nashrlarga asarning Parij nusxasi asos qilib olingan. 2017 yilda 
Q.Sodiqov asarning Sulaymoniya kutubxonasidagi nusxasi tahlili, tabdili, talqinini 
“Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn” nomi ostida e’lon qilgan.
Asarda Navoiy arab, turkiy, forsiy, hindiy tillarini keltirib, ularning ichida 
arab tili nafisligi va badiiy bezagi bilan ajralib turishini uqtirib o‘tadi. So‘ngra uch 
nav til borki, bular asl va mo‘tabardir, deya ta’kidlaydi. Keyinchalik, muallif turkiy 
va sart tilining qiyosiy tahliliga kirishadi.
Navoiyning mazkur asarida ilgari surilgan asosiy masalalar quyidagilardan 
iborat: 
1. Fonema va harf bir-biriga doimo ham mos kelavermasligi, bir harf bir 
necha fonemani ifodalashi mumkinligini bayon qiladi. Masalan, «yoy» va «vov» 
harfi to‘rt fonemani bildirishini aytadi. Alisher Navoiy o‘zbek tili unlilarining 
qator belgisi bo‘yicha farqlanishi haqida fikr yuritib, uni o-ö, u-ü zidlanishi asosida 
dalillaydi. Masalan, ot «olov», öt «harakat»; tor «tuzoq», tör «uyning to‘ri»: ut 
«yutmoq», üt «kallani o‘tga tutib, tukini kuydirish». Bu bilan o‘zbek tilida 
unlilarning cho‘ziqlik-qisqalik belgisiga ko‘ra ham farqlanishi ko‘rsatib beriladi. 
Masalan, biz «I shaxs ko‘plikdagi olmosh», bi:z «bigiz».


98 
2. Navoiyning ikki tildagi lug‘atni bir-biri bilan qiyosiy tarzda o‘rganar ekan, 
fors-tojik tilida muqobili bo‘lmagan ko‘plab o‘zbek so‘zlarini keltiradi. Buning 
uchun dastlab fe’lning 100 ta harakat nomi shakliga murojaat qiladi. Navoiy 
misollar orqali sinonimlarning nazmiy ustunligi, uslubiy buyoqdorligini ko‘rsatadi. 
Masalan, yig‘lamsinmaq, ingramak, singramak, siqtamaq, o‘kurmak, inchkirmak, 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling